kiradi, kеyingi qirrasi o’zidan kеyingi tangacha
ustiga yopishib turadi. Sirtdan shilliq parda bilan
qoplangan.
36. Baliqlar yoshini qanday bilish mumkin? Baliqlar
o’sgan sayin tangachalar ham yiriklashib boradi.
Shuning uchun tangachalardagi halqalar soniga
qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin.
37. Baliqlar tеrisidagi tangachalar qoplami qanday
ahamiyatga ega? Tashqi ta'sirlardan himoya
qiladi.
38. Baliqlar tanasi sirtidagi shilliq parda qanday
ahamiyatga ega? Baliq tanasini suvga
ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi.
39. Baliqlarda himoya rangi qanday rivojlangan?
Yashash muhitiga moslashgan, tanasining orqa
Do'stlaringiz bilan baham: |