Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


Geografiya  ta’limida  kartagrafik  bilimlar  va  ko‘nikmalarni shakllantirishga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
Geografiya  ta’limida  kartagrafik  bilimlar  va 
ko‘nikmalarni shakllantirishga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:
 


141 
 
1.
 
O‘quvchilarga  karta  yer  yuzasining  modeli  ekanligini,  kartadagi  har  bir 
belgining  ma’nosini  tushuntirish  kerak.  Kartaga  biror  bir  belgi  maqsadsiz 
qo‘yilmaydi. 
2.
 
O‘quvchilarda  kartadan  ko‘rgazmali  qurol  va  bilim  manbai  sifatida 
foydalanishni o‘rgatish, toki o‘quvchilar kartadan o‘zlari bila olsinlar. 
3.
 
Karta 
o‘quvchilarning 
aqliy 
faoliyatini 
rivojlantirishi, 
ularda 
kuzatuvchanlik, fazoviy tasavvur, mantiqiy fikrlash kabi xislatlarni tarbiyalaydi.  
Geografiya ta’limida o‘quvchilar quyidagi kartagrafik bilimlarni egallashlari 
kerak. 
1.
 
Karta va planda yer yuzasini tasvirlash xususiyatlarini. 
2.
 
Kartaning  shartli  belgilari,  geografik  obyektlar  va  hodisalarni  kartalarda 
tasvirlash metodlarini. 
3.
 
Joyda kartasiz mo‘ljal olish metodlarini. 
4.
 
Reja va karta asosida mo‘ljal olish. 
5.
 
Kartalarni masshtabga ko‘ra turlarini ajrata olish. 
6.
 
Kartalarni hududni qamrashi va mazmuniga ko‘ra turlarini bilish. 
7.
 
Kartadagi xatoliklar va ularning sabablarini. 
8.
 
Profill, grafik, kartagramma, kartadiagrammalar tuzish metodlari va h.k.  
O‘quvchilar kartagrafik bilimlarni amalda qo‘llay olishlari shart. Geografiya 
o‘qituvchisining asosiy  vazifasi o‘quvchilarda quyidagi kartagrafik ko‘nikmalarni 
shakllantirishdan iborat. 
1.
 
Joyda va kartada mo‘ljal ola bilish. 
2.
 
Kartada o‘lchash ishlarini bajara olish. 
3.
 
Umumgeografik, tematik kartalarni qiyoslay olish va o‘qiy olish. 
4.
 
Bir xil va turli masshtabdagi kartalarni taqqoslay olish. 
5.
 
Karta  asosida  geografik  obyektlarga,  hududlarga,  mamlakatlarga,  tabiat 
zonalari va tabiiy komplekslarga ta’rif yoza olish. 
6.
 
Sxema, karta-sxema, kartagramma, kartadiagrammalarni tuza olish va h.k. 
Kartagrafik ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni quyidagi tizim asosida 
olib borish maqsadga muvofiq: 
a)  boshlang‘ich  sinflarda  va  geografiyaning  birinchi  darsidan  boshlab,  to 
maktabni  bitirgunga  qadar  geografik  kartani  o‘qish  bo‘yicha  uzluksiz 
mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda undan mustaqil ravishda bilimlarni ola bilish; 
b) dars maqsadini aniq tasavvur etish, uni bevosita karta bilan uyg‘unlashtirish 
va unga erishish yo‘llarini izlash. 
v) muammoli Blis so‘rov tug‘ilganda, albatta, kartaga murojat etish, egallagan 
kartagrafik bilimlar yordamida mustaqil xulosalar chiqara bilish. 
Karta  asosidagi  asosiy  ilmiy  bilimlar  va  eng  oddiy  ko‘nikmalar 
“Boshlang‘ich  tabiiy  geografiya”  kursining  «Plan  va  karta»  mavzusida  beriladi. 


142 
 
Ushbu  mavzuni  tahlil  qilish  shu  narsani  ko‘rsatadiki,  uning  asosida  karta  tuzish 
tushunchasi  yotadi.  Haqiqatdan  ham  kartaning  qanday  tuzilganligini  bilmasdan, 
undan  bilim  manbai  va  ko‘rgazmali  qurol  sifatida  foydalanish  ancha  mushkul. 
Mavzuning  qolgan  tushunchalari  (joyni  rasmda  aks  ettirish,  aerosurat,  kosmik 
surat, reja, kartada va kartasiz mo‘ljal olish, masshtabning  shartli belgilari, mutloq 
va nisbiy balandlik, daraja to‘ri va boshqalar) yordamchi yoki asosiy tushunchaga 
bo‘ysinadi.  Bundan  tashqari  ushbu  tushunchalarni  o‘rganish  ikkinchi  darajali 
degan  xulosaga  kelmaslik  kerak.  Chunki,  bu  bilimlarsiz  karta  tuzilishini  o‘rganib 
bo‘lmaydi.  Karta  tuzilishini  puxta  bilish uchun,  eng  avvalo,  ko‘z  bilan  chamalab 
plan  olishni,  nivelirlashni  har  bir  o‘quvchi  bilishi  lozim.  Ammo  ko‘pgina 
o‘qituvchilar bunga yetarlicha e’tibor bermaydilar. 
Ko‘z  bilan  chamalab  plan  olish,  nivelirlash  karta  tuzishdagi  eng  muhim 
bosqichlardan  sanaladi.  Chunki  har  qanday  oddiy  karta  negizida  joy  plani  yotadi. 
O‘quvchilar  oddiy  planlarni  mustaqil  tuzishni  o‘rganmasdan  turib  karta  tuzishni, 
karta  masshtabini,  shartli  belgilarni  egallay  olmaydi.  Joy  planini  tuzish  –  oddiy 
kartalarni  tuzishda  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  o‘quvchilarga  karta  tuzish  va 
kartalarning mazmuniga oid bo‘lgan Blis so‘rovni egallashga yordam beradi. Zarur 
geografik  bilimlarni  egallash  uchun  o‘quvchilarda  kartagrafik  obrazlarni,  ya’ni 
tasavvurni  shakllantirish  maqsadga  muvofiq.  Kartagrafik  tasavvur  kartani  o‘qish 
jarayonida  shakllanadi.  Kartani  o‘qish-kartagrafik  metodning  eng  muhim 
qismlaridan  biri  karta  o‘qishda,  inson  kuzatish  faoliyatida  narsa  va  hodisalarning 
tasavvuri paydo bo‘ladi. O‘quvchilarning karta o‘qishdagi xatoliklarini tahlil qilish 
shuni  ko‘rsatadiki,  ular  yo‘l  qo‘yadigan  aksariyat  xatoliklar  ularni  kuzatishni 
bilmasligidan  kelib  chiqadi.  O‘quvchilar  kuzatish  jarayonida  kartadagi  zarur 
belgilarga yetarlicha e’tibor bera olmasliklari tufayli ham yuqoridagi kamchiliklar 
paydo  bo‘ladi,  uni  o‘qishni  ikkita  qismga  ajratish  mumkin.  Birinchi  qism-kartani 
tushuntirish  apparatini  o‘rganish.  Ikkinchi  qism-kartaning  mazmunini  o‘rganish. 
Kartani  o‘qish  deganda,  avval,  idrok  qilingan  narsa  va  hodisalarning  tasvirini 
shartli belgilar asosida ongimizda aks etilishi tushuniladi. 
O‘quvchilar  o‘z  bilimini,  joyda  va  ba’zi  hollarda  rasmlarni  kuzatish  orqali 
haqiqiy  voqelik  tasvirini  xayollarida  aks  ettiradilar.  Ko‘p  yillik  kuzatishlar  va 
ilg‘or geografiya o‘qituvchilari tajribalari shuni ko‘rsatadiki, kartani bilishdagi eng 
to‘g‘ri  yo‘l  oddiydan  murakkabga  borishdir.  O‘quvchi  o‘zi  yashab  turgan  joyni 
shartli  belgilar  asosida  tasvirlangan  planini  qurish,  plan  mazmunini  tushuntirish 
yengillashtiradi.  Shu  tufayli  ham  o‘quvchining  mustaqil  ravishda  oddiy  planlarni 
tushira  olishi  uning  kartani  puxta  egallashiga  olib  keladi.  Kartani  o‘qishdagi  eng 
muhim  xususiyat  uni  diqqat  bilan  ko‘zdan  kechirishdan  iborat,  bu  uning  sirlarini 
bilib olishga yordam beradi. 


143 
 
Kartani  o‘qishni  o‘rganish  va  zarur  ko‘nikmalar  hosil  qilish  uchun 
quyidagilarga e’tibor berish kerak: 
1.
 
Geografik obyektlarni o‘rganish, rejani mukammal bilish. 
2.
 
Kartadagi  har  bir  geografik  obyekt  shartli  belgisini  haqiqatda  qanday 
ekanligini tasavvur etish. 
3.
 
O‘rganilayotgan obyektni xayolan tiklay olish va h.k. 
Masalan,  Kalimantan  (Borneo)  oroli  6-sinf  o‘quvchisi  tomonidan  taxminan 
quyidagicha o‘zlashtirilishi mumkin. Kalimantan oroli 7
0
shim.keng. va 3

jan.keng. 
hamda 109
0
 va 117
0
sharq. uzunliklar oralig‘ida joylashgan. Yozda quyosh ufqdan 
juda balandda bo‘ladi, qishda esa salgina qiya, qish bo‘lmaydi. Kalimantan orolida 
dengiz shamoli esib turadi. Yog‘in miqdori 2000 mm va undan ham yuqori. Agar 
o‘quvchi  javobida  haqiqatan  ham  ushbu  ma’lumotlar  bo‘lsa,  u  kartadan  mustaqil 
foydalangan.  Demak,  o‘quvchi  kartani  bilish  uchun  quyidagilarga  e’tibor  berishi 
kerak: 
1.
 
Geografik obyektlarning kartadagi tasvirini aniq egallab olishi. 
2.
 
O‘rganilayotgan  obyekt  haqida  fazoviy  tasavvur  bo‘lishi,  hatto,  kartaga 
qaramasidan uning xarakterli xususiyatini ayta olish. 
3.  Ushbu  obyektning  kartadagi  boshqa  obyektlar  bilan  aloqasini  o‘rnata  olish 
kerak. O‘rganilayotgan obyektning obrazlarini ham tiklay olish va h.k. 
Kartani o‘rganishni sxemalar bilan qo‘shib olib borish, ya’ni ulardan unumli 
foydalanish  kartani  o‘qishni  bir  muncha  yengillashtiradi.  Masalan,  Pomir  tog‘ 
tuguni  geografik  o‘rnini  kartadan  topishni  osonlashtiradi.  Sxemalar  karta  o‘rnini 
bosa  olmaydi,  ammo  uni  to‘ldiradi,  shu  tufayli  ham  ularni  o‘rganishni  birga 
qo‘shib  olib  borish  maqsadga  muvofiq.  Kartani  bilishdagi  eng  muhim 
xususiyatlardan yana biri kartagrafik belgilarning nimalar (rang, chiziqlar, belgilar, 
so‘zlar,  raqamlar)ni  aks  ettirishini  puxta  bilish  lozim.  Faqat  shundagina  kartani 
o‘qiy  olishdan  tashqari,  balki  uni  tushuntirish  ham  yengillashadi.  Geografiya 
ta’limida  aksariyat  hollarda  zarur  bo‘limlarning  hammasini  ham  kartagrafik 
manbalardan  olib  bo‘lmaydi,  ularni  nazariy  manbalardan  ham  izlashga  to‘g‘ri 
keladi.  Masalan,  turli  tipdagi  kartalarni  tahlil  qilish  orqali  Surxondaryo 
viloyatining  O‘zbekiston  janubida  joylashganligini,  u  yerda  Amudaryo, 
Surxondaryo kabi daryolar borligini, Sharqda Tojikiston bilan janubda Afg‘oniston 
bilan  chegaradoshligini  bilib  olsa  bo‘ladi.  Ammo  nima  sababdan  Surxondaryo 
quruq  suptropikda  joylashganligini,  sitrus  mevalar  o‘sishini  va  h.k.  kabilarning 
geografiyani  nazariy  bilimlarni  egallamasdan  faqat  karta  orqali  tushunib 
bo‘lmaydi.  Kartani  tushunish  geografik  obyekt  va  hodisalar  o‘rtasidagi 
aloqadorlikni nazariy bilimlar bilan bog‘lab isbotlay olishni ham o‘z ichiga oladi. 
Demak, kartani tushunish kartagrafik bilimlarni namoyon bo‘lishidagi oddiy shakl 
desak xato qilmaymiz. 


144 
 
Chunki  kartagrafik  bilimlarni  o‘quvchilar  uzoq  mashqlar  orqaligina 
egallaydilar.  Ma’lumki,  fikrlash  jarayoni  murakkab,  qator  aqliy  jarayonlarni 
taqqoslash,  tahlil,  sintez,  xulosa  chiqarishni  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  jarayonlarsiz 
kartagrafik  va  geografik  bilimlarni  egallash  qiyin.  Karta  faqat  bilish  manbaigina 
bo‘lmay, balki muhim amaliy omil ham bo‘lib hisoblanadi. Karta bilan ishlashda 
quyidagi  darajalarni  ajratish  maqsadga  muvofiq:  Birinchi  darajali  geografiyani 
o‘rganishga  kirishguncha  egallagan  kartagrafik  bilimlar.  Bu  bilimlar  asosan 
tabiatshunoslik  kurslarida  (3-4  sinflarda)  olingan  bo‘lib,  ular  tabiiy  geografik 
bilimlar  hisoblanadi.  Bunda  o‘quvchilar  obyektlarni  tashqi  belgilarga  ko‘ra 
ajratadilar. Masalan, Samarqand aholi yashaydigan punkt, Hisor tog‘ va h.k. 
Ikkinchi  daraja  –  o‘quvchilar  o‘zlaridagi  mavjud  geografik  bilim  va 
tasavvurlarini  karta  bilan  bog‘lay  olishi.  Geografik  obyektlarni  joylashishi 
bo‘yicha xayoliy-fazoviy tasavvurlarga ega bo‘lishi, alohida obyektlar va joylarga 
oddiy  ta’rif  yoza  olish,  daryoning boshlanishi, quyilishi,  havzasi  tizimini  ko‘rsata 
olish kerak. 
Uchinchi  daraja-kartani  bilish  (tushunish),  undan  bilim  manbai  sifatida 
foydalana  olish,  eng  muhimi,  o‘quvchilar  o‘zlaridagi  geografik  bilimlarni  karta 
bilan  uyg‘unlashtira  olish  talab  qilinadi.  O‘quvchilar  bu  darajada  kartada  erkin 
mo‘ljal ola bilishlari biron hududga har tomonlama ta’rif bera olishlari, obyektlarni 
taqqoslay  olishlari,  tabiiy  va  iqtisodiy  xususiyatlarni,  sabab-oqibatlarni  ajrata 
olishlari  zarur.  O‘quvchilarni  kartagrafik  bilim  va  ko‘nikmalar  bilan 
qurollantirishda, xilma-xil kartagrafik vositalarning ahamiyati katta. 
Kartalarni o‘qish metodi.
 
Kartani o‘qish ko‘nikmasi birdaniga hosil 
bo‘lmaydi. U asta-sekin uzoq mashqlar tufayli chuqurlashadi va takomillashadi. 
Karta o‘qishni murakkablik darajasiga ko‘ra 3 ta turga ajratiladi.  
1.
 
Kartani  eng  oddiy  o‘qish.  Bunda  obyektning  tashqi  ko‘rinishdagi 
xususiyatlariga  asosiy  e’tibor  beriladi.  Masalan,  mana  bu  Avstraliya,  Yevrosiyo, 
Pomir  tog‘lari,  O‘zbekistonning  davlat  chegaralari  va  h.k.  Bu  metod  juda  oddiy 
bo‘lib  u  ko‘proq  boshlang‘ich  sinflarda  qo‘llaniladi.  Bu  metodni  huddi  alifboni 
o‘rganish  bilan  qiyoslasa  bo‘ladi.  Ammo  kartani  eng  oddiy  metodda  o‘qishning 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirmasdan murakkablikka intilib bo‘lmaydi. Shu 
tufayli  geografiya  o‘qituvchisi  karta  o‘qish  alifbosiga  quyi  sinflarda  zamin 
yaratilishi kerakligini doimo esda saqlashi kerak. 
2.  Kartani  murakkab  o‘qish.  Karta  asosida  obyekt  va  predmetlarning 
xususiyatlari  haqida  xulosalar  chiqara  olish.  Yer  yuzida  obyektlarning  o‘zaro 
joylashishi  haqida  fazoviy  tasavvurlar  hosil  qilishdan  iborat.  Bu  metod  ham 
tinimsiz  mashqlar  orqali  amalga  oshiriladi.  Karta  asosida  turli  obyektlarni 
taqqoslash jarayonida u yoki bu obyektlariga xos bo‘lgan xususiyatlari aniqlanadi. 
Masalan, karta asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring. 


145 
 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish