Ekologiya fanining rivojlanish
Ekologiya fanining rivojlanish bosqichi
1-bosqich
Zardo‘shtiylarning "Avesto" kitobida (eramizdan avvalgi II-I- ming yillar) tabiat va insonlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik haqidagi fikrlar o‘z aksini topgan.
Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Aristotellarning ilmiy asarlarida 500 ga yaqin o‘simlik va 454 ta hayvon turlari haqida ma'lumotlar keltiriladi. Galen va Teofrast ham o‘zlaridan turli jonivorlarning hayoti, tabiatga moslashishi to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlar qoldirishgan.
2- bosqich
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining bizga qoldirgan asarlarida ham inson va tabiat orasidagi o‘zaro munosabatlar o‘z aksini topgan. Xalif-al-Ma'mun (813-833) asos solgan "Donishmandlar xazinasi" ya'ni Ma'mun akademiyasida Muhammad al-Xorazmiy, al- Farg‘oniy, al-Marvaziy va boshqalar, keyinchalik Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar faoliyat yuritib, astronomiya, jug‘rofiya, tibbiyot, botanika, geologiya kabi sohalarni o‘rganishga katta hissa qo‘shdilar.
3-bosqich
Bu bosqhich XVIII- asrning ikkinchi yarmi va XIX-asrning boshlari, ya'ni "Ekologiya" atamasining fanga kiritilishidan boshlanadi. "Ekologiya" atamasini fanga birinchi bo‘lib 1866 yil nemis darvinist olimi Ernest Gekkel taklif etdi.
Ch. Darvin (1809-1882) o‘zining "Turlarning kelib chiqishi" asari bilan biologiya fanini yuqori pog‘onalarga ko‘tardi. Uning evolyusion nazariyasi ekologiya fanining rivojlanishiga tub burilish yasadi.
4-bosqich
XIX asrda aholi soni 1 mlrd. kishidan oshgan, tabiiy resurslarni qazib olish va ulardan foydalanish hajmi tobora o‘saboshlagan. Ayrim o‘simlik va hayvon turlari qirilib ketgan, atrof-muhitning ifloslanishi kuchaya boshlagan.
XIX asrning II-yarmidan jamiyat tarixida texnogen davr boshlangan. Rossiyada tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchaev (1846-1903) tabiiy mintaqalar yo‘nalishini ishlab chiqdi. Ekologiyaning rivojlanishiga D.N. Kashkarovning "Muhit va organizmlar uyushmasi" (1933), "Hayvonlar ekologiyasi asoslari" (1938) kabi asarlari muhim rol o‘ynadi.
5-bosqich
Demografik o‘sish va tabiatga antropogen ta'sirning kuchayishi natijasida turli mahalliy, mintaqaviy va umumbashariy ekologik muammolar kelib chiqdi. Inson yadro energiyasidan keng foydalana boshladi, u yerdan ko‘tarilib, kosmosni zabt etdi. Insoniyat sivilizasiyasi yangi bosqichga, ya'ni noosfera (gr. "noos"- aql, idrok va "spaira" - shar) bosqichiga o‘tdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T.Oqituvchi, 1991.
2. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi. T.1998.
3. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. Nasaf, 2003.
4. To’xtayev A. Xamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish. T. O’qit. 1997.
5. To’xtayev A. Ekologiya. T. O’qituvchi,1996.
6. G’ulomov G’.N. Inson va tabiat. T.O’qituvchi, 1990.
7. Otaboyev Sh. Nabiyev M. Inson va biosfera. T. O’qituvchi, 1995.
8. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O’qituvchi, 1994.
9. Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T. O'qituvchi, 1997.
Do'stlaringiz bilan baham: |