A) bitta aylana shakldagi DNK molekulasi bilan bog`liq, sitoplazmada joylashgan
B) ikkita aylana shakldagi DNK molekulasi bilan bog`liq, yadroda joylashgan
C) bitta ipsimon DNK molekulasi bilan bog`liq, sitoplazmada joylashgan
D) bir nechta uzun DNK va RNK molekulalari bilan bog`liq, tashqi membranada joylashgan
19. Amyobasimon shaklli hujayrani aniqlang.
A) leykotsit B) eritrotsit C) gepatotsit D) trombotsit
20. Hujayra kiritmalarining organoidlardan farqini aniqlang.
A) hujayraning hayot faoliyati jarayonida goh paydo, goh yo`q bo`lib turadigan, sitoplazmaning doimiy bo`lmagan qismi
B) sitoplazmaning doimiy bo`lgan, ma'lum vazifani bajaradigan qismi
C) yadroning doimiy qismi D) sitoplazmatik membrananing o`simtalari
21. O`z-o`zidan ko`paya oladigan organoidni aniqlang.
A) lizosoma B) ribosoma C) sentriola D) golji majmuasi
22. Ikki silindr shaklidagi tanachalardan tashkil topgan organoidni belgilang.
A) ribosoma B) golji majmuasi C) hujayra markazi D) lizosoma
23. Qaysi organizmlarda hujayra markazi bo`lmaydi?
A) viruslarda, baliqlarda B) suvo`tlarda, bakteriyalarda
C) barcha hayvonlarda, ayrim o`simliklarda D) sodda hayvonlarda, bakteriofaglarda
24. Qaysi hujayralar shaklini o`zgartirish xususiyatiga ega?
A) eritrotsit va leykotsitlar B) biriktiruvchi to`qima hujayralari
C) leykotsitlar va ayrim biriktiruvchi to`qima hujayralari D) nerv hujayralari
25. Hujayra ichiga moddalar membrana orqali qanday yo`l bilan kirishi mumkin?
A) poralar orqali B) to`g`ridan-to`g`ri membrana orqali
C) pinotsitoz va fagotsitoz yo`li bilan D) berilganlarning barchasi
26. Sitoplazmatik membrana to`qimada hujayralar o`rtasida aloqani qanday ta'minlaydi?
A) burma va o`simtalar hosil qiladi B) yopishqoq modda ajratib chiqaradi
C) hujayralar o`rtasida tortish kuchini hosil qiladi D) to`g`ri javob yo`q
27. Biologiya fanining qaysi usulidan foydalanib har qanday biologik hodisalarni tasvirlash mumkin?
A) kuzatish B) taqqoslash C) eksperimental D) tarixiy
28. Biologiya fanining qaysi usuli fizika va kimyo fanlarining ravnaqi tufayli XIX-XX asrlardan keng qo`llanila boshlandi?
A) kuzatish B) taqqoslash C) eksperimental D) tarixiy
29. Tiriklikning qaysi darajasida energiyani to`plash va taqsimlash (I), modda va energiyaning davriy aylanishi (II) kuzatiladi?
A) I biogeosenoz; II biosfera B) I biotsenoz; II biosfera
C) I populyatsiya; II biogeosenoz D) I populyatsiya; II biosfera
30. Tamaki mozaikasi virusi tuzilishini aniqlang.
A) oqsil qobiq, DNK B) oqsil qobiq, RNK
C) lipid va oqsil qobiq, RNK D) oqsil qobiq, RNK va DNK
31. Moddalarning suyuq holda hujayra ichiga kirishi ...
A) pinotsitoz B) fagotsitoz C) endotsitoz D) ekzotsitoz
32. Barcha hujayralar tarkibida (I), ayrim turdagi hujayralarda (II) uchraydigan organoidlarni aniqlang. 1)mitoxondriya; 2)hujayra markazi; 3)Golji apparati; 4)miofibrilla; 5) ribosoma; 6)kiprikcha; 7)endoplazmatik to`r; 8)akrosoma
A) I. 1, 2, 3, 4, 5, 6; II. 7, 8 B) I. 1, 2, 3, 5, 7; II. 4, 6, 8
C) I. 4, 6, 8, 7; II. 1, 2, 3, 5 D) I. 1, 3, 5, 7; II. 2, 4, 6, 8
33. Ko`k yashil suv o`tlarining po`sti (I), zamburug` (II) va bakteriyalar (III) qobiqlari qanday moddalardan iborat? a)pektin; b)selluloza; c)glikogen; d)murein; e)fikotsian; f)xitin
A) I a; II f; III d B) I d; II f; III b C) I b; II d; III f D) I e; II f; III d
Do'stlaringiz bilan baham: |