Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

Me’dada ovqatning hazm bo

lishi 
2-rasm. Me’da tuzilishi
 
Me’da 4 qismdan: 
kirish, tub, tana va pilorik 
(chiqish) qismlardan
iborat (2-rasm). Katta odamlarda 
me’da hajmi o’rtacha 2,5 litr bo’ladi. Me’daning ichki 
shilliq pardasi ostida juda ko’p - 14 millionga yaqin 
mayda bezlar bo’lib, bu bezlardan bir kunda 2-2,5 litr 
me’da shirasi ya’ni ular pepsin, lipaza fermentlarini va 
xlorid kislota ajratadi.

Pepsin
ovqat tarkibidagi oqsillarni, 
lipaza
yog’larni 
parchalaydi. 
Xlorid kislota
esa pipsin fermentining 
faolligini oshiradi. 
Me’da shirasi tarkibidagi lipaza fermenti yog’larnigina 
glisirin
va 
yog’ 
kislotalarigacha
parchalaydi. 
Me’dada uglevodlarni parchalovchi fermentlar yo’q. Shuning uchun 
uglevodlarlar me’dadan 2-3 soatda, oqsilli ovqatlar 3-4 soatda, yog’li ovqatlar 
5-6 soatda chiqib ketadi. 
Me’dadan chiqish yo’li halqali mushaklardan iborat 
sfinkter 
bilan berk 
bo’ladi. Ovqat massasi me’da shirasini o’ziga shimib olgandan so’ng, sfinkter 
bo’shashib, chiqish yo’li ochiladi va ovqat o’n ikki barmoq ichakka o’tadi. 
O’n ikki barmoq ichak ingichka ichakning boshlang’ich qismi bo’lib, 
uzunligi o’n ikkita barmoq eniga teng (25-30 sm) bo’ladi. Shuning uchun o’n 
ikki barmoq ichak deb ataladi. Bu ichakka me’da osti bezidan shira va 
jigarning o’t suyuqligi quyilib turadi. 
Me’da osti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan 
tripsin,
уog’larni parchalaydigan 
lipaza
va uglevodlarni parchalaydigan 
arnilaza 
fermentlari
bo’ladi. Bundan tashqari me’da osti bezida 
insulin
garmonini 
ishlab chiqaruvchi hujayralar bo’lib, u qonga so’riladi. Bu garmon 
organizmda uglevod almashinuvini boshqaradi. 
Insulin ishlab chiqarilmasa qand kasalligini keltirib chiqaradi. Katta 
yoshdagi odamlarda bir sutkada 12 barmoq ichakka 0,5-0,8 litr me’da osti 
bezi suyuqligi quyiladi. 
Jigarda o’t suyuqligi ishlab chiqaradi, bu suyuqlik o’t pufagida to’planib 


maxsus kanalcha orqali o’n ikki barmoq ichakka quyilib turadi. 
О ‘t suyuqligi
- bu tilla rang sariq suyuqlik bo’lib, bir sutkada 0,5- 1,2 
litrgacha ishlatiladi. Uning tarkibida 97,5 foiz suv, o’t kislotasi, pigmentlar va 
xolesterin bo’ladi. O’t suyuqligi ishlab chiqarilishini, sut, non, kletchatka
magniy tuzi, issiq taom oshiradi. O’t suyuqligi quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1.
Me’da osti bezidan ajralgan lipaza fermentining faolligini 20 baravar 
oshiradi. 
2.
O’t suyuqligi yog’ kislotalarini o’ziga so’rib, suvda eruvchi birikmalar 
hosil qiladi. 
3.
Ovqat tarkibidagi barcha yog’larni emulsiya holatiga keltirib, lipaza 
fermenti orqali oxirgi moddalargacha parchalanishini ta’minlaydi. 
4.
O’t suyuqligi ichaklarda chirish jarayonini keltirib chiqaradigan 
bakteriyalarni yo’qotadi. 
5.
O’t suyuqligi me’da shirasini ajralishini va ichak devorlarining qisqarish 
faoliyatini kuchaytiradi. 
Jigarning muhim vazifalaridan bin qonni zaharli moddalardan tozalaydi. 
Me’da, ichaklardan so’rilgan barcha qon vena orqali jigarga boradi. Bu qon 
tarkibida zaharli moddalar bo’lishi mumkin. Bu zaharli moddalar jigar 
hujayralarida zararsizlantiriladi. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish