Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Abu  Ali  ibn  Sino 
(980-1037) 
–  G‘arbda    “Tib  qonunlari”  asari  tufayli 
Avitsenna 
nomi 
bilan 
mashhur. 
Zamondoshlari  Ibn  Sinoni  “Shayx  ur-Rais” 
(donishmandlarning 
sardori, 
allomalar 
boshlig‘i); 
“Sharif 
ul-Mulk” 
(o‘lka, 
mamlakatning 
 
obro‘si,  sharafi)  deb 
ataganlar.  Jahon  fani  tarixida    Ibn  Sino 
qomusiy  olim  sifatida  tan  olingan,  chunki  u 
o‘z  davridagi  mavjud  fanlarni  qariyb 
barchasini o‘rgangan, tadqiqotlar olib borgan 
va  ularning natijalariga  oid asarlar yozgan.  
Olimning  asarlari  Yaqin  va  O‘rta 
Sharqning    ilmiy  tili  bo‘lgan  arab  va 
shuningdek,  ba’zilari  fors  tillarida    yozilgan.  Turli  manbalarda  Abu  Ali  ibn  Sino 
tomonidan  450 dan ortiq asar  yozilganligi qayd etilgan. Lekin bizgacha bularning  
242  tasi  yetib  kelgan.  Shulardan  80  tasi  falsafaga,  43  tasi  tabobatga  oid  bo‘lib, 
qolganlari  tabiat,  mantiq,  psixologiya,  matematika,  astronomiya,  musiqa,  kimyo, 
axloq,  adabiyot  va  tilshunoslikka  bag‘ishlangan.  Lekin  bu  asarlarning  hammasi 
ham  olimlar  tomonidan    bir  xilda  o‘rganilgan  emas  va  ko‘pgina  asarlari    hali 
qo‘lyozma holida  mavjud bo‘lib, o‘z tadqiqotchilarini kutyapti.  
Ibn  Sino  Afshona  (hozirgi  Buxoro    viloyatining  Peshku  tumani  hududida) 
hijriy  370-yilning  safar  oyida  (980-yil  avgust)  amaldor  oilasida    tug‘ilgan.  To‘liq 


46 
 
ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Hasan ibn Ali. Ibn Sino oilasi 985-yilda 
Buxoroga ko‘chib kelgach, otasi uni boshlang‘ich  musulmon maktabiga o‘qishga 
beradi. U bu maktabda 10 yoshigacha o‘qiydi.  Maktabda o‘qib yurgan vaqtlarida  
qobiliyatining  o‘tkirligi,  o‘qishga  zo‘r  ishtiyoqi  tufayli  ko‘p  fanlarni    tezda 
o‘rganib oldi. Qur’oni Karimni  yoddan bildi va tavsif qildi, tabiiy ilmlarni mehr 
bilan o‘rgandi. Ibn Sino 12 yoshdanoq  har tomonlama bilimdon bo‘lib yetishgan 
va  ko‘pgina    fanlardan  o‘zi  muallim    sifatida  mashg‘ulotlarini    olib  borgan. 
O‘zidan katta yoshdagi bolalar kelib undan ta’lim olgan. “Kechqurunlari oldimga 
chiroqni qo‘yib olib, to uyqu bosguncha  o‘qish va yozish bilan band bo‘lardim”, 
degan Ibn Sino o‘z tarjimayi holida. U Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolagani 
va  oyoqqa  turg‘izgani  uchun  saroy  kutubxonasidan  foydalanish  huquqini  qo‘lga 
kiritadi.  “Men  ko‘p  xonalardan  iborat  kutubxonaga  kirdim.  Har  xonada  kitob 
sandiqlari,  bir-birining  ustiga  taxlangan  kitoblar  bor  edi.  Har  bir  xonada  fanning 
bir  sohasiga  oid  kitoblar  to‘plangan  edi.  Men  u  yerda  shunday  kitoblarni 
ko‘rdimki,  ko‘pchilik  ularning  nomlarini  eshitmagan.  O‘zim    ham  ularni  oldin 
ko‘rmaganman,  keyin  ham  ko‘rmadim.  O‘sha  kitoblarni  o‘qib,  ulardan  foydali 
fikrlarni  egalladim,  kitobni  yozgan  har  bir  kishining  ilmiy  darajasini  aniqladim” 
deganda, avvallambor, u o‘zidan avval o‘tgan Sharq olimlarining asarlarini chuqur 
o‘rganish  bilan  birga  qadimgi  yunon  tabiiy-ilmiy  va  falsafiy  merosini,  xususan,  
Aristotel,  Ptolemey,  Evklid,  Galen,  Gippokrat,  Pifagor,  Parfiriy  kabilarning  
asarlari bilan tanishadi va ularni nafaqat o‘rganibgina qolmay, balki ularga tanqidiy 
ko‘zi  bilan  qarab,  o‘z  ilmiy  g‘oyalarni  ilgari  surdi.  Shunday  qilib,  Ibn  ,Sino 
Buxoroning  eng  bilimdon  olimi  va  mohir  tabibi  sifatida  tanildi.  Uning  o‘zi: 
“Yoshim o‘n sakkizga borganda bor ilmlarning hammasini egallab bo‘lgan edim”,- 
degan. O‘sha paytlar, u bilan suhbatlashish, undan maslahat olish, davo topish har 
bir  kishining  orzusi  bo‘lgan.  Ammo,  yurt  notinchligi,  johil  hukmdorlar  tazyiqi 
tufayli  Buxoroni  tark  etib,  oldin  Xorazmga,  undan  Xurosonning  –  Jurjon  va 
Nishopur shaharlarida yashagan, keyinchalik Eronning Isfahon shahrida bir necha 
yillar  yashab,  umrining  oxirgi  yillarini  Hamadon  shahrida  o‘tkazgan,  1037  yili 
o‘sha joyda vafot etgan. 
Olimning  ilmiy  merosini    shartli  ravishda    4  qismga,  ya’ni:  falsafa,  tabobat, 
badiiy va tabiiy sohalariga  bo‘lish mumkin. Olim shularning  har birida  chuqur iz 
qoldirgan. Ibn Sino  tabiat – ya’ni o‘simliklar, hayvonot olami va insonlar haqidagi 
fikr-mulohazalari  alohida-alohida  bo‘limlarda  o‘z  aksini  topgan.  Uning  tabiiy-
ilmiy  qarashlari    “Kitob  ash  –  shifo”ning    tabiiy  fanlarga  oid  qismida    bayon 
qilingan.  Olimning  ba’zi    geologik  jarayonlarga  oid  mulohazalari    hozirgi 
zamondagi    ilmiy  nazariyalarga  juda  yaqindir.    Uningcha    vulqonlar  aslida    tog‘ 
paydo bo‘lish va zilzilalar  bilan bog‘liq. Tog‘ paydo bo‘lishining o‘zi esa ikki yo‘l 
bilan bo‘ladi: 


47 
 
1. Kuchli yer qimirlashi vaqtida  yer qobig‘ining ko‘tarilishi. 
2. Suv orqali  va havoning  asta-sekin ta’siri natijasida  chuqur jarliklar paydo 
bo‘lib, natijada  ularning yonida  balandlik hosil  bo‘lib qolishi. Zilzilaning paydo 
bo‘lishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bug‘ 
bo‘ladi. Mana shu bug‘ harakatga kelib yerni qimirlatadi. Suvning yer ostiga sizib 
kirishi, tekis yer chetining o‘pirilishi, ba’zida tog‘ cho‘qqilarining katta kuch bilan 
qulashi  ham  zilzila  oqibatida  sodir  bo‘ladi.  Olimning  fikricha,  yer  yuzining 
ma’lum qismi bir paytlar dengiz tubi bo‘lgan, zamon o‘tishi bilan geologik jarayon 
oqibatida  suv  havzalari  o‘rni  o‘zgargan.  Bir  vaqtlar  dengiz  bo‘lib,  hozir 
chuqurlikka  aylangan  yerlarda  dengiz  hayvonlarining    tosh  qotgan  qoldiqlari 
saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi. 
Ibn  Sino  ma’danshunoslik  (mineralogiya)  sohasida  ham  salmoqli  ishlar 
qilgan.  Olim  minerallarning  original  tasnifini  taklif  etadi.  Unga  ko‘ra  barcha 
ma’danlar  to‘rt  guruhga;  toshlar,  eriydigan  jismlar  (metallar)  oltingugurtli 
yonuvchi  birikmalar  va  tuzlarga  bo‘linadi.  Bu  tasnif  XIX  asrgacha  deyarli 
o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari 
uning “al-Af’ol va –l-infolot ” (Ta’sir va ta’sirlanish) asarida ham yoritilgan. U o‘z 
o‘lkasining  tabiatini  har  qadamda  kuzatgan,  bu  haqda  quyidagilarni:  “Biz 
bolaligimizda bir xil joylarni ko‘rdikki, u joylarda bosh yuvishda ishlatiladigan gil 
bor edi, u joylar Amudaryoning chekkasida edi. Keyin yigirma uch yilga yaqin bir 
muddatda o‘sha gilning toshga aylanganini ko‘rdik”, “Xurosondagi bir tog‘dan non 
shaklidagi  toshni  topdim  va  bir  qancha  vaqt  o‘zim  bilan  birga  olib  yurdim”, 
meteorit  “toshlardan  birini  Xorazmda  eritishga  juda  urindim,  erimadi,  undan 
ko‘kimtir tutun chiqaverdi” kitoblarida yozgan.  
Olim boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shug‘ullangan va unga oid 
asarlar  ham  yozgan.  Bu  asarlarini  u  turli  davrda  yozgani  uchun  ularda  olimning 
kimyoga bo‘lgan munosabatning evolyusion o‘zgarib borishi yaqqol aks etgan. 
Ibn  Sino  botanika  faniga  oid  masalalar  bilan  ham  juda  ko‘p  shug‘ullangan, 
chunki  tabobatda  ishlatiladigan  dorivor  moddalarning  aksariyati  o‘simliklardan 
olinadi.  Olim  “Kitob  ash  shifo”ning  “an-nabot”  (o‘simliklar)  qismida  
o‘simliklarning  turlari,  ularning  paydo  bo‘lishi,  oziqlanishi,  o‘simlik  a’zolari  va 
ularning  vazifalari,  ko‘payishi  hamda  o‘sish  sharoitlari  haqida  yozadi,  dorivor 
o‘simliklarning ilmiy terminologiyasini  yaratish sohasida ham ish olib boradi. 
Olimning  o‘simlik  va  hayvonlardan  dorishunoslik  bobidagi  ilmiy  merosi 
mazkur sohaning fan sifatida shakllanishiga xizmat qildi. 
Allomaning  ekologik  noqulay  sharoitlar  natijasida  inson  organizmida 
bo‘ladigan salbiy o‘zgarishlar, kasalliklar va ekologik qulay sharoit bo‘lgandagina 
insonning umri uzoq bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlari o‘z qadr-qiymatini hamon saqlab 


48 
 
kelmoqda. Chunki uning tabiiy muhitga tibbiy falsafiy nazar bilan qarashi va ilmiy 
fikrlashi profilaktik tibbiyot nazariyasiga qo‘shilgan katta hissadir. 
Ibn  Sinoning  ta’kidlashicha,  inson  organizmi  atrof-muhit  bilan  (oziq-ovqat, 
ob-havo,  iqlim,  nafas  olish,  teri,  sezgi  organlari  orqali)  chambarchas  bog‘langan. 
Uning  ta’biri  bo‘yicha  inson  organizmi  tabiat  bilan  bir  butun  hisoblanadi  va  bu 
bilan hozirgi tibbiy talqin g‘oyani belgilab beradi. 
Ibn  Sino  yashab,  faoliyat  ko‘rsatgan  davrlarda  aholi  o‘rtasidagi  ekologik 
noqulayliklar oqibatida turli yuqumli kasalliklar hukm surardi va bu ko‘pchilikning 
yostig‘ini quritar edi. 
Alloma  o‘z  asarlarida  suv,  atmosfera  havosida  ko‘zga  ko‘rinmaydigan,  lekin 
inson  organizmiga  ko‘pgina  kasallikni  qo‘zg‘atuvchilar  borligini,  ularni  yashashi 
va  insonga  zarar  keltirishini  yaxshi  tushungandi.  Olimning  fikricha,  suv  va 
havoning  ifloslanishi  (atrof-muhitning  ekologik  nuqtai  nazardan  noqulayligi) 
oqibatida  kasallik  paydo  bo‘ladi.  Ibn  Sino  o‘z  asarlarida  bu  haqida  yozibgina 
qolmay, o‘sha qo‘zg‘atuvchilar  ta’sirida paydo bo‘lgan chechak, vabo, qizamiq va 
boshqa  kasalliklarni  davolaydi.  Allomaning  fikricha,  “suv  va  havoning  tozaligi 
inson organizmida sog‘lik keltiruvchi, muvozanatni ushlab turuvchi omildir”, ular 
ifloslanganda turli kasalliklar chiqaruvchi sababga aylanib qoladi. 
Allomaning aytishicha, atmosfera havosining unda yuz beradigan shamolning 
ahamiyati kattadir, chunki ifloslangan botqoqliklardan, o‘lgan hayvonlar, odamlar 
va  axlatlarning  chirishi  va  sasishi  oqibatida  yuzaga  keladigan  zarrali  moddalar 
shamollar harakati bilan tarqaladi. Uning bebaho asari “Kitob ash shifo”sida chang 
va  tutun  inson  umrini  qisqartirishini  suvni,  havoni  toza  saqlash,  isrofgarchilikga 
yo‘l  qo‘ymaslikni  qonun  darajasiga  ko‘targanligi  haqida  ta’rif  beradi.  Olimning 
fikricha,  havo  tarkibi  o‘zgarsa,  uni  ta’sirida  kasallik  paydo  bo‘lishi  ta’kidlanadi. 
Uning havo va iqlim to‘g‘risidagi  va ularning o‘zgarishi bilan inson organizmida 
ham  o‘zgarishlar  kelib  chiqishi  haqidagi  fikrlari  xozirgi  zamon  iqlimshunosligi  – 
havo  ekologiya  to‘g‘risidagi  bilimlarga  juda  mos  keladi.  Alloma  insonlarning 
yashash  joylariga  katta  ahamiyat  beradi.  U  yashash  joydagi  toza  havo,  iqlim, 
o‘rtacha namligi, toza tuproq, undan tashqari yashash joyi mintaqasida joylashgan 
suv  havzalari,  daraxtzorlarning  bo‘lishi  inson  organizmida  ijobiy  ta’sir  etishini 
uqtiradi. Olim ayniqsa e’tiborni ekologik jihatdan toza suvga va uning hayotbaxsh 
xususiyatlarini ochib berishga qaratdi. 
“Tibbiyot  ilmi  qonunlari”  kitobining  5  jildida  suvning  sifatini  baholab,  juda 
ko‘p  ko‘rsatkichlariga  ahamiyat  berishni  ta’kidlaydi.  Suv  oziqiy  moddalarni 
oshqozon – ichak orqali hazm bo‘lishiga olib boradi, ya’ni oziq moddalarni tanaga 
singishi  suv  orqali  amalga  oshishini  ko‘rsatib  berdi,  demak,  u  suvning  organizm 
uchun katta fiziologik ahamiyatga ega ekanligini aniq ifodalaydi. 


49 
 
Ibn  Sino quyosh nuri  suv  sifatiga ijobiy  ta’sir  etib uni tozalaydi,  ariq  suvlari 
yaxshi  ekanligini,  suvning  oqish  yo‘nalishi  quyosh  nuriga  qarshi  oqsa,  suvning 
tozaroq  bo‘lishini  oldindan  aytib  o‘tdi.  Bu  fikr  ilmiy  va  amaliy  jihatdan  to‘g‘ri 
hisoblanadi.  Alloma  o‘sha  davrda  muhim  bir  fikrni  o‘rtaga  tashlab  ichimlik 
suvining  sifatini  aniqlashda  suvni  tarozida  tortib  ko‘rishni  tavsiya  qiladi.  Yengil 
suv  og‘ir  suvga  qaraganda  toza  bo‘lishini  amaliyotda  ko‘rsatadi,  hatto  toza  suvni 
aniqlash uslubini ham tavsiya etadi. Jumladan, 2 xil suv paxta tolasidan (filtrdan) 
o‘tkaziladi,  so‘ngra  paxta  quritiladi  va  ikkalasining  miqdoriy  farqi  aniqlangach, 
qaysi  namunadagi  paxta  yengil  bo‘lsa,  undan  o‘tgan  suv  sifatli  bo‘ladi,  deydi. 
Suvning  sifatini  yaxshilashning  eng  asosiy  uslubi bu  uni qaynatib,  so‘ng  iste’mol 
qilishdir,  qaynatilmagan  suv  kasallik  chaqirishini  oldindan  aytib  beradi,  ya’ni  bu 
bilan  suvdagi  mikroblarning  kasallik  chaqirishini  isbotlab  beradi.  Shuningdek, 
olim  ko‘p  e’tiborni  turib  qolgan  botqoqlik  suvlariga  qaratadi,  unday  suvlarni 
iste’mol  qilish  lixoradka  (bezgak)  kasalini  keltirib  chiqarishini  aytadi.  Bundan 
tashqari temirli, oltingugurtli suvlarni davolaydigan xususiyatlari haqida ham aniq 
fikrlar yuritdi. Bu fikrlar hozirgi bolneoterapiyaga yo‘l ochib berdi. 
Ibn  Sino  atrof-muhit  omillari  (tuproq,  suv,  havo)  o‘rtasida  o‘zaro  bog‘liqlik 
borligi  to‘g‘risida    so‘z  yuritib,  ular  o‘z  navbatida  insonlar  bilan,  iqlim  bilan 
bog‘liq  deydi.  Shu  sababli  u  o‘sha  omillar  inson  salomatligiga  ta’sir  qilishi 
natijasida yuzaga chiqaruvchi o‘zaro “ekologik g‘oyani” ilgari suradi. Bu g‘oyalar 
hozirgi  kunda  rivoj  topmoqda.  Ya’ni  tirik  mavjudotlar  biosfera  bilan  o‘zaro 
bog‘liq,  ularning  bir-biriga  ta’sirlari  ham  borki  natijada  biosferadagi  bo‘layotgan 
sifatiy o‘zgarishlarning organizmga salbiy ta’siri hozirgi vaqtda ko‘rinib qoldi. 
Ibn  Sino  suvning  kasal  qo‘zg‘atuvchi  viruslar  bilan  ifloslanishidan  sariq 
kasalligi, ichterlama  va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishini fanga ma’lum 
qilgan. Ibn Sino o‘z asarlarida fizikaviy omillarga katta ahamiyat berib, har faslda 
bunday  omillar  sifati  o‘zgarishlarning  inson  sog‘ligiga    ta’sir  etishini  ham 
o‘rgandi.  Ibn  Sinoning  ekologiya  haqidagi  fikr  va  g‘oyalari  u  yaratgan  daryodan 
bir  tomchidek  bo‘lsa  ham,  o‘z  qimmati  va  salohiyati  bilan  ekologiya  fani  uchun 
qo‘shilgan  katta  hissasi  deb  qarash  mumkin.  Ibn  Sino  o‘zining  boy  va  serqirra  
ilmiy  merosi  bilan  keyingi  Sharq  va    G‘arb  madaniyatining    rivojlanishiga  katta 
ta’sir  ko‘rsatdi.  Sharqning  Umar  Xayyom,  Nizomiy  Ganjaviy,  Faxriddin  Roziy, 
Jaloliddin  Rumiy,  Mirzo  Ulug‘bek,  Abdurahmon  Jomiy,  Mirzo  Abduqodir  Bedil 
va  boshqa  mutafakkirlari    va  olimlari  o‘z  asarlarida  Ibn  Sino    ta’limoti  va    ilmiy 
g‘oyalarini  davom  ettiradilar.  Yevropada  allomaning  asarlari  XII  asrdan  boshlab 
lotin tiliga tarjima qilinib, universitetlarda  o‘qitila boshlandi.  
Olimning ilmiy ishlarini o‘rganish ishlari hozirgi davrga kelib jadal tus oldi va 
chet  elda  hamda  Respublikamizda  ilmiy  yo‘nalish  –  sinoshunoslik    yo‘nalishi  
vujudga keldi.  O‘zbekiston hududlarida o‘tgan «Buyuk ipak yo‘li» nafaqat savdo 


50 
 
va  madaniy  aloqalarni  kengaytirishda,  balki,  geografik  bilimlarni  ham  to‘plashda 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  O‘rta  asr  arab  yozuvi  asosida  geograf  va  tarixchilar 
Turkiston  hududi  geografiyasiga  doir  ko‘pgina  geografik  ma’lumotlar  yozib 
qoldirganlar.  Ayniqsa,  Istaxriy,  Batuta,  Ibn  Rusta,  Ibn  Hardorbek,  Ibn  Xavkal  va 
boshqa  ko‘pgina  sayyohlarning  yozib  qoldirgan  ishlarida  geografik  ma’lumotlar 
anchagina  uchraydi.  Ayniqsa,  geografiyaga  oid  qimmatli  ma’lumotlar  Mahmud 
Koshg‘ariy (XI asr)ning «Devonu lug‘atit turk» (“Turkiy so‘zlar lug‘ati”) asarida 
ko‘plab  uchraydi.  U  nafaqat  til,  balki,  geografiya  bilan  chuqur  shug‘ullangan. 
Koshg‘ariy  Rimdan  Xitoygacha  bo‘lgan  hududlardagi  tillar,  mamlakatlar, 
shaharlar, cho‘llar, tog‘lar, daryolar, ko‘llar va boshqa obyektlarning nomlari bilan 
qiziqqan.  Yozilmay  qolgan  geografik  nomlarga  izoh  berib  o‘tgan.  U  o‘z  asariga 
dunyo  kartasini  ham  ilova  etgan.  Koshg‘ariyning  bu  kartasi  o‘sha  davrning  eng 
mukammal kartasi hisoblangan. Asar va karta “Buyuk ipak yo‘li”dagi hududlarda 
savdo-sotiq ishlarini avj oldirishda ko‘p yillar xizmat qilgan. 
Hozirgi  vaqtda xalqaro  nufuzli  tashkilot YuNESKO  tomonidan  «Buyuk  ipak 
yo‘li»ning  qayta  tiklanishi,  Samarqandda  “Buyuk  ipak  yo‘li”  xalqaro  turizm 
universitetining faoliyat ko‘rsayotganligi, turkiy xalqlarning o‘zaro hamkorliklarni 
yanada rivojlantirishdagi sa’yi-harakatlari «Devoni lug‘ati turk» asarining nufuzini 
yanada oshirdi.  

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish