Afdurauf Fitrat hayoti va ijodi
Muallif: Turayev Bekzod
2022
Mavzu: Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi. Sherlarining tahlili.
Dars maqsadlari:
1) ta`limiy maqsad: Ushbu ijodkor shaxsiyati va asarlari bilan o’quvchilarni tanishtirish va ularda bilim, ko’nikma, malaka, kompitensiyalarni shakllantirish.
2) tarbiyaviy maqsad: Shoira hayoti orqali sabr tushunchasini o’quvchilarga singdirish. Sherlaridagi, tanqidiy qarashlarini oʻquvchilarga tushuntirish
3) rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda sherlani mustaqil tahlil qila olish qobiliyatini shakllantirish, jadid adabiyoti namunalari bilan tanishish orqali qadimgi Sharq madaniyati, ayniqsa maʼrifatparvar xarakterini o’quvchilarda shakllantira olish.
Dars metodi: Interfaol
Dars usullari: “Kichik ma’ruza”, “Aqliy hujum”, “Nima uchun?”
Dars jihozlari: Doska, kompyuter, marker, bo’r, televizor, HDMI qurilmasi, tarqatma materialllari.
Dars rejasi:
Uy ishini tekshirish va davomat - 5 daq.
O`tilgan darsni mustahkamlash - 10 daq.
Yangi mavzuni o`tish - 15 daq.
Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 daq.
Baholash - 3 daq.
Uy ishi berish – 2 daq.
|
Dars shiori:
Yuqoriror sakrash uchun bazida bir qadam orqaga tashlashga toʻgʻri keladi
Krishtianu Ronaldu
|
Darsdan kutiladi: Jimlik, savol-javobda faollik, o’zaro hurmat, o’quvchilar tafakkurida Furqat shaxsiyatini shakllantirish, sherlarni to’g’ri tahlil qilishda yordam berish.
Televizor orqali o’quvchilarni XIX-XX asr Buhoro amirligini tasvirlari bilan tanishtirish.
Abdurauf Fitrat koʻhna ilm-fan markazlaridan bo‘lmish Buxoro shahrida 1886-yilda tavallud topgan. Uning otasi Abdurahimboy zamonasining o‘ziga to‘q, o‘qimishli, dunyo ko‘rgan kishilaridan edi. Uning tirikchiligi sarroflik (pul Maydalovchi, pul almashtiruvchi) va savdogarlik bilan kechgan. Kasbi taqozosi bilan atrof yurtlarga, hatto Turkiya, Eron, Qashqarga Tez-tez borib-kelib turgan.Onasining ismi Bibijon (to ‘la nomi Nastarbibi, ayrim manbalarda Mustafbibi deb aytiladi) bo‘lgan. Fitrat 1937-yilda «xalq dushmani» sifatida qamoqqa tashlanganda onasi hayot edi.
Diqqat! Shu yerda o’quvchilarni eski bilimlariga tayanib, ularga savollar berish va fikrlashga undash.
Abdurahimboy kim va qanday odam?
Adibning onasining toʻla ismi nima?
|
Bo‘lg‘usi ijodkor avval shahardagi ko‘plab eski maktablardan birida, keyin mashhur Mir Arab madrasasida o‘qiydi. 18 yoshlarga yetganda, bir muddat otasining ishlariga yordam beradi, u bilan birga haj ibodatiga ham boradi. 1904—1907-yillar oralig‘ida ro‘y bergan shu safarlar davomida yosh Fitrat dunyoning Turkiya, Eron, Hindiston, Arabiston, Rusiya singari mamlakatlarini o‘zi uchun kashf qiladi. Albattaki, bu sayohatlar uning dunyoqarashi kengayishiga turtki bo‘ladi, o‘z yurtidagi ahvolga chetdan turib nazar tashlash imkoniyatini beradi.
1909-yilda Abdurauf o‘zining bir necha hamshaharlari bilan birgalikda Istanbul (Turkiya)ga o‘qishga ketadi. 1913-yil oxirigacha Istanbuldagi «dorulmuallimin» — muallimlar gimnaziyasida tahsil oladi.
oladi.
Juda yoshligidan badiiy ijodga qiziqib, uning turli janrlarida
mashqlar qilib kelayotgan Fitrat 1909-yilda dastlabki yirik asarini e’lon qiladi. Bu Istanbulda chop etilgan «Munozara» kitobi edi. Mazkur asaming to‘liq nomi «Hindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg‘an munozarasi» bo‘lib, u fors tilida yaratilgan
Asarlarini boshqa davlatda yaratgan oʻzbek adiblaridan yana kimlarni bilasiz? Ular bilan Fitrat orasida yana qanday oʻxshashliklar bor?
Shundan so‘ng 1911—1912-yillarda birin-ketin uning forsiy tilda yozilgan she’rlari to‘plami — «Sayha» («Na’ra»), nasriy asari —
«Hind sayyohi qissasi» («Bayonoti sayyolii liindi») bosilib chiqadi.
0 ‘sha yillari Turkiya yoshlari orasida avj olgan hurfikrlilik Fitratga ham kuchli ta’sir etgani, u uzoqda turib ona yurti Buxoroning ayanchli
Ahvoliga qanchalar acliingani mazkur asarlarda o‘z ifodasini topdi
Fitrat nazarida millatni uyg‘otish, uning ongini yuksaltirislining
muhim yo‘nalishlaridan biri — matbuot, adabiyot va san’at orqali
xalqqa ta’sir etish edi. Shu maqsadda ijodkor publitsistika va
adabiyotning turli janrlarida o‘nlab asarlami yozib, e’lon qildi.
«Rahbari najot» (1915), «Oila» (1916), «Begijon» (1916),
«Mavludi sharif» (1916), «Abo Muslim» kabi asarlari shular
jumlasidandir. Bunga qo‘shimcha Fitrat yangi maktablar uchun
darsliklar ham ijod qiladi. Uning «Muxtasar islom tarixi» (1915),
« 0 ‘qu» (1917) va boshqa kitoblari Behbudiy, Avloniy, Hamza
darsliklari singari bolalar ta’lim-tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi.
Fitrat 1917-yil fevral inqilobidan keyin siyosiy harakatlarga yanana-da faolroq aralasha boshlaydi. Buxoro jadidlarining «Yosh Buxoroliklar» firqasiga sarkotib bo‘lib saylanadi. Samarqandda chop etiladigan «Hurriyat» gazetasida o‘zining o‘tkir maqolalari bilan ketma-ket chiqishlar qiladi. Fitrat 1917—1918-yillar oralig‘ida bu gazetaga bosh muharrir ham bo‘ladi. 1917-yil oktabrida Rusiyada bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan davlat to‘ntarishini har kim har xil kayfiyatda qarshi oladi. Kimdir unga katta umid bog‘lagan bo‘lsa, ko‘pchilik bo‘lib oʻtgan hodisaning asl ma’nosini anglolmay, taraddudda qolgandi.
Fevral inqilobi voqealari haqida nimalarni bilasiz bu voqelik jadidlarga qay darajada taʼsir oʻtkazgan
MIRRIX YULDUZIGA
Go‘zal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqg‘ani!
Nega bizdan qochib muncha uzoqlarg‘a tushibsan,
Tuvg‘aningga nechun sira gapurmasdan turibsan?
So‘yla, yulduz, holing nadir? Nechuk topding dunyoni?
Bizning yerda bo‘lib turgan tubanliklar, xo‘rliklar,
So‘yla, yulduz, sening dag‘I quchog‘ingda bo‘lurmi?
Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yiizli ishbuzarlar, shaytonlar.
0 ‘rtoq qonin qonmay ichkan zuluklar,
Qardosh etin to‘ymay yegan qoplonlar?
Bormi senda o'ksuz yo‘qsulning qonin —
Gumnglashib, chog‘ir~ kabi ichkanlar?
Bormi senda butun dunyo tuzugin
0 ‘z qopchig'in to‘ldirg‘ali buzg‘anlar.
Bormi senda bir o'lkani yondirib,
0 ‘z qozonin qaynatg‘uchi xoqonlar.
Bormi senda qorin-qursoq yo'lida
Elin, ynrtin, borin-yo‘g‘in sotqonlar?
Fitratshunoslarning ta’kidlasliicha, «Mirrix yulduziga» she’ri 1920-yillarda yozilgan
1920-yilda yozilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |