Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
 
 
 
 



 
KIRISH
 
Jahon  hamjamiyatida  munosib  o‘rinni  egallashga  qaratilgan  keng  ko‘lamli 
islohotlar 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoevning 
ta’kidlaganidek:  “Demokratik  o‘zgarishlar,  jumladan,  ta’lim  islohotlari  orqali 
O‘zbekistonda  yangi  Uyg‘onish  davri,  ya’ni  Uchinchi  Renessans  poydevorini 
yaratishni  o‘zimizga  asosiy  maqsad  qilib  belgiladik”,-ikrlari  oliy  ta’lim  ravnaqi 
uchun yangi sahifalarni ochdi. Oliy ta’lim O‘zbekistonda amal qilayotgan uzluksiz 
ta’lim  tizimidagi  eng  muhim  bo‘g‘inidir.  U  har  doim  davlat  va  jamiyatning 
e’tiboriga  molik ustuvor sohaga  aylangan. Bu yerda pedagoglar va talabalarning 
hamkorlikdagi  hayot  tajribasini  tarkib  toptirish  va  idrok  etishga  qaratilgan  o‘zaro 
faoliyat  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Zamonaviy  oliy  ta’lim  gumanitar,  ijtimoiy-
siyosiy  va  manaviy-ma’rifiy  hamda  tarkibiy  mazmunga  ega  bo‘lgan  murakkab 
jarayon  hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosiy xususiyati – davlatning pedagogik 
kadrlar  uchun  muhim  hisoblangan  ta’limning  resurs  ehtiyojlarini  ta’minlash 
imkoniyatini yaratdi.  
Mamlakatimizda  ta’lim  tizimini  rivojlantirish  maqsadida,  endilikda  boy 
intellektual  salohiyatga  ega  bo‘lgan  O‘zbekistonning  barcha  hududlarida  inson 
bilimi,  dunyoqarashi  va  ruhiyatiga  nimalar  ta’sir  etayotganligini,  ongida  qanday 
o‘zgarishlar  bo‘layotganligini  bilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun 
funksional-tarkibiy qismlar pedagog va talabaning shaxsiy bilimlari sifatida emas, 
balki  ta’lim  uslubiyatining  zamonaviy  vazifalarini  amalga  oshirishga  bog‘liq. 
Jamiyat  taraqqiyotini  har  tomonlama  yetuk  o‘qituvchilarsiz  tasavvur  etish  qiyin. 
Malakali  pedagog-mutaxassislar  tayyorlash  esa  ko‘p  jihatdan  ularning  metodik 
tayyorgarligiga bog‘liq. Ayniqsa, hozirgi murakkab axborotlarni, geografik hodisa 
va  sabab-oqibatlarini,  tabiiy  va  iqtisodiy  geografik  tushunchalarni  o‘quvchilar 
ongiga  yetkazish  va  shakllantirish  nihoyatda    murakkab  jarayon  hisoblanadi. 
Maktab  dasturi  o‘quvchilarga  faqat  geografiyaga  oid  bilim  berish  bilan 
cheklanmaydi,  balki  ularda  zarur  ko‘nikma  va  malaka  hosil  qilishni  ham  o‘z 
zimmasiga  oladi.  Har  bir  talaba  oliy  dargohda  olgan  ko‘nikma  va  malakalari 
asosida  bilimlarni  mustaqil  egallashlari  zarur  bo‘ladi.  Mamlakatimizda  kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturiga  muvofiq  uzluksiz  ta’limning  barcha  bo‘g‘inlarida 
o‘quvchilarning muntazam bilim olishi, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, 
mehnat  ko‘nikmalari,  mustaqil  ijodiy  fikrlash,  kasb  tanlashga  va  atrof-muhitga 
ongli  munosabatni  hosil  qilish,  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarini  hurmat 
qilish,  yoshlarni  o‘z  vataniga,  xalqiga  sadoqat,  mehr  muhabbat  ruhida  tarbiyalash 
muhim  vazifa  qlib  belgilangan.  Bu  esa  yuqori  malakali  pedagogik  kadrlarni 
tayyorlashda  o‘qitish  uslubiyatining  rolini  sezilarli  darajada  oshirishni  taqozo 
qiladi.  Ta’lim-tarbiya  nazariyasi  va  metodikasi  sohasida  bilim  va  amaliy 



 
tajribalarini  egallash,  geografiya  o‘qituvchisining  kasbiy  funksiyasi  va  rasmiy 
vazifalarni  bajarish  uchun  mamlakatimiz  universitetlari  va  pedagogika  institutlari 
talabalarini tayyorlashga katta hissa qo‘shadi.  
Hozirgi  globallashuv  sharoitida  geografiya  ta’limini  yangi  sifat  bosqichiga 
ko‘tarish  maqsadida  quyidagi  12  ta  ko‘rsatkichlarni  qo‘llash  maqsadga  muvofiq 
hisoblanadi:  
1.  Shaxsga  yo‘naltirilgan  ta’lim:  geografiya  ta’limi  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra 
ta’lim  jarayonining  barcha  ishtirokchilarini  to‘laqonli    intellektual  salohiyatini 
oshirish,  dunyoqarashlarini  boyitishni  nazarda  tutadi.  Bu  esa  ta’limni 
loyihalashtirayotganda,  albatta,  ma’lum  bir  ta’lim  oluvchining  shaxsini  emas, 
avvalo,  kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog‘liq  o‘qish    maqsadlaridan 
kelib  chiqqan holda yondashishni ko‘zda tutadi.  
2. Tizimli yondahuv: ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida 
mujassam  etmog‘i  lozim.  Bu  yondashuv  ta’lim  jarayonining  mantiqiyligi,  uning 
barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltiriladi.  
3.  Faoliyatga  yo‘naltirilgan  yondashuv:  shaxsning  jarayonli  sifatlarini 
shakllantirishga,  ta’lim  oluvchining  faoliyatni  faollashtirish  va  intensivlashtirish, 
o‘quv  jarayonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini 
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.  
4.  Dialogik  yondashuv:  bu  yondashuv  o‘quv  munosabatlarini  yaratish 
zaruriyatini  bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-
o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.  
5.  Hamkorlikdagi  ta’limni  tashkil  etish:  hozirgi  sharoitda  geografiya 
ta’limini tashkil etish jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda 
bilimlarni  birgalikda  o‘zlashtirishlari,  o‘zaro  rivojlanishlari,  “pedagog  ustoz  - 
talaba  shogird”  an’analariga  asoslangan  hamkorlikdagi  munosabatlarni  tashkil 
etish bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda 
yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarishdan iborat.    
6.  Muammoli  ta’lim:  ta’lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish 
orqali ta’lim oluvchi faoliyatini faollashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni 
obyektiv  qarama-qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullari,  dialektik  mushohadani 
shakllantirish,  rivojlantirishni,  amaliy  faoliyatga  ularni  ijodiy  tarzda  qo‘llashni  va 
mustaqil  ijodiy  faoliyati  ta’minlanadi.  Axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy 
vositalari  va  usullarini  qo‘llash  –  geografik  axborot  tizimi  va  texnologiyalarini 
o‘quv jarayoniвa qo‘llashdan iborat.  
7.  O‘qitishning  usullari  va  texnikasi:  ma’ruza  (kirish,  mavzuga  oid, 
vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, 
amaliy ishlarni o‘z ichiga oladi.  
8.  O‘qitishni  tashkil  etish  shakllari:  dialog,  polilog,  muloqot,  hamkorlik  va 
o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, jamoa va guruhli tarzda amalga oshiriladi.  
9.  O‘qitish  vositalari:  o‘qitishning  an’anaviy    shakllari    (darslik,  o‘quv 
qo‘llanma, geografik atlas va xarita, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter 
va axborot texnologiyalari kabilar kiradi.  



 
10.  Kommunikatsiya  usullari:  geografiya  ta’limi  jarayonida  o‘qituvchi 
talabalar  bilan  bevosita  hamkorlikda  operativ  teskari  aloqaga  asoslangan  o‘zaro 
munosabatlarni yaratadi.  
11.  Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  geografiya  ta’limi  jarayonida 
o‘qituvchi kuzatish, blis-so‘rov, joriy, oraliq va yakunlovchi  nazorat  natijalarini  
tahlili asosida o‘qitish diagnostikasini amalga oshiradi.  
12.  Boshqarish    usullari  va  vositalari:  geografiya  ta’limi  jarayonida  o‘quv 
mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv 
mashg‘ulotlarini  loyihalashtirish,  qo‘yilgan  maqsadga  erishishda  o‘qituvchi  va 
talabalarning  birgalikdagi  harakati,  nafaqat  auditoriya  mashg‘ulotlari,  balki 
auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati orqali ham amalga oshiriladi.  
“Geografiya  ta’limi  metodikasi”  fanini  o‘qitish  jarayonida  kompyuter 
texnologiyasidan, “taqdimot” elektron jadvallardan foydalaniladi. Ayrim mavzular 
bo‘yicha  talabalar  bilimini  baholash  test  asosida  amalga  oshiriladi.  “Internet”, 
“GIS” saytlariga kiritilgan, mavjud tabiiy geografik va iqtisodiy-ijtimoiy geografik 
ma’lumotlardan  samarali  foydalaniladi,  ular  namoyish  qilinadi  va  shu  asosda 
talabalar  bilan  hamkorlikda  tarqatma  materiallar  tayyorlanadi,  test  tizimi  hamda 
tayanch  so‘z  va  iboralar  asosida  oraliq  va  yakuniy  nazoratlar  o‘tkazish  kabilar 
orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga erishiladi.  
 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish