O’zbekistonda axborotlashgan jamiyatning rivojlanish bosqichlari.
1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan Fan vaTexnika Davlat qo’mitasi qoshida Axboratlashtirish bo’yicha bosh Boshqarma tuzildi.
1993 yil may oyida «Axborotlashtirish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi bu masalada tub burilish yasadi.
Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 2 dekabrdagi farmoyishi bilan O’zbekiston Respublikasini Axborot kontseptsiyasi ma’qullandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” to’g’risidagi farmoni va 2002 yil 6-iyundagi Vazirlar Maxkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 200-sonli qarorini bajarish borasida respublikamizdagi har bir oliy o’quv yurti axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimini yaratish va rivojlantirish bo’yicha o’z dasturlarini ishlab chiqqan va uni tadbiq qilishga imkon yaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi 5349-son "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash ko‘zda tutilgan hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar belgilab olingan:
davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish;
mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnoparklar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
zamonaviy telekommunikatsiyainfratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojlantirish, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriyqilishnimuvofiqlashtirish;
Shu bilan birga, 2030 yilga qadar «Raqamli O‘zbekiston» konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan ham chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 31 avgustiga qadar davom etdi.
Axborot jarayonlarining rivojlanish bosqichlari.
Axborotlar texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:
-Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish .
-Axborotni uzatish.
-Ma’lumotlarni kodlashtirish.
-Ma’lumotlarni saqlash va izlash.
-Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.
-Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.
-Qaror qabul qilish va boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |