Lug’at va izohlar
Maqola «Ishtirokiyun» ro’znomasining 1919 yil 12 iyundagi 132-sonida bosilgan. Ko’pchilikning e’tiborini tortgani, turli munozaralarga sabab bo’lgani uchun shu ro’znomaning 23 avgust sonida Fitrat «Tilimiz» sarlavhasi ostida yana chiqish qilgan va turli xat, savollarga javob bergan.Qavs ichida berilgan izoh va tarjimalar Fitrat yoki ro’znomachilar tomonidan bajarilgandir. Qavs ( ) belgisi ostida berilgan so’zlar matbaada tushib qolgan so’zlar bo’lib, mazmun tushunarli bo’lishi uchun shu usul bilan berishni lozim topdik. Matndagi ayrim chalkashliklar, o’qilishi qiyin, o’chib ketgan so’zlarni tiklashga urunildi. Bu yo’lda kamchiliklir bo’lishi mumkinligini sezganimiz holda, mushtariylardan uzr so’raymiz. Tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlarning izohi quyida beriladi.
1.Yona xud — yana shu
2.So’zning ko’pligi (kasrati kalimot) — lug’at qatlami va uning boyligi nazarda tutilyapti.
3.Undirish kengligi (vus’ati ishtiqoq) — so’z yasalishi. Quyiroqda undirik, undirilgan so’zlari ham bor.
4.Yusup tugalligi (mukammalliyati k,avoid) — tilning gram- matik qonuniyatlar jihatidan mukammalligi, butunligi.
5.Bo’lishi — fe’lning bo’lishlilik kategoriyasi.
6.Qelajagi — zamon kategoriyasidagi hozirgi-kelasi, kelasi zamonlar.
7.Qo’zg’ovi — daraja yoki nisbat kategoriyasi.
8.Uft — o’timlilik nazarda tutilayotgan bo’lishi mumkin
9.Otlarning egalik va kelishiklarda turlanishi nazarda tutilyapti.
10.Tolluq(g’) — o’zak, negiz ma’nosida.
11.Sarf — morfologiya (ayrim manbalarda grammatika ham shu so’z orqali izoh qilingan hollar ham mavjud).
12. Bosdiqlari o’lkaga — «arablar tomonidan bosib olingan o’lkaga» demokchi.
13.Bu so’zning turkchasi mavjud bo’lsa-da, Fitrat muomalada aktiv qo’llaniladigan so’zni ishlatgan. Buni muallifning ta’sirchanlikni oshirish uchun qilingan harakati deb tushunish mumkin.
14.Qimruq so’zi yo matbaada noto’g’ri terilgan, yoki boshqa sabablar bilan keltirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun «qimruq»ni bosib olingan o’lkalarga sun’iy kiritilgan, majburiy istilohot deb tushunish mumkin.
15.Hozirda turli xil «ilmiy janjal»larga sabab bo’layotgan bu fikrlar Fitrat tomonidan qat’iylik bilan (o’zi aytganiday «shoirlik qilib» emas) aytilgan. Demak, muallif ishonchli asoslarga ega bo’lgan bo’lishi taxmin etiladi.
16.Osig’lanmoq — foydalanmoq.
17.Usmon imperiyasi davridagi (undan keyin ham) ayrim turkiy xoqonlar saroyida fors tilining amalda qo’llanilishini istehzo qilyapti.
18.Kavkaz turklari fors tili ta’sirida sakson o’rnida hashtot deyishadi, shunga ishora.
19.Fitrat fikr boshlanishida a) deb belgi qo’ygan-u, biroq keyingi 6) va boshqa belgilarni uchratmadik. Matbaa xatosi bo’lsa kerak.
20.Qumuch — yolg’on, asossiz ma’nolarida qo’llanilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |