11 davlat: Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston,
Ashxabadda Gruziya ham qo‘shildi. O‘zbekiston mazkur MDH tashkilotining
35
MDH bir butun davlat, federasiya yoki mamlakat emas, harbiy blok ham
emas, balki davlatlar hamdo‘stligining yangicha shakli. Unga kiruvchi har bir
davlat xalqaro hukuqning mustaqil va teng huquqli sub‘ektidir.
MDH 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida SSSRning barham topishi
munosabati bilan shakllandi. Uning vujudga kelishi haqidagi hujjat - bitimga
dastlab uch mustaqil davlat – Rossiya Federasiyasi, Ukraina va Belorussiya
rahbarlari imzo chekdilar. Bitimni imzolagan davlatlarning hududiy butunligini
tan olish, hurmat qilish hamda amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi va
fuqarolarning harakat erkinligi e‘tirof etildi.
MDH a‘zolari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlash, harbiy xarajat va
qurollarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga
kelishib oldilar. Hozirgacha ikki yuzdan ortiq normativ va tavsifiy hujjatlar
qabul qilindi. SHu bilan birga, tomonlar bir-birlarining yadrosiz zona va betaraf
davlat statusiga erishish uchun olib boriladigan harakatlarini hurmatlaydilar.
MDH a‘zolarining birgalikdagi faoliyati sohasiga quyidagi tadbirlar
kiritildi:
– tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi
chegarani muhofaza qilish;
– umumiy iqtisodiy muhitni shakllantirish va rivojlantirish, Umumevropa
va Evroosiyo bozorini shakllantirish;
– iqtisodiy islohot o‘tkazish;
– bojxona siyosatini birga olib borish;
– transport va aloqa, shuningdek, energetika tizimlarini rivojlantirish;
– salomatlik, atrof-muhit va ekologik xavfsizligini saqlash;
– uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
1991 yil 21 dekabrda sobiq SSSRning uch slavyan, Markaziy Osiyodagi
besh, Zakavkazedagi uch respublika rahbarlari Olmaotada uchrashib,
Hamdo‘stlik hujjatlariga jami 11 respublika imzo chekdi. Keyinchalik Gruziya
qo‘shildi.
MDHning yuqori Oliy organi – «Davlat boshliqlari Kengashi»,
shuningdek, «Hukumat boshliqlari Kengashi», «Iqtisodiy Kengash», «Mudofaa
vazirlari Kengashi», «Tashqi ishlar vazirlari Kengashi» hisoblanadi. Ijroiya
organi «Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita» deyiladi. Uning qoshida doimiy kotibiyat
ishlaydi. Davlat boshliqlari Kengashi bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi.
Kengashning navbatdan tashqari majlisi MDH a‘zosi bo‘lgan - har qanday
davlat tashabbusi bilan chaqiriladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi
bilan tartibga solinadi.
- MDH organlari faoliyatini mablag‘ bilan ta‘minlash (xarajatlari) a‘zo
davlatlarning xizmat yuzasidan bo‘lgan ishtiroki tartibi bo‘yicha taqsimlanadi
va MDH organlari byudjeti to‘g‘risidagi maxsus bitim asosida o‘rnatiladi.
MDHning asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun hamdo‘stlik
davlatlari o‘zaro munosabatlarida quyidagi qoidalarga rioya qiladilar:
1) davlat suverenitetini o‘zaro tan olish va hurmat qilish;
36
2) teng huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga
aralashmaslik;
3) iqtisodiy kuch yoki boshqa tazyiq uslublarini qo‘llashdan voz kechish;
4) bahsli muammolarni kelishtiruvchi vositalar va xalqaro huquqning
boshqa hamma e‘tirof qilgan tamoyil va normalari asosida hal qilish.
Shu bilan bir qatorda, MDH a‘zolari hamkorlikning boshqa yo‘llarini
topib, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) va EvrAzES kabi xalqaro
uyushmalarda qatnashmoqdalar.
O‘zbekiston MDHning Kollektiv Xavfsizlik shartnomasida 1992-1999
yillarda qatnashdi. 2005 yildan boshlab yana KXShda qatnashmoqda.
MDH faoliyatining dastlabki yillarida (1991-1994 yillarda) Hamdustlikka
a‘zo mamlakatlarda milliy manfaatlar ustuvor o‘ringa ega bo‘ldi. Buning
natijasida o‘zaro tashqi savdo aloqalari sezilarli darajada zaiflashdi. MDH
mamlakatlarining aksariyati uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik
munosabatlarini rivojlantirishga ustuvorlik berdilar. Ekspertlar fikricha, Sobiq
Ittifoq respublikalari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalarining buzilishi natijasida
pirovard mahsulot ishlab chiqarish hajmi 35-40 foizga kamaydi.
MDH doirasida qabul kilingan dastlabki eng muhim hujjat Iqtisodiy ittifoq
to‘g‘risidagi Shartnoma hisoblanadi (1993 yil sentyabr). Mazkur hujjatda
iqtisodiy integrasiya jarayonlarini chuqurlashtirishning quyidagi asosiy
bosqichlari belgilab berildi:
1) davlatlararo (ko‘p tomonlama) erkin savdo uyushmasi;
2) bojxona ittifoqi;
3) tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi bozori;
4) valyuta (pul) ittifoqi.
1994 yilning aprelida erkin savdo zonasi, 1994 yilning oktyabrida to‘lov
ittifoqi va Iqtisodiy ittifoqning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organi sifatida
Davlatlararo iqtisodiy qo‘mita (DIQ) tashqil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Uzoq tarixiy rivojlanish mobaynida yuzaga kelgan chuqur integrasion
aloqalar, ishlab chiqarishning mamlakatlar bo‘yicha ixtisoslashuvi, korxona va
tarmokdar darajasidagi keng tarmoqli kooperasiya, umumiy infratuzilmaning
majudligi MDH tashqil topishining ob‘ektiv asosi hisoblanadi.
MDH doirasida qabul qilingan bitimlar va shartnomalarni muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun quyidagi tamoyillarga amal qilinmokda:
1) integrasion aloqalarni rivojlantirish ixtiyoriylik asosida ham ikki
yoqlama, ham ko‘p tomonlama shartnomalardan foydalanish yordamida
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda;
2) huquqiy integrasiya o‘zaro manfaatdorlikka asoslanmoqda va hamkor
davlatlarga ziyon etkazmaslikka alohida e‘tibor qaratilmokda;
3) zaruriyat tug‘ilganda, MDH a‘zolariga ularning mas‘uliyati ostida va
aniq iqtisodiy natijalarni ko‘zda tutib jamoaviy yordam ko‘rsatilmoqda;
4) hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy islohotlar rag‘batlantirilmoqda va
ularga har tomonlama yordam ko‘rsatilmokda;
5) mamlakatlararo munosabatlarda bozor sub‘ektlari orasidagi gorizontal
37
aloqalarga
ustuvorlik
berilmoqda,
mikrodarajadagi
integrasion
aloqalarni, iqtisodiy hamkorlikning yangi-yangi shakllarini keng
ko‘lamda rivojlantirish ko‘zda tutilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: