G‘AFUR G‘ULOM (1903-1966)
1. «Shum bola» qissasi
qachon yaratilgan va
qachon hozirgi kungi ko’rinishga keltirilgan? J:
1936yil yaratilgan va 60 -yillarda hozirgi
ko‘rinishga keltirilgan
2. Shum bolaning haqiqiy ismi? J: Qoravoy
3. Shum bola qaysi boyning xizmatiga kiradi?
J: Sariboy degan boyning
4. Boy Shum bolaga xizmat haqi uchun nima
berishni taklif qiladi? J: Oyiga xompishiq
aralash 2 pud 17 qa doqdan olma beradigan
bo‘ladi
5. Shum bola o’zining bir aybi borligini boyga
aytib qo’yadi. Bu ayb nima edi? J: Har
zamonhar zamonda yolg‘on gapirib qo‘yishini
6. Boyning qanday yomon odati bor edi? J:
Yoniga borgan odamdan bo‘larbo‘lmas narsaga
«innaykeyin» deb savol beraverar,
savoliga
javob bermaganni urardi
7. Sariboy kimning mevazorlarini, ichkitashqi
qo‘rg‘on chasini, butun dovdastgohining
hammasini
qimorda
yutib
oladi?
J:
Chuvalachidagi Yusuf kontorning
8. Sariboy qayerdagi boqqa jo‘nab ketadi? J:
Kalasdagi shinam bog‘iga jo‘nab ketadi
9. Xizmatkorlar tashlagan chek kimga chiqadi?
- J : Shum bolaga
10. Sariboy shiyponda nima yeb o‘tirgan edi? -
J: Boy shiyponda kalla go‘shti bilan nonushta
qilib o‘tirgan edi
11. Shum bola Sariboyga gapni qaysi voqeadan
bosh laydi? J: Dandon pichog‘i sinib qolganini
aytadi
12. Shum bola pichoq singanini qanday
izohlaydi?
J: Bu pichoqda tozi itning terisini shilmoqchi
bolishganini aytadi
13. Tozi it nima uchun o‘lgan edi? J: It harom
o’lgan to‘riq qashqaning go‘shtini
yeb olgan
edi
14. To‘riq qashqa nima uchun o‘lgan edi?
J: Aravaga qo‘shilgani uchun olgan edi
15. To‘riq
qashqa nima uchun aravaga
qo‘shilgan edi? J: Og‘ilxonaga o‘t tushib,
barcha otlar nobud bolgani, omborga ham o‘t
ketgani uchun
16. Omborga nima uchun o‘t tushgan edi? J:
Kenjatoy o‘g‘il Bo‘riboyvachchaning terakdan
chumchuq bolas ini olaman deb yiqilib
tushgani va uning arvohi sham bilan o‘ynashsin
deb, sham yoqilishi natijasida
17. Qachon boy choy ichib turgan piyolasini
boshiga urib,
chakkasini yorib, soqolini yulib
dodlab yig‘lay bosh laydi? J: Kenjatoy o‘g‘li
Bo‘riboyning daraxtdan yiqilib olganini
eshitgandan so‘ng
18. Boy nima sababdan hushidan ketib
yiqiladi?
J: Turmushga chiqmagan qizi Adolning o’g‘il
ko‘rgani va o‘g‘li quyib qo‘ygandek Badal
aravakashga o‘xshashini eshitib
19. Bularning
barchasi
yolg‘onligini
eshitgandan so‘ng boy Shum bolani qanday
jazolaydi? J: Avval Shum bolani
20 qamchi savalaydi va ishdan ketishini
buyuradi
20. Shum bola boyning eshigida qancha
ishlagan edi?
J: Bir oyu 19 kun
21. Boy Shum bolaga qancha haq to‘laydi?
J: Shu paytgacha bergan 22
tiyin choychaqani
bosib qolib, qurt tushgan, sasigan olmalardan
ikki pu dini beradi
22. Shum bola olmalarni qaysi bozorga pullash
uchun olib chiqadi? J: Sariog‘och bozoriga
23. Shum bola bozorda olmalarni qanchaga
pullaydi?
J: 6 tanga 1 miriga
24. Shum bola qo‘y bozorida kimni uchratib
qoladi?
J: Do‘sti Omonni
25. Omon kimga yollangan edi?
J: Toshkentlik qo‘ychi boylardan
biriga
26. «Shum bola» qissasida «Tuyani shamol
uchir sa, echkini omonda ko‘r», degan maqol
uchraydi. Buning ma’nosi nima?
J: Bu «bir falokat ko‘pchilikning boshiga
yig‘ilsa ham, u har kimga har xil ta’sir qiladi»,
«Yo‘g‘on cho‘zil guncha ingichka uziladi»,
deganidir
27. Qissaning qahramoni necha yoshli bolakay
edi?
J: 14 yoshli
28. Shum bola nima sababdan uydan chiqib
ketadi?
J: U onasini xafa qilib qo‘yib uyidan chiqib
ketadi
29. Shum bola necha yil turli joylarda yuradi?
J: Yarim yildan
ortiq
30. Quyidagi fikrlar qaysi asardan olingan va
qaysi qahramonga tegishli: «Qo‘loyog‘i
chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir
qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan
bo‘lsa ham tirikchilikning payidan bolsang edi,
0‘g‘lim... axir, kissakarmon degan gaplar ham
bor. Naq
dina pul ham yengil, ham qimmat, ham
yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin,
bolam, naqdina bo‘lsin»?
J: «Shum bola» qissasidan, Eshonga
31. Omonning bozordan nechta qo‘yi
sotilmay
qaytadi?
J: 73 ta
32. Shum bolani xizmatkorlar qo‘shxonasiga
kim kuza tib boradi? J: Uzumchi
33. Sariboy ismiga qaysi nom qo‘shib aytilar
edi?
J: Bo‘lis so‘zi
34. «Ular meni qimron bilan mehmon qildilar».
Ushbu gapdagi «qimron» so‘zining ma’nosini
toping. J: Tuya suti
35. «Egnida qozoqi chakmon bilan boshida
teskari ag‘darilgan telpak, qo‘lida boshi
cho‘qmor kaltak». Ushbu taYif qaysi
personajga tegishli? J: Omonga
36. «Shum bola» asaridagi qaysi voqea Sharq
xalqlari og‘zaki ijodi namunalari ertaklami
qayta ishlash mahsuli hisoblanadi? J: Sariboyni
mot qilish usuli
37. «Xotin
qozonning qopqog‘ini ochdi,
baliqday boTib
oppoq laganda moshkichiri
chiqdi, o‘rtaga qo‘ydilan>. Ush bu parcha qaysi
asardan olingan? J: «Shum bola»dan
38. G‘afur G‘ulom necha yoshida otasi va
onasidan ajralgan edi? J: 9 yoshida otasidan, 15
yoshda onasidan
39. Shum bolaning qaysi gapidan keyin
«boyning chay nab turgan yaxna tilni yutishga
ham majoli qolmaydi»?
J: 0‘t tushganini eshitgandan so‘ng
40. «Sirlangan xumchaga tushgan sichqonday
to‘rt tomonga alanglab, o‘zimga bir najot yo‘li
qidirar edim». Ushbu parcha qaysi asardan
olingan?
J: «Shum bola»dan
41. Omon qo‘ychi boyga cho’ponligi uchun bir
yilda qancha haq olar edi? J: Ikki to‘qliyu, bir
echki
42. Omonning qo’ylari Sariog‘och bozorida
sotilmay qolgandan so‘ng ularni qaysi bozorga
haydab ketishadi?
J: Ko‘kterak bozoriga