Abdusalomov Muhammadrizo
MMT-80
Temur tuzuklarining zamonaviy boshqaruv tizimidagi
ahamiyati
Amir Temur o'z tuzuklari keyingi avdlodi uchun bir qo'llanma bo'lib qolishni
ko'zlab: «Farzandlarim va avlodimdan bo'lganlarning har biri unga muvofiq ish
yuritsin... Bu tuzuklardan o'z saltanat ishlarini boshqarishda qo'llanma sifatida
foydalangaylar, toki mendan ularga o'tadigan davlat va saltanat zararu
tanazzuldan omon bo'lg'ay», - deb yozib qoldirgan edi.
Darhaqiqat bu asardan faqat Temuriy shahzodalargina emas, ko'plab sharq
hukmdorlari o'zlarining faoliyatlarida foydalanganlar va unga yuqori baho
berganlar. Jumladan, Shoh Jahon (1628-1657), Qo'qon xoni Muhammad Alixon
(1822-1842), Buxoro amiri Abdullahadxon (1885-1910) lar «Tuzukot»dan
parchalar ko'chirtirib, ulardagi qoidalarga amal qilganlar.Amir Temur mazmun
jihatidan farq qiladigan, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan u
o‘z
xalqiningbuyukligini ham
ta’minladi. Keyinchalik Amir Temur asos solgan
davlatchilik «Temuriylar davlatchiligi», «Temuriylar davri», «Temuriylar
saltanati», «Temuriylar sulolasi» kabi nomlar bilan tarix
sahifasidan o‘rin oldi.
Buyuk strateg, mohir siy
osatchi, eskirganijtimoiy munosabatlarning qat’iy
islohotchisi, savdo-sotiq,
hunarmandchilik va madaniyatning homiysi Amir
Temur qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlatni barpo etdi. Temuriy
tamoyillar davlat yuritishdagi muhim yo‘nalishlarbo‘lib, ular davlatchilik
falsafasining o‘ziga xos ifodasidir. Shu bois, xulosa qilish mumkinki, A. Temur
falsafasida bog‘lanish va aloqadorliklarga e’tibor qaratilgan. «Tuzuklar»dagi
bog‘lanishlar va aloqadorliklarning hammasi quyidagi xarakterga ega:
hodisalardagi sababiy bog‘lanish va aloqadorliklar;
muhim hamda muhim
bo‘lmagan bog‘lanish va aloqadorliklar;vositali hamda vositasiz bog‘lanish va
aloqadorliklar; zaruriy hamda tasodifiy bog‘lanish va aloqadorliklar. Bu
bog‘lanish va aloqadorliklarni alohida
-
alohida tahliletadigan bo‘lsak, ular ham
o‘z navbatida o‘zaro ta’sir vositasida
navbatdagi bog‘lanish va aloqadorliklarni
kelti
rib chiqaradi. Chunonchi, davlat boshqaruvi benihoya ko‘p omillar bilan
bog‘liq, uning zamirida murakkab falsafa, son
-sanoqsiz jarayonlar mavjud.
Ularning birini anglab yetsangiz, undan ikkinchi bir haqiqat kelib
chiqadi. Shuning
uchun hodisalar mohiyatini bilish, barcha aloqador jihatlarni, vositalarni bir
butun holda tekshirish talab qilinadi. Shundagina xatolardan saqlangan holda
hodisalar rivoji ta’minlanadi.
Shu bilan birga, ularni aniqlashda turli uslublardan ham foydalaniladi.
Ta’kidlash
lozimki, A
mir Temur bobomiz a’lo darajadagi
falsafiy tafakkur uslubiga ega
bo‘lgani sababli, boshlagan ishlarining
barchasini poyoniga yetkazib, yutuqlarga
erishgan. Zero, bog‘lanish
va aloqadorlikning o‘zi ham falsafiy deterministik
(bog‘lanish, aloqa, o‘zaro ta’sir) xususiyatlariga egadir. Amir Temur o‘z
faoliyatidata moyillardan foydalanib ish yuritdi. Tamoyillardan birinchisini
sababiy bog‘lanishlar nuqtai nazaridan teranroq tahlil qiladigan
bo‘lsak, ya’ni
Tangri taoloning dini va Muhammad payg‘ambarning
shariat
iga qat’iy amal qilib
yashashiga asosiy sabab, avvalo, o‘sha
davrdagi ijtimoiy siyosiy muhit hisobga
olingan edi. Amir Temur yashagan davrda islom dini Turon zaminida xalqning
ongi va
tafakkuridagi real kuch sifatida e’tirof etilar edi. Bu mukammal ilohiy
ta’limot xalq qalbiga singib ketgandi.
Tabiiyki, Amir Temur
hazratlari ham islom dini aqidalariga qat’iy amal qilib,
mamlakatga.
hukmronlik faoliyatida islomiy g‘oyalarni bosh shior qilib oldi.
Madrasa va masjidlar qurdirdi. Din peshvolarini hurmatladi. Natijada mudom
g‘alaba ul zotga yor bo‘ldi. Islom dinini targ‘ib qilish
natijasida Sohibqiron
tarafdorlari ortdi, davlatining kuch-qudrati oshdi. Amir Temur tuzuklari bevosita
Temuriy tajribasining mantiqiy.
natijasi bo‘lib, ul zot umrining poyonida bitilg
an
asardir. Amir Temur o‘zining davlat boshqaruviga xos ustun jihatlarini e’tirof
etgan
holda bu boshqaruv an’ana sifatida davom ettirilishini orzu qilib, «...Toki
mendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu.
tanazzuldan omon bo‘lgay»,
deya umidvor vasiyat etgan edi. Haqiqatan ham, Amir Temurning avlodlari turli
davrlarda, turli
mamlakatlarda bu vasiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqaradilar va shu
bois Temuriylar sulolasi uzoq asrlar mamlakatni boshqarib keldilar.Amir
Temurning asaridan sezilib turadiki, o‘z
i tanlagan va tayinlagan kishilarning
axloqiy xislatlariga ko‘proq diqqatni tortgan. Jumladan Sohibqiron fikricha,
vazirlar 4 sifatga ega bo‘lishi
kerak:
1. Asillik, toza nasllik va ulug‘vorlik.
2. Ko‘pni ko‘ra oladigan, tez xulosa qiladigan, aqlu
-farosatlilik.
3. Insonparvar, xalq ahvolini, sipohlarni biladigan va g‘amxo‘rlik ko‘rsata
oladigan.
4. Chidamli, sabr-toqatli, xushmuomalali, muloyim.
Ko‘rib turibmizki, bu axloqiy xislatlar Amir Temur tomonidan
yuqori baholangan
va ularga amal qilingan. Turli manba va fikrlarni tahlil qilgan kishi buni darrov
fahmlab. yetadiki, Amir Temur falsafasi faqat inson falsafasidir. Chunki insonning
yurish turishi, faoliyati, barcha ishlari Sohibqironning doimiy diqqat markazida
turgan. Sohibqiron o‘z davrida ilm
-fan arboblari, din peshvolari va
donishmandlarga hamisha xayrixoh bo‘lgan. Manbalardan ma’lumki, Amir
Temur buyuk sarkarda bo‘lishi bilan birga, u ilm
fan va yuksak falsafaning
shakllanishida buyuk homiy edi. Zero, ilm
va fanni e’zozlagan Amirning o‘zi ham
shubhasiz ilm fandan jiddiy
xabari bo‘lgan. Demak, Sohibqiron keng ma’lumotli
bo‘lib, har bir
sohani nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qila olgan. Qur’on, Hadis,
qonun, geografiya va tarix, falsafa ilmlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
«Musulmonlarga diniy masalalardan, shariat aqidalari va islom dini ilmlaridan-
tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar, deb... har bir shaharga olimlar va mudarrislar
tayin qildim»1
–
deya ta’kidlaydi
Amir Temur. Demak, Amirning majlis va
kengashlari doimo
fuzalolarsiz o‘tmagan. Manbalar yana shuni ko‘rsatadiki,
sohibqiron davrida yuqorida tilga olingan ilm-fan sohalari jiddiy rivojlandi. Bu
rivojlanish podshoning marhamatisiz bo‘lmas edi, albatta. Buni
hatto, Amir
Temur faoliyatiga tanqidiy qaragan ibn Arabshoh ham tan olgan. U shunday deb
yozadi: «Xullasi kalom, Temur har bir
(foydali) jonni atrofiga yig‘ib, nimaiki
bo‘lsa, sarasini Samarqandga
keltirdi. Natijada, Samarqandda har bir ajib fan ahli
namoyondasidan va san’atlar g‘aroyib uslubidan fazilati peshonasida nishona
bo‘lib, o‘z tengqurlaridan ustun turgan, o‘z sohasida alloma kishilar
yig‘ilgan edi»
2.Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur biron
shahar yoki mamlakatda bo‘lganida, albatta, bironta
bino qurib qoldirgan.
Rustarixchisi A.Yu.Yakubovskiyning fikricha, mashhur podshoh Mahmud
G‘aznaviy butun dunyoni talab, katta
boylik yiqqan bo‘lsa, Temur topganini el
-
yurt obodonchiligiga sarflagan, ilm maskanlarini qurdirgan. Buni Amir
Temurning o‘zi shunday ta’kidlaydi: «Har bir shahar, har bir qis
hloqda masjid,
madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar. Faqiru miskinlarga langarxona solsinlar,
kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar
tayinlasinlar».3 Shu kabi sohalarda Amir Temur bir
necha bor to‘xtalgan va ularni
sodda qilib tushuntirgan. Jumladan, Amir Temur yosh avlodlarga nasihat qilib
aytadiki, bilimli kishilar o‘tirgan o‘rni bilan ham podshohga yaqin bo‘lishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |