14.2. Kurs materiallarini o‘rganish metodlari
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallarini o‘rganishda
mamlakatlarga iqtisodiy geografik tavsif berish sxemasi ularni ixtisoslanishiga
qarab bir oz o‘zgarishi ham mumkin. Chunonchi, rivojlangan mamlakatlarda
sanoatning salmog‘i «qishloq xo‘jaligi»ga nisbatan ustun bo‘lganligi uchun avval
sanoati, agrar mamlakatlarda esa qishloq xo‘jaligi»ning salmog‘i sanoatdan yuqori
bo‘lganligi uchun dastlab «qishloq xo‘jaligi» o‘rganiladi.
Rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rganilayotgan vaqtda,
dastlab har bir guruh mamlakatlariga umumiy ta’rif beriladi. Ta’rif-mazkur
guruhga tegishli barcha mamlakatlarga xos (xarakterli) bo‘lgan aholi faoliyati va
iqtisodiy geografiyasi, ular uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy va
iqtisodiy masallalar, shuningdek, mamlakatlar doirasidagi asosiy tafovutlarni o‘z
ichiga oladi.
Rivojlangan mamlakatlarning umumiy tavsifida aholisi (tabiiy o‘sish
sur’atining pastligi va urbanizatsiya darajasining yuqoriligi) va xo‘jaligi
(sanoatning qishloq xo‘jaligiga nisbatan ustunligi, transport va tashqi iqtiodiy
aloqalarning yuqori darajada rivojlanganligi)ning rivojlanish xususiyatlari
ko‘rsatiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy obzorida «rivojlanayotgan
mamlakatilar» tushunchasiga izoh beriladi. Ularning aholisi va xo‘jaligining asosiy
xususiyatlari (aholining tez suratlar bilan o‘sishi, aholisining, asosan, qishloq
xo‘jaligi bilan bandligi, iqtisodiy rivojlanishining sustligi, chet el kapitaliga
283
bog‘liqligi, xo‘jaligining bir tomonlama rivojlanganligi) yoritiladi. Iqtisodiy
mustaqillik uchun kurash nimadan iborat ekanligi ochib beriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar tarixiy geografik xususiyatlariga ko‘ra 3
guruhga bo‘lnadi:
Birinchi guruhga- Osiyo mamlakatlari.
Ikkinchi guruhga- Afrika mamlakatlari.
Uchinchi guruhga – Lotin Amerikasi mamlakatlari kiradi.
Har bir guruhdagi mamlakatlarning umumiy ta’rifi kirish darslari tarzida
ma’ruza usulida o‘rganiladi.
Mamlakatlarni
o‘rganishda
o‘quvchilar
faoliyatini
faollashtirish
imkoniyatlari vujudga keladi. Har bir mamlakat iqtisodiy geografiyasi
o‘rganilayotganda o‘quvchilarning «Jahonning umumiy iqtisodiy tavsifi»dan olgan
bilimlariga tayaniladi. O‘quvchilar faoliyatini faollashtirishda tarix fani,
“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kurslari materiallaridan
foydalanishning ahamiyati katta.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallarini o‘rganishda
vaqtli matbuot materiallari va adabiyotlardan foydalanish joizdir. Binobarin,
o‘quvchilar gazeta va jurnallarni muntazam o‘qib borishga, kurs materiallarini
hozirgi voqealar bilan bog‘lab borishga o‘rganadilar.
O‘quvchilar bilimini baholashda ularning kundalik voqealarni muntazam
kuzatib borishlarini e’tiborga olib, rag‘batlantirilishi lozim.
Kurs materiallarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirish bilan
bog‘liq bo‘lgan muammoli ta’limga ham e’tibor berish lozim, shu maqsadda
«Yaponiya» mavzusini o‘rganayotganda o‘quvchilarga «Nima uchun urushdan
keyingi yillarda Yaponiya iqtisodiy jihatidan tez rivojlana boshladi?» degan
muammoli savol berishi mumkin.
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallarini o‘rganish
ko‘pchilik masalalarni hal etish uchun bilim manbayi bo‘lib xizmat qiladigan turli
mazmundagi kartalar, suhbat va mustaqil ishlarni tashkil etishda katta
imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Chet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi atlasi va
9 - sinf geografiya darsligiga ilova qilingan hamda tekst bilan berilgan kartalar
tilga olingan iqtisodiy kartalar hisoblanadi.
Xususan, mamlakatlarning iqtisodiy geografik o‘rni, aholisi, sanoati, qishloq
xo‘jaligi va transportining joylashishini kartalar bilan bog‘lab, suhbat asosida
o‘rganish yaxshi natija beradi. Shuningdek, statistik materiallar bilan ishlashda
suhbat metodi juda qo‘l keladi. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi
materiallarini o‘rganishda iqtisodiy kartalar bilan birga boshqa ko‘rsatmali
vositalardan, jumladan, transparant, diafilm va kinofilmlardan foydalanishga
to‘g‘ri keladi.
284
Do'stlaringiz bilan baham: |