Abror to‟rayev


Xalqaro tashkilotlar va ularning asosiy turlari



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/31
Sana29.08.2021
Hajmi0,97 Mb.
#158653
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
4281-Текст статьи-14092-1-10-20201030

Xalqaro tashkilotlar va ularning asosiy turlari 

Xalqaro  tashkilotlar  —  mustaqil  davlatlarning  birlashmalari  bo‗lib,  ular 

xalqaro  shartnomalar  va  nizomlar  asosida  ma‘lum  maqsadlarda  barpo  etiladi 

hamda  doimiy  harakatlanuvchi  organlarga  ega  bo‗ladi,  shuningdek,  xalqaro 

huquq asosida ta‘sis etilgan bo‗lib, xalqaro huquqiy sub‘ektlarga ega bo‗ladi. 

Xalqaro  tashkilotlarning  turkumlari  quyidagi  xususiyatlarga  ko‗ra 

o‗tkazilishi mumkin: ularning faoliyat ko‗rsatish doirasi va faoliyatlar mavzusi 

bo‗yicha.  

Xalqaro tashkiltolarning quyidagi turlarini ajratish mumkin: 

1. Davlatlararo hammabop tashkilotlar bo‗lib. Ularning maqsad va faoliyat 

mavzusi dunyoning barcha davlatlarida qiziqish uyg‗otadi.  



 

19 


a) BMT (asosiy organlar: Bosh Assambleya, Xavfsizlik kengashi, Iqtisodiy 

va  ijtimoiy  Kengash  (EKOSOS),  Xalqaro  sud  va  kotibiyat)  quyidagi  asosiy 

maqsadlarni ko‗zlaydi: 

 



xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‗llab-quvvatlash va ushbu maqsadlarda 

jamoatchilik  tomonidan  tinchlikka  xavf  soluvchi  tajovuzlarni  samarali  bartaraf 

etish  hamda  tajovuzkorlikka  qarshi  choralar  ko‗rish,  adolat  va  xalqaro  xuquq 

tamoyili  asosida  xalqaro  kelishmovchilikka  olib  keluvchi  vaziyatlarni  bartaraf 

etish, tinchitish, ularning tinchlikka xavf solishini oldini olish;  

 



teng xuquqli va xalqlarning o‗z taqdirlarini o‗zlari hal etish tamoyillarini 

hurmat qilgan holda millatlar o‗rtasidagi do‗stona munosabatlarni rivojlantirish;  

 ushbu umumiy maqsadlarga erishish yuzasidan harakatlarning kelishilgan 



markaziga aylanish;  

b)  BMT  ning  ixtisoslashgan  muassasalari  —  mustaqil  xalqaro 

tashkilotlardir.  Xalqaro  valyuta-kredit  munosabatlariga  bevosita  va  bilvosita 

quyidagilar  kiradilar:  Xalqaro  valyuta  fondi,  Xalqaro  tiklanish  va  rivojlanish 

banki, Xalqaro moliyaviy uyushma (XMU) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi. 

2.  Mintaqaviy  davlatlararo  tashkilotlar.  Bunday  tashkilotlar  jug‗rofiy 

mintaqadagi davlatlar tomonidan barcha masalalar yuzasidan barpo etiladi.  

3.   Xalqaro hukumatlardan tashqari tashkilotlar.  

Bu  tashkilotlar  xalqaro  hukumatlarning  sub‘ektlari  hisoblanmaydi,  biroq 

bunday  tashkilotlar  o‗z  faoliyatini  milliy,  mintaqaviy  va  xalqaro  tizimdagi 

davlatlararo miqyosda yuritadi va yuridik shaxs nufuziga ega bo‗ladi. 

Hozirgi  kunda  jahon  siyosatida  xalqaro  tashkilotlarning  rolini  bir 

vaqtlardagidek  kuchsiz  deb  baholab  bo‗lmaydi.  Bugunda  ular  jahon  siyosat 

maydonida  mustaqil  sub‘ektlar  sifatida  namoyon  bo‗lmoqdalar.  Shubhasiz, 

xalqaro tashkilotlar geosiyosiy va mintaqaviy jarayonlarda yanada katta o‗ringa 

ega  bo‗lib  bormoqdalar.  Ular  haqli  ravishda  xalqaro  munosabatlarning  teng 

huquqli ishtirokchisi hisoblanadi.  

Birinchi  xalqaro  tashkilotlar  XIX  asrning  boshlari  va  o‗rtalarida  paydo 

bo‗ldi:  Reynda  kemachilik  bo‗yicha  Markaziy  komissiya  (1815  y.),  Xalqaro 

telegraf  ittifoqi  (1865  y.)  va  Umumiy  pochta  ittifoqi    (1874).  Birinchi  xalqaro 

tashkilotlar iqtisodiyot, transport, madaniyat, davlatlarning ijtimoiy  manfaatlari 

sohasida tuzilgan bo‗lib, ular o‗z maqsadlariga ko‗ra siyosatdan tashqari sohada 

birgalikdagi  transchegaraviy  hamkorlikka  yo‗naltirilgan  edi.  O‗sha  paytlarda 

xalqaro  tashkilotlar  faqatgina  yuqorida  sanalgan  hamkorlik  turlari  uchun  asos  

bo‗lib xizmat qilgan.  

XX  asrning  boshlariga  kelib,  bu  chog‗da  xalqaro  hamkorlik 

jarayonlarining  jadallashishi  sabab  bunday  tashkilotlar  soni  o‗sdi.  Bu  hol,  o‗z 

navbatida,  bunday  tashkilotlarning  yana  ham  tez  rivojlanishi  uchun  zamin 

hozirladi. 

Har qanday turdagi xalqaro tashkilotning shakllanishi davlatlar o‗rtasidagi 

yoki 


bu 

muammolarning 

hal 

qilinishi 



muhimligiga 

asoslanadi. 

Muammolarning  muhimlik  darajasi  mustaqil  davlatlarning  o‗zlari  tomonidan 



 

20 


belgilanadi,  shundan  ularning  tasnifi  aniqlanadi,  ya‘ni  mazkur  muammolarni 

echishga  yo‗naltirilgan  xalqaro  tashkilotlar  hukumatlararo  yoki  nohukumat 

xalqaro tashkilotlar maqomiga ega bo‗ladilar. 

Bugungi kunda xalqaro tashkilotlarning tinchlikni saqlash, mojaro va bahs-

munozaralarni tartibga solishdagi roli beqiyos, ularsiz hozirgi dunyoni tasavvur 

qilish mumkin emas. 

Globallashuv va integratsiyalashuv, o‗z navbatida, bunday tashkilotlarning 

mavqeini 

yanada 

mustahkamlaydi. 

Globallashuv, 

avvalo, 


iqtisodiyot, 

texnologiya,  kommunikatsiya,  fan  va  transport  sohasidagi  transchegaraviy 

o‗zaro aloqaning (hamkorlikni) yanada mustahkam bo‗lib borishini bildiradi. U, 

garchi turli darajada bo‗lsa-da, o‗zaro bog‗liqlikning jamuljam tizimida deyarli 

barcha  davlatlar,  jamiyatlar,  tashkilotlar,  aktyorlar  va  individlar  guruhini  o‗z 

ichiga  oladi.  Bularning  barchasi  xavf-xatar  va  tavakkachiliklar:  iqtisodiy, 

xalqlarning  ko‗chishi  (migratsion),  ommaviy  qirg‗in  qurollarining  tarqalishi, 

jinoyatchilik,  giyohvand  moddalar  savdosi  va  boshqa  sohalarning  dunyoviy 

qo‗shilib  (chatishib)  ketish  bilan  birga  kechadi.  Shu  tariqa,  globallashuv 

ko‗ptomonlama  diplomatiya  ahamiyatining  ortishi  va  ayni  paytda  uning 

murakkablashishiga  yordam  berdi.  Xalqaro  munosabatlarning,  hammasi 

bo‗lmasa-da,  ko‗pchilik  jiddiy  muammolari  ko‗p  sonli  davlatlar  va  xalqaro 

hukumatlararo tashkilotlarni ularni hal qilish uchun jalb qiladi. 

Hozirgi xalqaro tashkilotlar ikkita asosiy turga bo‗linadi: hukumatlararo va 

nohukumat  tashkilotlar.  Har  ikki  tashkilotning  ham  o‗rni  muhim  va  ularning 

barchasi davlatlarning turli sohalardagi muloqotiga yordam beradi.  




Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish