Gippokrat
7
I Bo’lim
Parhez ovqatlanishning qisqacha tarixi
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar, shuningdek, ratsionlarning
shifobaxsh xossalari juda qadim zamonlardan beri ma’lum.
Qadimgi misrliklar va boshqa xalqlarning bemorlarga shifo berish uchun
turli masalliqlar va tayyor taomlardan keng foydalanganligi to’g’risida qadimgi
qo'lyozmalarda ma’lumotlar bor. Masalan, Qadimgi Misrda odamning ichi
qabziyat bo’lib qolganida, asaldan juda ustalik bilan foydalanilgan.
Tabobat ilmining atoqli namoyandasi, meditsina fanining otasi, yunon olimi
Gippokrat, ya’ni hakimi Buqrot turli masalliqlarning shifobaxsh xossalariga
alohida aharniyat berdi va mahsulotlarni odam oiganizmiga qanday ta’sir
ko'rsatishiga qarab alohida guruhlarga taqsimlab chiqdi. Uning fikricha behi,
arpabodiyon, nok, qizil chetan, zig’ir urug'lari ichni qotiradigan mahsulotlar
jumlasiga;
no’xat, karam, asal, qizilcha, bodring
urug’i, olxo’ri, qovoq esa ichni
yumshatadigan mahsulotlar jumlasiga
kiradi va hokazo.
Gippokrat, «Tegishli oziq-ovqat
mahsulotlarini tanlab dish va ularni
alohida usulda pishirib, tayyorlab
berish yo’li bilan turli kasalliklarda
ovqatning odam organizmiga yaxshi
ta’sir ko'rsatadigan bo'lishiga erishish
mumkin», deb hisoblar edi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining shifobaxsh xossalaridan sharq meditsi- nasida
ham keng foydalanib kelingan. Har bir kasallik uchun ma’lum turdagi
masalliqlar va tayyor taomlardan iborat tegishli parhez buyurilar edi. Parhez
ovqatni buyurishda hakimlar ovqatning ―issiqlik‖ va ―sovuqlik‖ tomonlariga
alohida aharniyat berishgan.
Sharq meditsinasining mashhur namoyandalaridan biri Abu Bakr Roziy
(865-925) oziq-ovqat mahsulotlaridan davo maqsadlarida keng foydalanib
kelgan.Bu allomani haqli ravishda―Gippokratdan keyingi ikkinchi ulug’ hakim‖
deb hisoblashadi. U ―Bemorlarni faqat parhez bilan davolash‖ degan asarida
«me’da-ichak kasalliklarida parhez taomlardan foydalanish ba’zi hollarda dori-
darmon berishdan ko’ra ham yaxshiroq kor qiladi», deb yozadi. O'pka silida,
odamning tinka-madori qurib ketgan hollarda u yangi sog'ilgan sut, asal, qand
8
berishni, ich surib turgan paytlarda esa guruch qaynatmasi berishni tavsiya etadi.
Ilmu tibda butun dunyoga dong’i ketib, Shayxur-rais deb nom olgan O’rta
Osiyolik ulug’ hakim Abu Ali ibn Sino (980-1037) o'zining 5 tomlik mashhur
―Al-qonun fit-tibb‖ asarida turli xil masalliqlarning shifobaxsh xossalariga juda
katta aharniyat beradi.
Me’da-ichak kasalliklariga davo qilishda u
asal, kaklik, jo’ja, kurka go’shti, yalpiz, suzma,
qatiq, tuxum, behi suvi va boshqalardan
foydalanishni keng tavsiya etadi. Ibn Sino
fikriga qaraganda, meva sharbatlari, go’sht seli,
tuxum mayin ta’sir qiladigan to’yimli ovqatlar
qatoriga kirsa, qoq go'sht, sabzavotlar, ho’l
mevalar o'rtacha to'yimli masalliqlar bo'lib
hisoblanadi, u «har xil dorivorlar, o’tkir taomlar
iste’mol qilish va haddan tashqari ko’p ovqat eyish zararli» deb ogohlantirib
o'tadi.
Abu Ali Ibn Sino o'zining 1000 yil muqaddam o'zining yorqin ishlarida
tabiiy va ratsionga oid tavsiyalar berdi.
Avitsenna sharbatlarni, siroplarni,
yumshoq qovurilgan tuxumni, tuxum sarig'ini osonlik bilan oziqlanadigan
ozuqaviy oziq-ovqat mahsulotlariga aylantirayotganini va uning fikricha, kasal
organizmiga og'ir bo'lgan ozuqaviy oziq-ovqat mahsulotlari ekanligini ta'kidladi.
Ayniqsa, Ovicenna overeating haqida ogohlantirdi, bemorlar tez-tez, kichik
qismlarga, oziq-ovqat tavsiya. Shuningdek, u kasallarni marinadlarni taqiqlab
qo'ydi. Ushbu kitob - yunon, hind va Markaziy Osiyo shifokorlarining fikr-
mulohazalari va tajribasining natijasi ko'p asrlar davomida o'rta asrlardagi
Evropada majburiy etakchilik edi. Abu Ali Ibn Sino o’zining "Tib qonunlari"
asarida ko'pgina sahifalar muayyan kasalliklarni davolash uchun tegishli
parhezlar bilan birgalikda maxsus tanlangan parhezlardan foydalanishga
bag'ishlangan. Abu Ali Ibn Sino o’zinig asarlarida ovqatlanish haqida shunday
degan: hech qanday mahsulot yo’qki oziq-ovqat sabzavot va meva sharbatidan
ko'ra shifo va foydali bo’lsa. Ular bizni barcha kasalliklardan asrab hayotimizni
sog'lom va muddatini uzaytiradi.
Xorazmlik mashhur hakim Ismoil Jurjoniy (1041 yilda vafot etgan) turli
kasalliklarga davo qilishda har xil masalliqlardan foydalanishni tavsiya etadi.
Chunonchi, bronxial astmada badan terisi qurib, qovjirab turganda, qichima
paydo bo'lganda, bavosilda echki suti berishni maslahat ko'radi. ―Shabko’rlikda‖
jigar yaxshi davo bo'lishini bilgan. O’zining ―Qorabodiniy kabir‖ degan asarida
Ismoil Jurjoniy shifo bo’ladigan parhez ovqatlar tayyorlash usullarini, turli-
9
tuman masalliqlar va taomlarning shifobaxsh xossalarini tasvirlab o’tgan. Bu
asarda meva, sabzavotlar va O’rta Osiyo xalqlari orasida keng rasm bo'lgan
boshqa mahsulotlarning turli kasalliklarda qanday ta’sir ko'rsatishi to’g’risida
ko’p ma’lumotlar bor. Ismoil Jurjoniy fikriga qaraganda, behi siydik
haydaydigan ta’sirga ega, tut (shotut) me’dani baquvvat qiladi, baliq, no’xat,
loviya, tovuq, qo’y go'shti organizmni mustahkamlaydi, patir me’da shirasi
chiqishini kamaytiradi, guruch, non ichakni baquvvat qiladi, yong'oq, pishloq,
quyon, oqqush go’shti, chumchuq go'shti umuman quvvatga kirgizadi. Ismoil
Juijoniy me’dada oson hazm bo'ladigan yengil va mayin taomlarni afzal ko'rgan.
Og'ir, quyuq ovqatlar uning fikriga qaraganda, me’daga zo’r keladi. Ovqatning
to’yimliligi (kaloriyaliligi), uni tayyorlash usullari xususida Ismoil Jurjoniy
hozirgi zamon mediklarining fikriga yaqin keladigan maslahatlarni aytadi. U
haddan tashqari ko’p ovqat yeyish zarar deb ogohlantiradi, vaqti-vaqti bilan
ovqatdan o’zini tortib, parhez qilib turishni tavsiya etadi.
Sharq meditsinasining yirik namoyandalaridan yana biri Umar Chag'miniy
(1220 yili vafot etgan) o’zining ―Qonuncha‖ asarida oziq- ovqat mahsulotlari va
taomlarning shifobaxsh xossalariga alohida bo'limlar bag'ishlagan va O'rta
Osiyoning issiq iqlim sharoitlarida ichimliklarni qanday ichish yuzasidan
maslahatlar bergan. Sil kasalligida Umar Chag
£
miniy qovurma jo'ja, dengiz
qisqichbaqalari, qizil etli qovoq va boshqalardan iborat to’la-to’kis ovqat berib
turishni tavsiya etadi.
Keyingi davrlarda bo’lib o’tgan vayronagarchilik urushlari va boshqa tarixiy
sabablarga ko’ra, ayniqsa, Chor hukumatining O'rta Osiyodagi bosqinchilik
siyosati amalga oshirilgan davrlarda O'rta Osiyoda Sharq meditsinasi keskin
inqirozga uchradi. Lekin shunga qaramay O’zbekistonda mahalliy aholi orasida
bo'lgan ziyolilar, jumladan Mahmud Yaypaniy (to'liq ismi, sharifi — mullo
Shodi Muhammad o'g'li mullo Mahmud hakim Yaypaniy-Xo'qandiy (1850-
1930). Uning asosiy kasbi hakimlik bo’lib, hozirgi Farg'ona viloyatidagi
O’zbekiston tumanida istiqomat qilgan va tabiblik masalalari bilan
shug'ullangan. Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko’ra u 6-ta kitob bitgan bo'lib,
ularda turli masalalarga, jumladan tabobatga oid bo'lgan masalalarni
oydinlashtirgan. Ana shunday kitoblardan biri ―Tarekul iloj‖ deb nomlangan
bo’lib, 1930-1931 yillarda chop etilgan. Hajmi 304 betdan iborat, kitob nomini
o'zbek tiliga o'girilsa, ―Turli kasalliklarni davolash iloji‖ deb ataladi. Muallif
turli kasalliklarni, ayniqsa me’da-ichak kanali, jigar, o't pufagi, qora taloq
davolash jarayonida turli mahsulotlardan ko'zda tutilgan maqsadga ko’ra ish
tutishga katta e’tibor bergan. Uning fikricha, mazkur xastaliklarda sut, mosh, un,
o’simlik moylari (kunjut va boshqalar), mevalar (behi, anor, anjir, olma), osh
10
ko’klardan kashnich, qovun urug'i, qovoq urug'i, suli va boshqa ko'pgina
mahsulotlardan samarali foydalanish mumkin.
Mahmud Yaypaniy g'ofillikka nisbatan qattiq kurash olib borib, agar uning
tabobat haqidagi kitobini chuqur o'rganilsa, u holda aldamchilarga murojaat
qilishga o'rin qolmaydi degan fikrni quyidagi ikki qator she’rda ifodalagan:
Do'stlaringiz bilan baham: |