Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Geografiya o‘qitishda modulli ta’lim



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
8.3. Geografiya o‘qitishda modulli ta’lim 
1.
 
Modul ta’limining mohiyati. 
Pedagogik adabiyotlarda modul pedogogik 
texnologiyani  tashkil  qiluvchi  tarkibiy  bo‘laklarni  ifodalovchi  tushuncha  sifatida 
qaraladi.  Bu  tarkibiy  bo‘laklar,  ya’ni  modullar  eng  kichik  bo‘laklardan  hamda 


200 
 
ularning  turli  miqdordagi  to‘plamlardan  iborat  bo‘ladi.  “Modul”
 
(lot.  “modulus”) 
tushunchasi: 
1)
 
tizim ichidagi o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat tugun; 
2)
 
muayyan  texnologiyani  tashkil  qiluvchi  tarkibiy  bo‘laklarni  ifodalovchi 
atama; 
3)
 
o‘quv materiallining mantiqiy tugallangan birligi. 
Geografiya  ta’limida  didaktik  imkoniyatiga  ko‘ra  o‘zlashtirilishi  zarur 
bo‘lgan  manba,  o‘quv  materialini  mantiqan  tugallangan  bo‘laklarga  ajratib 
o‘rganish  imkoniyatiga  ega.  Boshqacha  aytganda,  modul  ta’limining  asosiy 
vositasi, tugallangan axborot bloki sifatida talqin etiladi. 
Xalqaro  tashkilot  YUNESKO  tomonidan  1982-yilda  tashkil  etilgan 
anjumanda  e’lon  qilingan  ma’ruzada  “modul”  tushunchasi  “O‘quv  materialini  u 
bilan  tezkor  individual  tanishish  va  ketma-ket  o‘rganish  asosida  yakka  tartibdagi 
va  guruh  mashg‘ulotlarida  bir  yoki  bir  necha  malakani  o‘zlashtirish  uchun 
mo‘ljallangan alohida o‘rgatuvchi to‘plam (paket)” deb ta’kidlangan. 
Modul  negizida  geografiya  o‘qitish  metodikasi    fanining  muayyan  qismi  – 
bo‘limi (odatda 10-12 soatli), nisbatan katta hajmga ega mavzusi (ko‘p holatlarda 
5-8 soat hajmdagi ma’ruza va amaliy  mashg‘ulotlar hamda mustaqil ta’lim uchun 
mo‘ljallangan  materialning  mohiyatini  yorituvchi  o‘zaro  bog‘liq  tushuncha, 
elementlar  to‘plami  aks  etadi.  Odatda,  modul  ko‘rinishidagi  bo‘laklar  kichik 
modul,  birlamchi  modul,  modullar  to‘plami,  modullar  darajasi  va  modullarning 
majmuaviy tuzilmasi tarzida qo‘llaniladi. 
O‘quv  manbai,  o‘quv  materialining  hajmi,  axborotlarni  qamrab  olish 
ko‘lamiga  ko‘ra  modullar  kichik,  o‘rtacha  va  yirik  bo‘laklarga  ajratiladi.  Misol 
uchun,  oliy  ta’lim  muassasalarida  geografiya  o‘qituvchilari  toyyorlash  yo`nashi 
bo‘yicha  mo‘ljallangan “Geografiya o‘qitish metodikasi” o‘quv moduli bir necha 
modullar  to‘plamidan  iborat  bo‘lib,  mavjud  modullar  o‘zi  tomonidan  qamrab 
olingan o‘quv  materiali,  mavzusi negiziga  kiradigan o‘quv  axborotlarining hajmi, 
ko‘lamiga  ko‘ra  kichik,  o‘rta  va  katta  modul  tarzda  aks  etadi.  Odatda,  o‘quv 
moduli  tarkibiga  kiruvchi  modullar  bir-biri  bilan  o‘zaro  mutanosib    bo‘lmaydi. 
Ya’ni bir o‘quv moduli tarkibida bir necha kichik, o‘rta va katta modullar mavjud 
bo‘ladi. 
B.P.Farberman  tomonidan  quydagicha:
 
“Modul  ta’limi  –  o‘quv  jarayonini 
tashkil  etishning  muayyan  shakli  bo‘lib,  unga  ko‘ra  o‘quv  materiali  mantiqiy 
tugallangan birliklari – modullarga asoslangan holda ma’lum bosqich va qadamlar 
asosida o‘zlashtiriladi”, deb ta’kidlangan.  
Ta’limning  modul  tizimi  haqida  birinchi  marta  Tokio  shahrida  1972-yilda 
tashkil etilgan YUNESKOning Butunjahon Konferensiyasida so‘z yurtilgan. 


201 
 
Uzbekistonda  N.X.Avliyakulovning  “Modulli  o‘qitish  texnologiyalari”, 
N.A.Muslimovning  “Innovatsion  ta’lim texnologiyalari” va boshqalar tomonidan 
modulli ta’limning ilmiy va metodik jihatdan ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi kunda 
amaliyotda  keng  qo‘llanilmoqda.  Modul  ta’limi  tarkibiy  bo‘laklarining  o‘zaro 
joylashishi  hamda  texnologik  jarayonni  amalga  oshirish  ketma-ketligining 
avvaldan belgilangan tartib-qoidalari algoritm deb yuritiladi. 
Ayni vaqtda oliy ta’lim muassasalarida har bir o‘quv moduli (fani)dan o‘quv 
materiallarini  modullarga  ajratish  ular  bo‘yicha  yaratilgan.  Davlat  ta’lim 
standartlari  (DTS)ning  tarkibiy  bo‘laklariga  mos  keladigan  bloklarga  muvofiq 
amalga oshirilmoqda. 
Modul  ta’limi  zamonaviy  ta’limning  istiqbolli  turi  sanaladi.  U  o‘quv 
materialini  kodlashtirishga  asoslanadi.  O‘quv  materialini  kodlashtirishda  matnga 
asoslangan    ma’lumotlar  imkon  qadar  muayyan  shaklga  kiritiladi.  Ya’ni  o‘quv 
axborotlarining mohiyati sur’at, grafika, tasvir, jadval, diagramma, sxema, model, 
turli  ramzlar,  shartli  geografik  belgilar  yordamida  kodlashtiriladi.  Kodlashtirish 
o‘z-o‘zidan o‘quv materialining hajm jihatidan zichlanishini ta’minlaydi. 
Binobarin,  u  inson  bosh  miyasining  fiziologik  imkoniyatlariga  tayanilgan 
holda asoslangan. Ya’ni  modul ta’limi inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli 
tuzilishi nuqtayi nazardan asoslangan. 
Inson  bosh  miya  to‘qimasi,  qariyb  15  mlrd.  neyron  (asab  hujayralari)dan, 
boshqacha  aytganda,  shartli  modullardan  iborat.  Ko‘p  sonli  asab  hujayralari  bir-
birlari  bilan  o‘zaro  to‘qnashadi.  Odatda,  birgina  hujayra,  uning  o‘simtasi  bilan  6 
ming  marta  o‘zaro  to‘qnashadi.  Demak,  bosh  miya  hujayralari  to‘qimasidagi 
to‘qnashuvlar  soni  15000000000x6000  miqdorni  tashkil  etadi.  O‘quv  moduli  esa 
ta’lim  jarayonining  alohida  bitta  hujayrasi  sifatida  e’tirof  etiladi.  Unga  ko‘ra  har 
bir hujayra  muayyan vaqtda o‘ziga xos yaxlitlikni, tizimni tashkil etuvchi alohida 
elementlardan  iborat  umumiy  o‘quv  axborotini  tashkil  etadi.  Fiziologik 
imkoniyatlariga  ko‘ra  inson  miyasidagi  hujayralar  to‘qimalarining  modulli 
tuzilmasi  axborotlarni  kvant  (ayrim  bo‘laklar,  qismlar)  tarzida  samarali  qabul 
qiladi. 
 
Geografiyani  o‘qitishda    modul  ta’limining  samaradorligi  hozirgi  kunda 
quyidagi omillarga bog‘liq: 
-
 
oliy o‘quv yurtining moddiy-texnik imkoniyati; 
-
 
professor-o‘qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi; 
-
 
talabalarning tayyorgarlik darajasi; 
-
 
didaktik materiallarning mavjudligi; 
-
 
o‘quv natijalarining holis baholanishi; 
-
 
ta’lim natijalarining tizimli, izchil tahlili; 
-
 
ta’lim natijalarining tahlili asosida modullarni maqbullashtirilishi. 


202 
 
Modulli  o‘qitishda,  asosan,  modullar  buyicha  tuzilgan  o‘quv  dasturlari 
asosida o‘qitish nazarda tutiladi. Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi: 
to‘la,  qisqartirilgan  va  chuqurlashtirilgan.  Dastur  materiallari  bir  vaqtning  o‘zida 
barcha  ehtimol  qurilagan  kodlarda:  geografiyaga  doir  rasm,  test,  belgilar  va  so‘z 
bilan  berilishi  modul  ta’limi  tamoyillariga  muvofiq  o‘quv  axborotini 
“zichlashtirish”; 
O‘quv rejaga ko`ra ta’lim jarayonini tashkil etishda mashg‘ulotlarni haftalik 
modulli  rejalashtirish  va  talabalar  bilimini  kredit  modul  tizimi  asosida  baholash 
samarali  hisoblanadi.  Unga  ko‘ra  bitta  o‘quv  moduli  (2-3  ta  ma’ruza,  tegishli, 
amaliy  mashg‘ulotlari)  bir  haftaga  rejalashtirilib,  talabalar  bilimini  testlar,  sinov 
topshiriqlari yordamida baholash bilan tugallanishi zarur. 
Geografiya  ta’limi  metodikasida  modul  tizimi  quyidagi  tamoyillarga 
asoslanadi: 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish