Abror to‟rayev



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/31
Sana29.08.2021
Hajmi0,97 Mb.
#158653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
4281-Текст статьи-14092-1-10-20201030

Shunday  qilib,  hozirgi  xalqaro  tizim  endilikda  tamomila  yangi  xarakter 

belgilariga ega: 

1.  Milliy  davlatlar  avvalgidek  uning  bosh  aktyori  hisoblanadi,  bu  o‗rinda 

gap integratsiya darajasiga qaramasdan, ixtiyoriylik sharti bilan davlatning turli 

davlatlararo mintaqaviy, mintaqalararo va global tashkilotlarda ishtiroki haqida 

bormoqda. Siyosiy hokimiyat hududiy mustaqillik (suverenitet) tamoyili asosida 

xalqaro huquqning boshlang‗ich sub‘ektlari bo‗lib qolayotgan alohida davlatlar 

ixtiyorida  saqlanadi.  Biroq  ko‗payib  borayotgan  global  muammolarni  hal 

qilishda  ularning  kuchi  kamayadi.  Evropa  va  Osiyoning  ulkan  kengliklarida 

«real sotsializm» g‗oyasi va amaliyotining barbod bo‗lishi shunga olib keldiki, 

kommunistik  utopiya  (xayolot)  o‗rnini  davlat-millatni  yaratish  konsepsiyasi 

egalladi.  Millat,  milliy  qurilish  g‗oyasi  qirq  yoki  etmish  yil  davomida 

totalitarizm  zulmi  ostida  qolgan  jamiyatlar  uchun  tenglashtirish  ob‘ekti  bo‗lib 

xizmat  qiladi.    Millatchilik  bu  jamiyatlarda  konstruktiv  (asosiy)  kuch  rolini 

o‗ynaydi.  

2.  Xalqaro  hukumatlararo  tashkilotlar  (XHT)  kabi  xalqaro  nohukumat 

tashkilotlar  (XNT)  sonining  ham  o‗sib  borishi  xalqaro  tashkilotlar  siyosiy, 

iqtisodiy  va  sotsial  sohalarda  davlatlarning  o‗zaro  bog‗liq  XT  manfaatlarining 

ortishi  tufayli  zarur  bo‗lgan  xalqaro  tizimni  boshqarishning  alohida  shaklini 

yaratadi.  XT  transchegaraviy,  siyosiy  jarayonning  instutitsional  doirasini 

shakllantiradi, unda ko‗p sonli davlat va hamjamiyatlardan davlat yoki nodavlat 

aktyorlar ishtirok etishadi. XHT ikkilamchi va yasama bo‗lsa ham, chunki ular 

xalqaro  huquqning  birlamchi  sub‘ektlari  —  davlatlar  tomonidan  tuzilgan, 

xalqaro  huquqning  sub‘ektlari  hisoblanadi.  XNT  esa  xalqaro  xususiy  huquq 

institutidir.  Umuman,  XNT  siyosiy  sohada  davlat  butkul  va  to‗lig‗icha  o‗ziga 

ololmaydigan boshqaruvning ma‘lum funksiyasini o‗z zimmasiga oladi. 

3.  Xalqaro  tizimdagi  qarama-qarshilik  (ziddiyat)  globallashuv  bilan  bir 

vaqtning o‗zida kechgan nomarkazlashtirish, mintaqalashtirish va ko‗pqutblilik 

jarayonlarida namoyon bo‗ladi. Sharq va G‗arb ziddiyati konfiguratsiyasi uning 

bipolyarliligi bilan birga endi xalqaro tizim uchun struktur belgilovchi bo‗lmay 

qoldi.  Kuchlarning  yangi  mintaqaviy  markazlari  tashkil  topdi.  Eng  muhim 

mintaqaviy  davlatlar  sifatida  YAponiya  va  Germaniya,  shuningdek,  Xitoy  va 

Braziliyaning  ko‗tarilishida  ko‗pqutblilik  namoyon  bo‗lmoqda.  Mintaqaviy 

guruhlar  va  xalqaro  tashkilotlar  (Rossiya,  Evropa  Ittifoqi,  NAFTA  Islom 

                                                 

7

 Karimov I. O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari. 



– T.: O‗zbekiston, 1997.  – B.10 


 

17 


Konferensiyasi  tashkiloti,  ASEAN  va  sh.k.  bilan  birgalikda  «katta  ettilik») 

xalqaro tizimda davlatlar bilan birga yetakchi aktyorlarga aylanmoqda. 

4.  Xalqaro  tizimda  qarama-qarshilik  markazining  Sharq-G‗arb  nisbatidan 

Shimol-Janub  o‗qiga  ko‗chib  o‗tishi,  sodda  qilib  aytganda,  boy  Shimol  bilan, 

kambag‗al  Janub  o‗rtasidagi  mojaro  (ixtilof)  industrial  va  rivojlanayotgan 

mamlakatlar  rivojining  mutlaqo  turlicha  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy 

imkoniyatlariga asoslanadi. «77 lar guruhi»ga birlashgan, o‗zida 120 dan ortiq 

davlatni qamragan rivojlanayotgan mamlakatlar katta guruhi ichida tabaqalanish 

jarayoni  yuz  bermoqda.  Unda  OPEKga  tegishli,  son  jihatdan  uncha  ko‗p 

bo‗lmagan  bir  necha  boy  (badavlat)  va  rivojlanayotgan  mamlakatlar  hamda 

«yangi industrial mamlakatlar» ajralmoqda. Ikkinchi tomondan, rivojlangan va 

rivojlanayotgan,  boy  va  kambag‗al  mamlakatlar  o‗rtasidagi  farq  kengayib 

bormoqda.   

«Sovuq  urush»  tugagandan  so‗ng  Shimol-Janub  o‗qidagi  keskinlikning 

kuchayishiga ko‗p jihatdan sivilizatsion omillar sabab bo‗ldi. 

5. Sharq va G‗arb mojarosining tugashi «kuch» tushunchasining mazmun 

va  o‗lchamida  dramatik  burilish  yasadi.  Kuchning  mumtoz  belgilari  (davlat 

hududi o‗lchamlari, aholi soni, geopolitik holati, qurolli kuchlari soni va sh.k.) 

va davlatning hududiy mustaqilligi ko‗p jihatdan endi o‗z ahamiyatini yo‗qotdi. 

G‗arb siyosiy tafakkuri ilmiy  muomalaga «sezilarli kuch» va «sezilmas kuch» 

tushunchalarini  olib  kirdi.  «Sezilarli  kuch»  kategoriyasi  o‗z  ichiga  yuqorida 

qayd  etilgan  an‘anaviy  kuch  belgilarini  oladi.  «Sezilmas  kuch»  kategoriyasi 

ilmiy-texnologik  baza,  iqtisodiyotning  sanoat  va  moliyaviy  quvvati,  valyuta, 

inson  boyligi  (kapitali),  ijtimoiy  xavfsizlik  kafolati,  davlatning  siyosiy  va 

ijtimoiy  tuzilishini  himoya  qilishda  aholining  safarbarlik  layoqati  singari 

go‗yoki  bir  qarashda    ko‗rib  va  sezib  bo‗lmaydigan  davlat  qudratining 

belgilaridan iborat. Kuchning ushbu yangi o‗lchamlari davlatning o‗rni, maqomi 

va qudratini aniqlashda yanada katta ahamiyat kasb etmoqda.  

6.  Dunyo  tizimi  «turlarning  ayni  bir  paytda  bo‗lishi»  («baravar  yuz 

berishi»)  bilan,  ya‘ni  tarixiy  davr  va  ijtimoiy  makon  kabi  fundamental 

tushunchalarning  ayni  bir  paytda  mavjud  bo‗lishi  va  bir-birining  ustiga 

qo‗yilishi  bilan  duch  kelmoqda.  «Jahon  o‗tish  jamiyati»ning  hali  etarlicha 

aniqlanmagan  va  pishib  etilmagan  sharoitida,  bir  tomondan,  davlatlararo 

mojarolarning  mintaqaviylashuvi  va  markazdan  uzoqlashuvi,  ikkinchi 

tomondan,  davlatlararo  harbiy  va  davlat  ichkarisidagi  ijtimoiy-siyosiy 

mojarolarning  o‗zaro  qo‗shilib  ketishi  yuz  bermoqda.  Iqtisodiy  hamkorlik  va 

rivojlanish  Tashkilotiga  birlashgan  evroatlantika  makonining  sanoati  rivoj 

topgan mamlakatlarida Sharq va G‗arb mojarosining bartaraf etilishi natijasida 

tinchlik barqaror va xavfsiz bo‗lgan bir vaqtda dunyoning boshqa mintaqalarida 

beqarorlik  va  ko‗tarilishlar  keskin  ortdi.  Xalqaro  munosabatlarda  globallashuv 

jarayonlarining  yonma-yon  borishi  va  mahalliy  hamjamiyatlarning  saqlanishi, 

o‗zaro qo‗shilib ketishi va tabaqalanish, qismlarga ajralish (fragmentizatsiya) va 




 

18 


markazdan  uzoqlashish,  yaqinlashish  va  begonalashish,  mustaqillik  va  o‗zaro 

bog‗liqlik xalqaro tizim uchun xarakterlidir. 

Yirik  siyosiy  jarayonlarga  olingan  natijalar  bo‗yicha  jiddiy,  barqaror  va 

ishonchli  ta‘sir  ko‗rsatish,  ularni  samarali  boshqarish  maqsadida  —  qo‗shilish 

zarur.  Xalqaro  barqarorlik  yo‗naltirilgan  va  kutilayotgan  o‗zgarishlarning 

bashorat qilingan jarayoni sifatida faqat shunday o‗zgarishlarning ishtirokchilari 

uchungina mumkin bo‗ladi. Xalqaro hayot va uning muhim jarayonlaridan o‗zni 

chetga tortish jahon iqtisodiyoti, siyosati va taraqqiyotida mamlakatning o‗rni, 

roli va mavqeini yo‗qotish evazigagina mumkin bo‗ladi.  

Nihoyat,  xalqaro  hayotning  sifat  jihatidan  yangi  hodisasi  —  alohida 

davlatlar  —  sub‘ektlar  tomonidan  er  shari  (hududiy),  dunyo  iqtisodiyoti  va 

siyosati  miqyosida  o‗z  hayotiy  faoliyatlarini  amalga  oshirish  imkoniyatlari 

hamda ehtiyojlariga ega bo‗lishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv 

asosiy  belgi  sifatida  qandaydir  muammo  yoki  faoliyatni  darhol  global 

(umumjahon)  darajaga  chiqarishni  ko‗zda  tutadi.  Shu  bilan  birga,  bunday 

faoliyat ishtirokchilarning tarkibiga ko‗ra, baynalmilal bo‗lishi shart emas, balki 

bitta davlat, tashkilot, firma tomonidan amalga oshirilishi mumkin (ular buning 

uchun tegishli imkoniyatlarga ega bo‗lishlari sharti bilan).  

Hozirgi dunyo nafaqat turli-tuman va murakkab, balki ziddiyatli hamdir. 

Unda  davlatlar  o‗rtasida  ham,  ularning  ichkarisida  ham  qarama-qarshiliklar 

o‗zaro  bog‗lanib  ketgan.  Shunga  qaramasdan,  xalqaro  munosabatlarning  butun 

tizimi  uchun  ob‘ektiv  asos  bo‗lib  xizmat  qilgan  uning  yaxlit  sifatdagi  birligi 

hozirgi dunyoning muhim qonuniyati hisoblanadi.  

Umuman  olganda  hozirda  xalqaro  munosabatlarning  turli  tarmoqlarida: 

siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy,  huquqiy  sohalarda  BMTning  faoliyati  alohida 

ahamiyatga  ega  bo‗lmoqda,  shuningdek  mazkur  global  tizimni  o‗zgarayotgan 

dunyoga moslashtirish masalasi muhim muammoga aylandi. Bundan keyin ham 

mazkur  global  tashkilot  xalqaro  miqyosdagi  muammolarni  tinchlik  yo‗li  bilan 

hal qilishga qodir bo‗lib qoladimi? Jahon mamlakatlari manfaatlari tobora bir-

biriga  to‗g‗ri  kelmay  qolish  tendensiyasi  o‗sib  borayotgan  davrda  umumiy 

konsensus yo‗lini bu tashkilot topa oladimi? Bu kabi savollarga, afsuski hozirda 

―yo‗q‖ deb javob beruvchi fikrlar ko‗payib bormoqda. 




Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish