Izotoplarning o’rtacha massasini topish.
1. Agar tabiiy kislorod tarkibida 95 % 16O, 4 % 18O va 1 % 17O bo’lsa, elementning atom massasi qanchaga teng bo’ladi?
A) 16,09 B) 16,068 C) 16,012 D) 15,999
2. Tabiatda misning o’rtacha nisbiy atom massasi 63,5. U 63Cu va 65Cu izotoplaridan iborat.
Tabiiy misdagi 63Cu izotopining massa ulushini (%) toping.
A) 25 B) 45 C) 55 D) 65 E) 75
3. Tabiiy rubidiy tarkibida ikkita izotop 85Rb va 87Rb bo’ladi. Rubidiyning nisbiy atom massasi 85,47 ga teng. Har qaysi izotopning massa ulushini foizlarda aniqlang.
A) 75; 25 B) 72; 28 C) 76,5; 23,5 D) 50; 50
4. Tarkibida molyar ulushi 7,3 % 6Li va 92,7 % 7Li bo'lgan litiyning nisbiy atom massasi topilsin.
5. Tarkibida 77,5% 35C1 va 22,5 % 37Cl bo'lgan xlor elementining nisbiy atom massasi topilsin
A) 35,45 B) 35,69 C) 35,23 D) 36
6. Tarkibida 73% 63Cu va 27% 65Cu bo'lgan mis elementining nisbiy atom massasini toping.
A) 63,54 B) 65,5 C) 64,6 D) 65
7. Tarkibida molyar ulushlari 92,3% 28Si, 4,7% 29Si va 3,0% 30Si bo'lgan kremniy elementining nisbiy atom massasini toping.
A) 29,2 B) 28,5 C) 26,4 D) 28,1
8. Tarkibida molyar ulushlari 90% 20Ne, 10% 21Ne bo'lgan neon elementining nisbiy atom massasini toping.
A) 20,2 B) 20,4 C) 21 D) 22
9. Uglerodning 12C va 13C izotoplari ma'lum, agar uglerodning nisbiy atom massasi 12,011 bo'lsa, izotoplarning molyar ulushlari qanday bo'ladi?
A) 98,9% va 1,1%; B) 98,8% va 1,2%
C) 98,5% va 1,5%; D) 98,2% va 1,8%.
10. Bromning 79Br va 81Br izotoplari ma'lum, uning nisbiy atom massasi 79,9 bo'lsa, izotoplarning molyar ulushlari qanday bo'ladi?
A) 0,55 79Br; 0,45 81Br B) 0,60 79Br; 0,40 81Br
C) 0,50 79Br; 0,50 81Br D) 0,56 79Br; 0,44 81Br
11. Xlorning 35C1 va 37Cl izotoplari ma'lum, uning nisbiy atom massasi 35,45 bo'lsa, izotoplarning molyar ulushlari qanday bo'ladi?
A) 80 % 35Cl; 20 % 37Cl
B) 79,5 % 35Cl; 20,5 % 37Cl
C) 70,5 % 35Cl; 29,5 % 37Cl
D) 77,5 % 35Cl; 22,5 % 37Cl
12. Nisbiy atom massasi 20,2 bo'lgan neonning 20Ne va 22Ne izotoplari ma'lum bo'lsa, ularning molyar ulushlari qanday bo'ladi?
A) 80 % va 20 % B) 90 % va 10 %
C) 60 % va 40 % D) 75 % va 25 %
13. Nisbiy atom massasi 10,81 bo'lgan tabiiy bor 10B izotopining molyar ulushi 19,6 % bo'lsa, borning yana qanday izotopi bo'ladi?
14. Vodorodning uch xil izotopi: H, D va T lardan nechta 2 atomli molekula hosil qilish mumkin?
A) 6 B) 3 C) 4 D) 1
15. Uglerodning 12C va l3C, kislorodning l6O, 17O va 18O izotoplaridan nechta CO tarkibli oksidlar hosil bo'lishi mumkinligini toping.
16. Vodorodning 1H; 2H; 3H va kislorodning 16О, 17O va H2O tarkibli birikmalar hosil bo'lishi mumkinligini toping
17. Uglerodning 12C, 13C va vodorodning 1H; 2H; 3H izotoplaridan nechta CH4 turidagi
birikmalari hosil bo'ladi?
18. Kremniyning 28Si, 29Si, 30Si va vodorodning 1H; 2H; 3H izotoplaridan nechta SiH4 turidagi birikmalari hosil bo'ladi?
19. Tabiatda magniyning 75% 24Mg izotopi, X% 25Mg va Y% ini 26Mg ozotopi tashkil qiladi. Magniyning o’rtacha nisbiy atom massasi 24.3 bo’lsa, “X” ni toping?
A) 5 B) 20 C) 15 D) 10
Do'stlaringiz bilan baham: |