Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Geografiya darsligi bilan ishlash uslubiyati



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
6.2. Geografiya darsligi bilan ishlash uslubiyati 
 
Geografiya  darsligi  bilan  ishlash  metodlari  nihoyatda  xilma-xil  bo‘lib  ular 
quyidagilardan iborat. 1. Matn bilan ishlash. 2. Savol va topshiriqlar bilan ishlash. 
3. Darslikdagi illustrasiyalar va raqamli materiallar bilan ishlash. 
Darslik  bilan  ishlashdagi  eng  muhim  xususiyat  uning  metodik  tuzilishi 
hisoblanadi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Avvalo, har bir matn geografik 
kartalar  bilan  uzviy  bog‘langanligi,  geografik  atama  va  nomlar,  raqamli 
ko‘rsatkichlar  va  illustrativ  materiallarning  mavjudligi  bilan  ajralib  turadi. 


136 
 
Geografik matnlar bilan ishlashda o‘quvchi darslikdagi matn, karta, o‘qituvchining 
jonli so‘zi, illyustratsiyani uyg‘unlashgan holda qo‘llay olishi hisoblanadi. 
Geografiya  o‘qituvchisi  darslik  bilan  ishlashga  kirishishdan  oldin,  avvalo, 
o‘quvchilarning  darslik  bilan  ishlashga  tayyorgarligini  aniqlashi  kerak. 
O‘quvchilarda boshlang‘ich sinflardan va boshqa predmetlarda shakllangan darslik 
bilan  ishlashdagi  ko‘nikmalardan  ham  foydalanishi  kerak.  Darslik  bilan  ishlashda 
asosiy  o‘rinlarni  darslik  matni  bilan  ishlash  egallaydi.  Avvalo,  geografiya 
o‘qituvchisi  o‘quvchini  darslik  matnini  o‘qishga  o‘rgatishi  maqsadga  muvofiq. 
Buni quyidagicha amalga oshirish zarur. 
O‘qituvchi  o‘quvchilarning  matn  bilan  ishlash  jarayoniga  rahbarlik  qiladi, 
o‘quvchilar  javobgarlikni  his  qilgan  holda  to‘ldiradi,  unga  oid  qiziqarli  faktlarni 
aytadi.  Rasmlarni  tahlil  qiladi.  O‘quvchilarga  matnni  qanday  o‘qish  zarurligi 
haqida ko‘rsatmalar berib boradi. Matnni o‘qishda, albatta, o‘qituvchining izohlab 
va  tushuntirib  borishi  samarali  natijalar  beradi.  O‘quvchilarning  darslik  bilan 
ishlash  metodlari  murakkablashib  borgan  sari  ular  qo‘yilgan  Blis  so‘rovga 
darslikdan  mustaqil  javob  topa  olishlari  asosiy  o‘rinni  egallashi  zarur. 
O‘qituvchining  oldindan  tayyorlagan  topshiriqlari  asosida  o‘quvchilarda  matn 
bilan ishlashda quyidagi metodlarni tavsiya qilish mumkin. 
1.
 
Matndagi tushunchalarni topa olishi va unga ta’rif bera olish. 
2.
 
Qo‘yilgan savolga darslik matndan aniq javoblarni topa olish. 
3.
 
Matndan mavhum Blis so‘rovga javob topa olishni o‘rgatish. 
4.
 
Matnni tahlil qilish orqali qo‘yilgan savolga javob topish. 
5.
 
Xulosalar chiqara olish, yoki bu hududlarning tabiiy sharoitini baholay olishlari 
matn bilan ishlashdagi muhim omillardan biri sanaladi. 
O‘quvchilarning  darslik  matni  bilan  ishlashda  mustaqil  ishlash  qo‘nikmalari 
shakllantirilmasa,  ko‘zlangan  maqsadga  erishib  bo‘lmaydi.  Chunki  o‘quvchilarni 
majburlab  matn  bilan  ishlashga  o‘rgatib  bo‘lmaydi.  Ularni  bunga  ongli  va  ijodiy 
yondashishga o‘rgatish kerak. 
 
Hozirgi  kunda  barcha  geografiya  darsliklari  o‘quvchilarga  u  bilan  qanday 
ishlash kerakligi haqidagi eslatmalar bilan boshlanadi. Ammo ular yetarlicha emas. 
Geografiya o‘qituvchisi darslik bilan ishlashda quyidagilarga e’tibor berishi kerak. 
Darslik  bilan  ishlashga  kirishishdan  oldin  darslik  nomi,  mualliflar  haqida  ayrim 
ma’lumotlar    (agar  o‘qituvchi  bu  haqida  ma’lumotga  ega  bo‘lsa)  darsliklarning 
yirik  mavzulari,  mazmuni,  ilovalari,  rasmlari  kartalari  bilan  o‘quvchilarni 
tanishtiradi va ular bilan qanday ishlash zarurligi va yo‘llarini uqtiradi. 
Geografiya  darsligi  bilan  ishlashga  kirishishdan  oldin  barcha  o‘quvchilarda 
atlas  kartalar  bo‘lishiga  erishish  zarur.  Aks  holda  ko‘zlangan  maqsadga  erishib 
bo‘lmaydi. Darslik yoki o‘quv qo‘llanma asosida o‘rganilayotgan matn qismlarga 
bo‘lib  o‘rganilishi  uqtiriladi.  O‘quvchilar  mustaqil  ravishda  har-bir  qismlarga 


137 
 
atamalar  nomlarini  topadi.  O‘qituvchi  ularni  doskaga,  o‘quvchilar  esa  daftarlarga 
yozib boradilar. 
 
Darslik matni bilan ishlash metodlari xilma-xil bo‘lib, har bir  metod o‘ziga 
xos  xususiyatga  ega.  Bular  ichida  darslik  matnini  tahlil  qilish  katta  ahamiyatga 
ega. Matn mazmunini tahlil etishda uning asosiy komponentlarini bilish zarur. Bu 
komponentlar quyidagilardan iborat. 
1.
 
Umumgeografik tushunchalar ta’rifini aniqlash. 
2.
 
Obyektlar  va  hodisalarni  ta’riflash.  Bunda  relyef,  iqlim,  foydali 
qazilmalarga  oid  bo‘lgan  birinchi  va  ikkinchi  darajali  tomonlarini  yoritish,  ya’ni 
asosiy va qo‘shimcha bilimlarni aniq ko‘rsatish. 
3.
 
Voqea  va  hodisalarni  kelib  chiqishi  va  o‘zgarishiga  oid  ma’lumotlarni 
izohlash. 
4.
 
Ta’riflovchi, izohlovchi aralash matnlarni aniqlash va ajrata olish. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish