Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
7.2.7 Muammoli dars turi 
Zamonaviy dars jarayonlarida o‘quvchilarning mustaqilligini oshirish ijodiy 
faoliyatini  rivojlantirish  uchun  ta’lim  muammoli  tarzda  tashkil  etilishi  lozim. 
O‘quvchilarning zehnini uyg‘otadigan, aktivlashtiradigan metodik tadbirlar tashkil 
etilishi lozim.  
Hozirgi  geografiya  darsi,  maksimal  ma’lumotlar,  ko‘plab  raqamlar, 
geografik nomlar berishgagina emas, balki o‘quvchilarning informatsion manbalar 
bilan  ishlab,  mustaqil  bilim  olish  yo‘llarini  o‘rgatishga  qaratilmog‘i  maqsadga 
muvofiqdir.  Yangi  mavzuni  o‘rganish  tushuntirishdan,  yangi  bilimni  bayon 
etishdan  iborat  bo‘lmay,  materiallarni  mustaqil  o‘rganish  yo‘llari,  usullarini 
o‘rgatish bilan birga olib borilishi kerak. O‘quvchining o‘zi biror muammoni hal 
etishi,  tafakkurini  ishga  solishi  ma’qul.  Ular  biron  masalani  hal  etsa,  albatta, 
mamnun  bo‘ladi,  ilhomlanib,  kelgusi  mashg‘ulotlarda  ham  biror  masalani 
yechishga  intiladi.  Materialni  mustaqil  o‘rganish  o‘quvchidan  muntazam 
fikrlashni,  nimanidir  hal  etishni  talab  qiladi.  Muammoli  darsning  zaruriy  shart-
sharoiti  muammoli  vaziyat  yaratishdir.  Muammoli  vaziyat  masalani  hal  etish 
uchun yangi bilimlar va faoliyatlarning yangi turlarini izlab topishni talab etadigan 
intelektual-aql-idrok  talab  etuvchi  qiyinchiliklardan  iborat.  Muammoli  ta’lim, 
o‘qituvchilarning  hikoya  qilishi,  tushuntirishi,  bilimini  aniqlash  sxemasini  tan 
olmaydi.  
Bunday ta’limning mohiyati uni amalga oshirishda 2 fikr, yo‘nalish mavjud. 
1.  O‘quvchining  o‘qituvchi  tomonidan  berilgan  topshiriqlarini  bajarib, 
mustaqil  o‘rgansalar,  geografik  ma’lumotlarni  bilish  uchun  izlansalar,  buni 
muammoli  dars  deb  hisoblaydilar.  Ular  qiyoslash,  tabiat  komponentlari  orasidagi 
o‘zaro  aloqadorlik  sabablarini  aniqlash  maqsadida  evristik  (savol-javob)  suhbat 
uchun an’anaviy Blis so‘rovni muammoli deb hisoblaydilar. 
Masalan,  materikning  qit’dan  farqi?  Nima  uchun  Antarktida  juda  sovuq 
materik? Meksika iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishiga sabab nima? 
2.  Muammoli  dars  geografiya  fani  metodlari  va  fan  tarixini  maktab 
geografiya  kursida  aks  etishi  deb  tushuniladi.  Fan  tarixi  deganda  yirik  ilmiy 
kashfiyotlar  xronologiyasi,  olimlar,  metodist  geograflarning  nomlari,  geografiya 
fanida  vujudga  kelgan  muammolar,  ilgari  surilgan  gipotezalar,  ularni  tadqiq  etish 
va nazariyaga aylantirish yo‘llarini bilish nazarda tutiladi.  


158 
 
Geografik obyekt va hodisalar haqidagi bilimlar va ularning vujudga kelishi 
usullarini  ko‘rsatish  «yangi  bilim  qanday  vujudga  kelganligi»  haqida  muntazam 
Blis  so‘rov  berib  borish  bilan  qo‘shib  o‘rganilsa,  bu  ta’lim  muammoli  deb 
hisoblanadi.  O‘quvchilar  faktlarni  biladilar,  ammo  geografik  aloqadorlikni  tabiat 
komponentlari  orasidagi  bog‘lanishlarni  aniqlashda  qiynaladilar.  Ilgari  egallagan 
bilimlarni tadbiq etishni bilmaydilar. 
Muammoli  darsni  amalga  oshirish  uchun  geografiya  o‘qituvchilarining 
asosiy vazifalari: 
1.  Har  bir  geografiya  kursi  oldida  turgan  muhim  va  amaliy  muammolarni, 
ularni hal etish metodlarini belgilab chiqishlari lozim. 
2.  Nazariy  va  amaliy  muammolar  geografiya  fanining  asosiy  metodlaridan 
qaysi  birlarini,  qaysi  kursda,  qaysi  mavzuda  o‘quvchilarga  yetkazish  maqsadga 
muvofiqligini ishlab chiqishi lozim. 
3.  Har  bir  geografiya  kursiga  oid  muhim  ilmiy  kashfiyotlar,  ularning 
muammolarini belgilab chiqishlari kerak. 
4.  Har  bir  geografiya  kursi  har  bir  yirik  mavzu  uchun  muammoli  yangi 
bilimlarni  egallash  usullarini  izlashni  talab  etuvchi  topshiriqlar  sistemasini  ishlab 
chiqishlari shart. 
5.  Muammoli  darsni  amalga  oshirish  uchun  geografiya  o‘qituvchilarida 
yangi  bilimlarni  egallash  usullarini,  bilimlarni  o‘quvchilarga  yetkazish  yo‘llarini, 
o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni bilish kerak. 
6.  Geografiya  fanining  asosiy  metodlarini  o‘quvchilarga  tushuntirishlari, 
egallagan bilimlarni amalda tadbiq etish bilan mustahkamlashlari lozim. 
Muammoli darslarni amalga oshirishda tadqiqot natijalari va geografiya fani 
metodlari  haqida  bilim  berishda  illustratsiyali  tushuntirish  metodlaridan 
foydalanish  mumkin.  Bu  o‘quvchilarni  mustaqil  ishga  tayyorlaydi.  O‘qituvchi 
o‘quvchiga tushuntirishni, izohlashni, asoslashni, dalillar ko‘rsatishni talab etuvchi 
topshiriqlar  beradi  va  ijrosini  talab  etadi.  Bilim  berishda  o‘quvchilarning  bilish 
qobilyatlarini  rivojlantiruvchi  didaktik  o‘yinlardan  foydalaniladi.  O‘yinlar 
jarayonida  mulohaza  qilish,  fikrlash,  bahslashish  va  o‘z  fikrini  dalilashga  urinish 
bilan muammoli darsning elementlari amalga oshiriladi. 
Masalan, Sankt-Peterburgdan Vladivostok shahriga (Yevrosiyo materigining 
atrofidagi okean va dengizlar orqali) kemada sayyohat qiling. 
1.
 
Qaysi okean, dengizlardan o‘tasiz. 
2.
 
Qaysi bug‘oz orqali o‘tasiz. 
3.
 
Qaysi yarim orollardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. 
4.
 
Qaysi iqlim mintaqalari va iqtisodiy rayonlarni kesib o‘tadi. 
Muammoli darsni amalga oshirish uchun:  


159 
 
1.  Geografiya  o‘qituvchilari  o‘rta  maktab  geografiya  dasturlari  mazmunini, 
o‘quvchilar egallashlari lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni qunt bilan o‘rganib 
chiqishlari kerak.    

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish