13-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi
1. Qachon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi?
A) 1992-yil B) 1993-yil C) 1994-yil D) 1991-yil
2. «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» Qonunning yangi tahriri qachon qabul qilindi?
A) 2010-yil B) 2013-yil C) 2014-yil D) 2015-yil
3. Respublikada yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan … ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari, … ta olimpiya zaxiralari kollejlari, … ta respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda.
A) 536, 5, 8 B) 545, 6, 8 C) 532, 8, 5 D) 539, 5, 9
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev …da «O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
A) 2017-yil 10-avgust B) 2017-yil 15-sentabr
C) 2017-yil 14-avgust D) 2017-yil 20-avgust
5. Qachon O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini Toshkent viloyati, Chirchiq shahriga ko‘chirildi?
A) 2017-yil 10-avgust B) 2017-yil 15-sentabr
C) 2017-yil 14-avgust D) 2017-yil 20-avgust
6. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida … o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etildi.
A) 2017–2018 B) 2016-2017 C) 2015-2016 D) 2014-2015
7. «Pahlavon» sport majmualari quyidagi qaysi shaharda joylashgan?
A) Toshkent B) Jizzax C) Namangan D) Samarqand
8. Qaysi shaharda olimpiya zaxiralari kolleji sport majmualari barpo etildi?
A) Toshkent B) Jizzax C) Namangan D) Samarqand
9. «Yunusobod» sport majmualari quyidagi qaysi shaharda joylashgan?
A) Toshkent B) Jizzax C) Namangan D) Samarqand
10. O‘zbekiston Prezidentining …dagi farmoniga muvofq, O‘zbekistonda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilib, uning negizida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi.
A) 2017-yil fevral B) 2017-yil sentabr
C) 2017-yil dekabr D) 2017-yil avgust
11. Qachondan boshlab yurtimizda Uch bosqichli sport
turnirlari tashkil etildi?
A) 1999-yil B) 2001-yil C) 2000-yil D) 1998-yil
12. Quyidagilarni moslashtiring.
1. «Universiada» 2. «Barkamol avlod»
3. «Umid nihollari»
a) umumta’lim maktablar o‘quvchilari o‘rtasida
b) o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari o‘rtasida
c) oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida
A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c
C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-a, 3-b
13. …da 1180 xotin-qizlar sport bilan shug‘ullangan edi.
A) 1992-yil B) 1996-yil C) 1994-yil D) 1997-yil
14. …da 3 milliondan ortiq xotin-qizlar sport bilan shug‘ullandi.
A) 2016-yil B) 2014-yil C) 2017-yil D) 2013-yil
15. Qachon milliy kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa o‘tkazildi?
A) 1992-yil B) 1993-yil C) 1994-yil D) 1991-yil
16. Milliy kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa qaysi shaharlarda o‘tkazildi?
A) Termiz va Shahrisabz B) Toshkent va Samarqand
C) Namangan va Jizzax D) Samarqand va Termiz
17. …da Oʻzbekistonda kurash federatsiyasi tuzildi.
A) 1992-yil B) 1993-yil C) 1994-yil D) 1991-yil
18. Qachon Oʻzbekistonda belbogʻli kurash federatsiyasi tuzildi?
A) 1999-yil B) 2001-yil C) 2000-yil D) 1998-yil
19. Qachon Oʻzbekistonda Xalqaro kurash Assotsiatsiyasi tuzildi?
A) 1999-yil B) 2001-yil C) 2000-yil D) 1998-yil
20. Xalqaro kurash Assotsiatsiyasi qaysi shaharda tuzildi?
A) Toshkent B) Jizzax C) Namangan D) Samarqand
21. …da Turkiyaning Anqara shahrida kurash bo‘yicha 2-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
A) 1999-yil B) 2001-yil C) 2000-yil D) 1998-yil
22. …ga kelib, Xalqaro kurash Assotsiatsiyasining jahonning barcha qit’alarida 120 dan ortiq kurash federatsiyalari tashkil etildi.
A) 2016-yil B) 2014-yil C) 2017-yil D) 2013-yil
23. …da Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 101-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi to‘la- to‘kis tan olindi.
A) 1992-yil noyabr B) 1993-yil sentabr
C) 1994-yil avgust D) 1991-yil oktabr
24. Qachon o‘zbek kurashi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi?
A) 2003-yil B) 2004-yil C) 2005-yil D) 2001-yil
25. Osiyo Olimpiya kengashining …da o‘tgan XXII Bosh
assambleyasida o‘zbek kurashi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi.
A) Qatar B) BAA C) Quvayt D) Saudiya Arabistoni
26. Qachon O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi?
A) 1996-yil yanvar B) 1996-yil sentabr
C) 1997-yil dekabr D) 1997-yil avgust
27. Toshkentda …da Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etildi.
A) 1996-yil yanvar B) 1996-yil sentabr
C) 1997-yil dekabr D) 1996-yil avgust
28. 2000–2016-yillar oralig‘idagi yozgi Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyat bilan ishtirok etishdi. Quyidagi sportchilarni ularning sportturlariga mos ravishda joylashtiring.
1. A.Taymazov, M.Ibragimov 2. A.Doktorashvili
3. R.Sobirov 4. O‘.Haydarov, A.Atoyev, B.Sultonov
5. A. Fokin 6. Yekaterina Xilko
a) erkin kurash b) yunon-rum kurashi c) dzyudo
d) boks e) sport gimnastikasi f) tramplin
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f B) 1-f, 2-e, 3-c, 4-b, 5-d, 6-a
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-f, 6-e D) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d, 5-e, 6-f
29. Quyidagi qaysi sportchi bir necha karra Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan yagona sportchi bo‘lgan?
A) Artur Taymazov B) Anton Fokin
C) Yekaterina Xilko D) M.Ibragimov
30. …gi Olimpiada mamlakatimiz tarixidagi eng sermahsul musobaqa bo‘ldi.
A) 2016-yil B) 2014-yil C) 2017-yil D) 2013-yil
31. Olimpiadada medal jamg‘arish bo‘yicha sportchilarimiz …dan tashrif buyurgan raqiblarini ortda qoldirib, mazkur sport turida birinchilikka erishdilar.
A) Kuba, Qozog‘iston va Rossiya
B) Braziliya, Meksika va Kuba
C) Kuba, Qozog‘iston va Meksika
D) Braziliya, Meksika va Rossiya
32. 2016-yilda qaysi sportchimiz Olimpiada rekordini qayd etgan holda, oltin medal sohibiga aylandi?
A) Artur Taymazov B) Anton Fokin
C) Ruslan Nuriddinov D) M.Ibragimov
33. «O‘zbekiston Respublikasi futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qachon qabul qilindi?
A) 1992-yil B) 1993-yil C) 1994-yil D) 1991-yil
34. «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy
asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qachon qabul qilindi?
A) 1997-yil B) 1993-yil C) 1996-yil D) 1995-yil
35. «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qachon qabul qilindi?
A) 2007-yil B) 2009-yil C) 2005-yil D) 2016-yil
36. …da 23 yoshgacha bo‘lgan olimpiya terma jamoasi Osiyo chempioni unvoniga sazavor bo‘ldi.
A) 2016-yil B) 2014-yil C) 2018-yil D) 2017-yil
37. Ravshan Ermatov qachon FIFA hakami statusini olgan?
A) 2002-yil B) 2004-yil C) 2006-yil D) 2003-yil
38. Ravshan Ermatov quyidagi qaysi yillarda Osiyoning eng yaxshi hakami deb e’tirof etildi?
A) 2008, 2009, 2010, 2011 va 2014-yillarda
B) 2007, 2008, 2010, 2012 va 2013-yillarda
C) 2006, 2009, 2010, 2011 va 2014-yillarda
D) 2008, 2008, 2010, 2013 va 2015-yillarda
39. Ravshan Ermatov qachon «Dunyoning eng yaxshi hakami» sifatida tan olindi?
A) 2010-yil B) 2009-yil C) 2008-yil D) 2011-yil
40. Ravshan Ermatov Prezident farmonlariga muvofq …da «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
A) 2010-yil B) 2009-yil C) 2008-yil D) 2011-yil
41. Ravshan Ermatov Prezident farmonlariga muvofq …da «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.
A) 2016-yil B) 2014-yil C) 2015-yil D) 2013-yil
42. Ravshan Ermatov Prezident farmonlariga muvofq …da «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
A) 2016-yil B) 2014-yil C) 2015-yil D) 2013-yil
43. Qachon Xitoyda o‘tkazilgan 23-yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
A) 2016-yil B) 2014-yil C) 2018-yil D) 2017-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |