Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Geografik nomlarni o‘rganish masalalari



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
6.6. Geografik nomlarni o‘rganish masalalari 
 
Kartada  obyektlarning  joylashishini  o‘quvchilar  eslab  qolishlari  ancha 
murakkab  jarayon.  Buning  uchun  xilma-xil  metodlarni  qo‘llashga  to‘g‘ri  keladi. 
Odatda  kartadagi  obyektlarni  avval  o‘qituvchi,  keyinchalik  o‘quvchilar  topadilar. 
O‘qituvchining  asosiy  vazifasi  ko‘rsatilgan  obyekt  nomining  to‘g‘ri  aytilishi  va 
esda saqlab qolishini ta’minlashi kerak.  
O‘qituvchi  obyektlarni  qanday  ko‘rsatish  va  ularni  kartadan  qanday  qilib 
izlash  kerakligi  haqidagi  yo‘l-yo‘ruqlarni  aytishi  maqsadga  muvofiq.  Geografik 
nomlar  o‘quvchilar  eslab  qolishi  uchun  o‘qituvchi  obyekt  nomini  to‘g‘ri  talaffuz 
qilib,  uni  doskaga  yozadi.  Keyin  shu  obyektga  xos  bo‘lgan  xususiyatlarni,  ya’ni 
uning  shakli,  kattaligi,  rangi,  yo‘nalishini  va  boshqa  tomonlarini  aytadi.  Imkoni 
boricha o‘sha obyektlarning kartadagi shaklini rangli qog‘ozda qirqib ko‘rsatadi va 


148 
 
bu  shakllarni  o‘quvchilarga  tanish  bo‘lgan  figuralar  bilan  qiyoslaydi.  Masalan, 
Apennin  yarim  orolini–etikka,  Shrilanka  orolini-tuxumga,  Skandinaviya  yarim 
orolini-arslonga, Qora dengizni-loviya o‘simligi doniga o‘xshatishadi. Obyektlarni 
bunday  o‘xshatish  bir  muncha  aniq  va  to‘g‘ri  bo‘lmasa  ham,  o‘quvchilar  ularni 
tezda  esda  saqlab  qoladilar  va  kartadan  tez  topadilar.  Eskirgan  kartalar  karton 
qog‘ozlariga yopishtirilib ulardan geografik obyektlarning shakllarini qirqib yasab 
qo‘yilsa va ulardan darsni mustahkamlash qismida 3-5 minut davomida mashqlar 
uyushtirish  mumkin.  Bu  metoddan  foydalanish  o‘quvchilarda  obyektlarning 
shakllarini to‘g‘ri tasavvur qilishlariga yordam beradi. Darslarda o‘yin tarzida har 
2  o‘quvchiga  yoki  2  komandaga  10  tadan  yoki  undan  ko‘p  shakllar  tarqatilib 
musobaqalar  uyushtirish  yaxshi  natijalar  beradi.  O‘quvchilar  o‘zlariga  tushgan 
shakllarning  qaysi  obyektlar  ekanligini,  ularning  kartadagi  o‘rnini,  ularga  oid 
bo‘lgan  boshqa  ma’lumotlarni  aytishi  talab  etiladi.  Masalan,  o‘quvchiga  Tasman 
oroli shakli tushdi deylik, o‘quvchi uni kartadan topib, uni sayyoh tadqiqotchi Abel 
Tasman tomonidan kashf etilgani va boshqa ma’lumotlarni aytadi.  
O‘quvchilar  bilmaydigan  boshqa  ma’lumotlarni  o‘qituvchi  to‘ldirishi  kerak. 
Har bir geografik nomning ma’nosini aytish, shu obyektlarni nafaqat esda qolishini 
balki ularning kartadagi o‘rnini, ya’ni fazoviy kartagrafik tasavvur hosil bo‘lishiga 
imkon  yaratadi.  Kartadan  geografik  obyektlarni  ko‘rsatishda  o‘ziga  xos  didaktik 
qoidalarga  bo‘ysunish  kerak.  Albatta,  obyekt  ko‘rsatkich  yordamida  topilishi, 
gavda  bilan  uni  bekitilmasligi,  ko‘rsatkich  punsonga  tushishi  (uning  yonidagi 
yozuvga  emas),  ko‘rsatkichni  kontur  chegarasi  bo‘ylab  yuritish  zarurligi 
o‘quvchilarga  doimo  uqtirib  borilishi  zarur.  Yo‘llar,  daryolar  ularning  yo‘nalishi 
bo‘ylab  ko‘rsatilishi  kerak.  Geografik  obyektlarning  yaqindagi  boshqa  obyektlar 
haqidagi  ma’lumotlarga  ega  bo‘lishlik  asosiy  obyektning  kartadan  tez  topish 
imkoniyatini  yaratadi.  Masalan,  Suvayish  kanali  Afrika  bilan  Osiyo  qit’alari 
o‘rtasida  ekanligini  yoki  O‘rta  dengizni  Afrika  bilan  Yevropa  oralig‘ida 
joylashganligi obyektning kartadan tez topilishiga imkon beradi. 
Kartadan  obyektlarning  o‘rnini  tez  esda  saqlab  qolishni  jonlantirishda 
ko‘pchilik o‘quvchilar  bayroqchalar,  shartli belgilar, iplar  va boshqa vositalardan 
ham  foydalanadilar.  Dars  davomida  kartadan  izlayotgan  obyektlarga  yuqoridagi 
vositalarni  qo‘yib  boradilar.  Geografiya  o‘qituvchisi  obyektlarni  o‘quvchilar 
tomonidan  mexanik  yodlashlariga  yo‘l  qo‘ymasliklari  zarur.  Bu  esa  kartaning 
formal  egallanishiga  olib  keladi.  Bu  borada  ilg‘or  tajribali  o‘qituvchilarning  ish 
faoliyatidan  unumli  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Ayniqsa,  o‘quvchilar  yer 
sharida  joylashgan  230  dan  ortiq  mamlakatlarning  siyosiy  kartadagi  o‘rnini  esda 
saqlab  qolishiga  bir  muncha  qiynaladilar.  Bunday  paytda  ularni  o‘rganishni 
yengillashtiradigan metodlarni qo‘llash va izlash zarur.  


149 
 
O‘quvchilar  geografik  kartalarni  o‘rganishda  obyekt  va  hodisalarning 
xususiyatlarini sxematik chizmada, rasmlarda va boshqa belgilarda aks ettirishlari 
samarali  natija  beradi.  O‘quvchilar,  ayniqsa,  tabiiy  hodisalarning  asosiy  belgi  va 
xususiyatlarni  doskaga  chizib  ko‘rsatilgan  sxema  va  rasmlar  vositasida  puxta 
egallab oladilar. Keyingi yillarda metodik adabiyotlarda geografiya darslarida rasm 
va  boshqa  chizmalardan  foydalanish  bo‘yicha  ko‘pgina  maqolalar  e’lon  qilindi. 
Gorst, graben, uzilma, platforma, vulqon, yer osti suvlari, sharshara, ostona, delta, 
kabi  yuzlab  obyektlarni  faqat  rasm  va  sxemalar  yordamida  aks  ettirish  ularning 
o‘zlashtirilishini  osonlashtiradi.  Yangi  materialni  o‘tish  jarayonida  doska  orqali 
karta  sxemalaridan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi,  chunki  unda  eng  asosiy 
bilimlar aks etgan bo‘ladi. Karta sxemalarini yozuvsiz kartada chizish vaqtni tejash 
imkoniyatini  tug‘diradi.  Uy  vazifalarini  tayyorlashda  ham,  kitob  bilan  ishlashda 
ham o‘quvchilarning karta sxemalarni chizib kelishiga e’tibor berish kerak. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish