Media darslarni quyidagi metodik imkoniyatlar va afzalliklarga ega:
o‘quv jarayonida dars sifati, samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Bunday jarayonda bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi nazariy axborotlarni berish bilan
materiallarni yuqori darajadagi zamonaviy texnika ta’lim vositalarida namoyish
etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quv obyektlarini va voqealarini modellashtiradi,
uni avtomatik ravishda test ketma-ketligida namoyish etadi, tasvirini tushiradi;
o‘quv mehnat faoliyatlarini tashkil etishda kompyuter texnikalarini
qo‘llash, foydalanish imkoniyatini tug‘diradi. Shaxsan o‘zlari o‘quv materialini
amaliyotda sinab, bajarib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
talabaning yakka tartibda ishlagan holda qiziqish va ijodiy ishlarini
takomillashtirish imkoniyati yaratiladi;
multimedia texnikasi ularning o‘quv mazmunini o‘zlashtirishlariga
qiziqishini yanada oshiradi;
talabalarda ko‘rgazmali va obrazli ta’sirda fikr yuritishga, motorik va
verbal kommunikativ ko‘nikmalarning shakllanishiga olib keladi;
axborot bilan ishlash, axborot qidirish, zarurlarini ajrata bilish, qayta
ishlash, tartibga keltirish. Axborotlardan mazmunni tushunish, mantiqiy yaqinlarini
ajratishga o‘rganadi.
Shular asosida axborotni olish madaniyati shakllanadi.
Media ta’lim metodining bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga
yordam berish, oddiy yo‘nalishlardagi media axborotlar tilini o‘rganish, talabani
234
badiiy o‘sishi, rivojlanishiga hissa qo‘shish, media matn (tekst)larni malakali tahlil
eta olish, o‘rgatish va qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat
.
Media ta’limning asosiy mazmuni media madaniyat tilini, uning tarixini
bilish (kino san’ati, badiiy televidenie va badiiy media) material tekstlarini
tushunishdir.
Uning pedagogik strategiyasi media matnlarni badiiy tahlil qila olish, unga
interpretatsiya asosida baho bera olishdan iboratdir. Shuni aytish kerakki, media
ta’lim qanday shakllanadi, u bir haqiqatni ifodalaydimi, kimning manfaatini
ko‘zlaydi, uning mazmuni nimalardan iborat va talabalar uni qanday qabul
qiladilar?
Lekin shuni yodda tutish kerakki, media ta’lim metodining markazida talaba
shaxsi turadi, uning qiziqish, xohish, istaklari hisobga olinishi, olingan
axborotlarga tanqidiy ko‘z bilan qarab, ularni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kerak.
Media ta’lim metodi haqidagi Rossiya va chet ellik olimlar fikriga ko‘ra,
media ta’lim ham tarbiyaviy, ham ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarni
o‘quv-bilish jarayonida kreativ fikrlashga o‘rgatadi.
Media ta’lim metodining o‘quv-bilish jarayoni quyidagi bosqichlardan
iborat:
media ta’lim tarixi haqidagi bilimlar, uning tuzilish nazariyasini
o‘rganish-o‘zlashtirish;
media matn (tekst)larni ongli qabul qila olish, uning tilini bilish va
“o‘qita
olish”
shu haqida tasavvurlarini kengaytirish, ko‘rish orqali xotirasini
mustahkamlash, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy, obrazli, muammoli fikr yuritishni
o‘rganish;
media
ta’lim materiallarini kreativ fikrlash orqali amaliyotda
foydalanishdan iborat.
Media ta’lim metodining eng muhim vazifalaridan biri o‘sib kelayotgan
yosh avlodni tobora jadallashib borayotgan axborotlar oqimida har xil axborotlarni
olish, tushunib yetish, uni inson psixikasiga ta’sirini bilish va undan to‘g‘ri,
maqsadli foydalanishga olib keladi.
Media ta’lim metodi orqali olingan axborotlarni integratsiya qilish asosida
shaxsiy fikrini bildirish va qayta olishga chorlaydi. O‘z fikrini erkin bildirish,
shaxsiy rivojlanish, turli informatsion hurujlarga qarshi fikr bildirish orqali uning
ijtimoiy jamiyatdagi faolligi oshadi. Media ta’lim metodi talabalarda axborotlardan
faol va to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantiradi. Talabalar shu orqali
berilayotgan axborot haqida erkin va faol fikr yurita boshlaydilar.
Media ta’lim metodida talabalar kreativ fikr yuritadilar, ya’ni yangi
tushunchalarni o‘zlashtira boshlaydilar. Jumladan, ular
“fabula”, “sujet”,
235
Do'stlaringiz bilan baham: |