Kishi tanasida 60-65 foizgacha suyuqlik bo’lib, odamning suvga bo’lgan
sutkalik talabi o’rtacha 2-2,5 litrni tashkil etadi. Shu jumladan, 1,2-1,5l
suyuqlik chanqoqni qondirish uchun ichiladi,
1 litrga yaqini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi.
Organizmdan suv turli yo’llar bilan, siydik orqali (1,4 1), axlat bilan (0,2
1), o’pkadan nafas chiqarishda suv bug’i ko’rinishida (0,4 1), ter bilan (0,5 1)
chiqariladi.
72 kg li odam tanasida taxminan 42 l suv bo’ladi. Shuning 28 l hujayralar
tarkibiga kiradi. Organizmda kimyoviy toza suv yo’q, unda juda ko’p
moddalar: oqsil, qand, vitarnin, mineral tuzlar erigan holda bo’ladi. Kundalik
ichiladigan suv tarkibida 14 xil makro va mikroelementlar bor.
Uning
tarkibidagi tuzlar miqdori qancha maromda bo’lsa, organizmdagi fiziologik
jarayonlar shuncha yaxshi o’tadi. Lekin suv tarkibidagi tuzlarning ko’payib
yoki kamayib ketishi turli xil kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Ovqat taomnomani tuzganda albatta taomlar bilan olinadigan hamda
chanqoqni qondirish uchun iste’mol qilinadigan
suyuqlik miqdorini hisobga
olish darkor. Masalan, sutda 87%, turli sabzavot va mevalarda 96% gacha,
kartoshka, go’shtda 75% gacha va nonda 47% gacha suv bo’lishini
unutmaslik kerak.
Odatda, kundalak ichiladigan suv tarkibida 14 xil makro va
mikroelementlar bor. Uning tarkibidagi tuzlar miqdori qancha maromda
bo’lsa, organizmdagi fiziologik prosesslar shuncha yaxshi o’tadi.
Lekin suv
tarkibidagi hatto organizm uchun foydali bo’lgan tuzlarning ko’payib yoki
kamayib ketishi aksariyat hollarda har xil kasalliklar kelib chiqishiga sabab
bo’ladi. Chunonchi, kalsiy tuzlari ko’p bo’lgan suvlarni uzoq muddat iste’mol
qilish siydik yo’llarida tosh hosil bo’lishiga, kaliy va magniy tuzlari ko’p
bo’lgan suvlarni iste’mol qilish esa yurak va qon tomir kasalliklari kelib
chiqishiga sababchi bo’lishi mumkin.
Ko’p miqdorda qabul qilingan suyuqlik siydik ajratish organlari faoliyatini
qiyinlashtiradi hamda yurak va qon tomir sistemalariga ortiqcha ish yuklaydi.
Bundan
tashqari, suyuqlikni ko’p iste’mol qilinganda odam haddan tashqari
ko’p terlaydi, bu esa o’z navbatida organizmdan osh tuz hamda suvda eruvchi
vitarninlar xususan, vitarnin C bilan mikroelementlarning tanadan ko’p
miqdorda chiqib ketishiga sabab bo’ladi.
Beriladigan suvning miqdori bolalarning yoshiga qarab belgilanadi.
Masalan, bola qanchalik yosh bo’lsa, beriladigan suv tanasining har bir
kilogramm og’irligiga qarab shuncha ko’p bo’lishi kerak. Yoshi 3 dan 7 gacha
bo’lgan bolalarning har bir kilogramm og’irligiga 80 ml,
bundan katta
bolalarga esa 100 ml. dan suv to’g’ri kelishi kerak. Bundan tashqari,
bolalarning suvga bo’lgan ehtiyoji iste’mol qilinadigan taomlar miqdoridagi
suyuqlik hisobiga qondirilmog’i lozim. Buning
uchun taomlardagi suv
miqdori talab darajasida bo’lishi kerak. Umuman, bolalarga suvni to’g’ri
iste’mol qilishni o’rgatish juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: