Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Dars uchun material tanlash



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

7.6. Dars uchun material tanlash 
Darsda  o‘rganiladigan  materiallar  mazmuni  o‘quv  dasturiga  mos  bo‘lishi 
kerak.  Dasturda  o‘quvchilar  egallashi  lozim  bo‘lgan  tushunchalar  va  ularni 
o‘zlashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan bo‘lsa, darslikda esa tushunchalar mazmuni ochib 
beriladi.  O‘qituvchining  o‘quvchilarga  beradigan  ta’lim  mazmuni  maktab 
darsligidan  kelib  chiqqan  holda  amalga  oshiriladi.  Ayrim  qo‘shimcha  bilimlar 
o‘quvchilarni  geografiya  faniga  qiziqtirishni  e’tiborga  olgan  holda  berilishi  ham 
mumkin.  Har  bir  dars  nafaqat  o‘quvchilar  bilimini  oshirishi,  balki  ularning 
geografik  madaniyatini  har  tomonlama  rivojlantirishi  kerak.  Eng  muhimi, 
o‘quvchilarni  tarbiyalovchi  funksiyalarga  ega  bo‘lishi  zarur.  Tajribalar  va 
kuzatuvlar  shuni  ko‘rsatadiki,  faqat  geografik  obyektlarni  tasvirlovchi  va  ularni 
sanab  o‘tuvchi  darslar  o‘quvchilarda  hech  qanday  chuqur  iz  qoldirmaydi,  balki 
sabab-oqibat bog‘lanishlarni ochib beruvchi darslar o‘quvchilarning katta qiziqish 
bilan  eshitish  va  qatnashishlariga  imkon  beradi.  Aytaylik,  Tokio  shahriga  tavsif 
berilganda,  faqat  undagi  sanoat  tarmoqlari  aytilib,  uning  geografik  o‘rniga  ta’rif 
berish  bilan  chegaralansa,  o‘quvchilarning  ushbu  darsga  bo‘lgan  faolligi  biroz 
susayadi.  Qachonki,  Tokioning  jahonda  tutgan  o‘rni,  shaharsozlikdagi  o‘ziga  xos 
xususiyatlari,  aholining  milliy  taomlari,  yo‘llari,  madaniy  hayotidan  misollar 
keltirilib  o‘tilsa,  darsga  o‘quvchilar  juda  katta  qiziqish  va  ehtiyoj  sezgan  holda 


167 
 
ishtirok etadilar. Bunday paytlarda dars mazmuni darslikdan birmuncha farq qiladi. 
O‘qituvchi  tomonidan  berilayotgan  materiallar  darslikka  qaraganda  ko‘rgazmali 
tarzda  geografik  axborot  tizimidan  samarali  foydalansa,  birmuncha  chuqurroq  va 
mazmunan boyitilgan darsning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati yanada oshadi. 
Har bir darsda asosiy yetakchi masala, ya’ni darsning asosiy g‘oyasi ajratib 
olinishi  kerak.  Qolgan  barcha  ikkinchi  darajali  bilimlar  ana  shu  o‘q  atrofida 
aylanishi  va  asosiy  g‘oyani  (bilimni)  egallashga  xizmat  qilishi  kerak.  Bunday 
tanlov  nafaqat  bilimlarni,  balki  o‘quvchilar  bilimini  tekshirishda  ham  yetakchi 
o‘rinni  egallashi  zarur.  Chunki  darslikdagi  butun  materialni  qisqa  vaqt  ichida 
tekshirish  imkoniyati  yo‘q.  Faqat  eng  muhim  asosiy  bilimni,  g‘oyani  tekshirish 
samarali  natijalar  berishi  tajribalarda  isbotlangan.  Bunday  tekshirish  dars  uchun 
ajratilgan  vaqtni  tiklash  imkonini  beradi.  Aksariyat  hollarda  amaliyotda 
o‘quvchilar bilimini tekshirishga ko‘p vaqt sarflanadi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish