Abdurauf fitrat (1886—1938)



Download 51,99 Kb.
bet3/4
Sana08.11.2022
Hajmi51,99 Kb.
#862626
1   2   3   4
Bog'liq
ABDURAUF FITRAT

Tarbiyai fikriya

Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va o’qish, o’rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi. Insonning komil aqli yaxshilik muhokamasidir. Muhokama nima? Muhokama ikki qismga bo’linadi: birinchisi Kaziyyatxoi ma’lum (ma’lum bo’lgan hukm, voqea va hodisalar), ikkinchisi Kaziyatxoi majhul (noma’lum voqea va hodisalar)dan xulosa chiqarilishidir.


Masalan, «Vatan xizmati vojibdir»(shartdir). Bu hukm noma’lum (majhul)dir. Bu hukmga yana boshqa ikki ma’lum hukm lozimdir, ya’ni «Vatan bizning valine’matimizdir» (sahovatmandimiz, ne’matlar bilan ta’minlovchimizdir). «Har bir valine’mat (oliy himmat inson)ning Vatan uchun xizmati vojibdir», bas «Vatan xizmati vojibdir» degan hukm yuqoridagi ikki ma’lum kazi(y)yatlar bilan ochiladi.
Demak, muhokama uch qismdan tashkil topib, avvalgi hukm noma’lum bo’lib, qolgan ikki qismi avvalgisini to’ldiradi va kazi(y)yati ma’lum deb, ataladi. Demak, inson muhokama orqali kamolotga yetadi. Muhokamani aniq va ravshan bo’lishi uchun uch narsa zarur bo’lib hisoblanadi.
1. Isobot. 2. Istiqomat. 3. Sur’at.
Isobot ma’lum kaziyyati hukmning to’g’riligiga, bexatoligiga aytiladi. Istiqomat ma’lum voqea-hodisalarning hukmning barqarorligi, sur’at esa to’xtovsiz, tezlik bilan tartib berilishi demakdir.
Avvalo, bolalarni Isobot sohibi bo’lishlarida, bir voqea va hodisa ustidan fikr yuritganlarida ularga to’g’ri, bexato ma’lumotlar beraylik, chunki xato fikrlar ularni xatolarga, xatarli yo’llarga olib borishi tabiiydir. Asossiz muhokama bolalar tarbiyasiga katta ziyon yetkazadi. Keyin bolalarni istiqomat sohibi qilib fikr yuritishlariga ahamiyat berishimiz kerak, ularni ma’lum kaziyyatlarni noma’lum kaziyyatlardan to’g’ri, aniq ajrata oladigan holatda tarbiyalash lozim, ya’ni har bir masala sohasidagi ma’lumotlarni g’alati tushunmasliklari uchun bolalarni muhokama qilishga odatlantirish kerak. Yomonning yomonligini, yaxshining yaxshiligini muhokama orqali tushuntiring, doimo shunga diqqat qilingki, bolalar hech narsani ko’r-ko’rona taqlid sifatida qabul qilmasinlar. Madaniyatli akvomlar (qavmlar, xalqlar) o’z maktablarida hisob, tarix, madaniyat, fizika, jo’g’rofiya, ashyoviy darsi va boshqa maxsus fanlarni yuqoridagi ikki maqsad — (Isobot va Istiqomat maqsadlari)ga jalb qilish uchun o’qitadilar.
Fitrat bu fikrlari bilan bolaga to’liq aqliy ta’lim berish uchun mana shu yuqoridagi ijtimoiy, ilmiy, dunyoviy fanlarni maktab dasturlariga kiritish kerak degan xulosaga keladi. Va jadidlar bilan ochgan yangi usul maktablarida iloji boricha shu fanlarni ham bolalarga o’rgatadilar.
Fitrat maktablarda bolalarga nisbatan qo’llaniladigan tan jazolarini butunlay qoralaydi, unga qarshi chiqadi. Bolani tayoq zarbi bilan yaxshi inson qilib tarbiyalab bo’lmasligini tushuntirib beradi.
Fitrat o’quvchi shaxsini hurmat qilish zarurligini, unga nisbatan insoniy munosabatda bo’lish, qilgan gunohlarini o’ziga to’g’ri, yaxshi so’z bilan tushuntirish kerakligini, shunda u ham o’qituvchini hurmat qilishini uqtiradi.
Fitrat yana bolaga beriladigan bilim uning yoshi va bilish darajasiga mos bo’lishi, bolaga qiyinlik qilmasligini, agar beriladigan bilim bolaga juda oson yojuda qiyinlik qilsa u bilim olishdan bezib qolishini uqtiradi.
Fitrat o’sha vaqtdagi Samarqanddagi ibtidoiy maktablar ishiga yaxshi baho beradi, ayniqsa SHakuriy maktabiga. «Samarqandliklar ikki-uch ibtidoiy maktabga ega, ularning eng yaxshisi SHakuriy maktabi. Garchi bu maktab unchalik taraqqiy etgan bo’lmasa-da, har holda mudir va muallimlarning olijanob himmatlari soyasida qisqa vaqt ichida rivoj topib, kamolotga yetishiga umid bog’lasa bo’ladi».
Fitrat inson kamolotiga erishish uchun doimo intilishi, harakat qilishi lozimligi, doimo oldiga maqsadlar qo’yishi va unga yetishish uchun kurashishi kerakligini, hech bir baxt yoki boylik ham inson intilmasa o’z-o’zidan kelmasligini uqtirib o’tadi va bu o’rinda Qur’oni Karimdan quyidagi parchani keltiradi: «Inson har nima topmasin, o’zining intilishidan topadi, intilmas ekansiz, hech narsaga erisha olmaysiz».
Fitrat bilim va iqtidor inson uchun eng zarur ekanligini, u mana shu bilimi va aqli bilan dunyodagi barcha mahluqlardan ham ustun turishini, shuning uchun inson doimo bilim olishga va o’z bilimini yanada oshirib borishga intilishi kerak.
Fitrat deydi: Parvardigorimiz insonlarga «Sizlarni olamning eng oliy mahluqi qilib yaratdim», — der ekan, shuni yaxshi bilish kerakki, biz ko’z va qoshlarimiz evaziga e’tiborli mahluqqa aylanganimizcha yo’q, balki e’tiborligimiz va ustunligimiz bilimimiz va iqtidorimizdan foydalanmasak, nainki, e’tiborli balki eng yomon va past mahluqlardan ham pastroq va yomonroq bo’lib qolishimiz aniqdir.
Fitrat pedagog olim sifatida maktablar, oliy o’quv yurtlari uchun bir qancha darslik va amaliy o’quv qo’llanmalarini ham yozadi. Bular 1917 yilgi ibtidoiy o’zbek maktablarining so’nggi sinflari uchun yozilgan «O’quv» nomli kitobi, 1918 yili SH.Rahimiy va Ramazon bilan hammualliflikda yozgan «Ona tili» darsligi, 1919 yilda yozgan «Imlo masalalari», 1925 yilda yozgan «O’zbek tilining sarfi», «Tojik tilining sarfi», 1927 yilda yozgan «O’zbek tilining naxvi», 1926 yilda yozgan «Adabiyot qoidalari», 1927 yilda yozgan «Eski turk adabiyoti namunalari» va boshqa ko’plab qo’llanmalar shular jumlasidandir.
Fitrat yirik olim sifatida adabiyot nazariyasiga, o’zbek adabiyoti va san’at tarixiga juda katta hissa qo’shdi. U yaratgan ilmiy ishlar: «Qutadg’u bilig», «Adabiyot qoidalari», «Ahmad Yassaviy hikmatlari», «Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to’g’risida tekshirishlar», «XVI asrdan so’nggi o’zbek adabiyotiga umumiy bir qarash», «Muhammad Solih», «Aruz haqida», «Abulqosim Firdavsiy», «Ertaklar va haqiqatlar», «O’zbek shoiri Turdi», «Tilimiz», «O’zbek tili saboqlari», «O’zbek musiqasi to’g’risida», «O’zbek mumtoz musiqasi va uning tarixi», «SHarqda shaxmat» va boshqalar. Alisher navoiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Muhammad Solih, Turdi, Mashrab kabi ijodkorlarning badiiy meroslariga oid ilmiy ishlari. Bu ishlarning nomidanoq ko’rinib turibdiki, adabiyotimiz, san’atimizning bugungi kunda biz tadqiq etishga kirishmoqchi bo’lib yurgan muammolarini Fitrat bundan 60—70 yil ilgari hal qilib bergan. U yana fors-tojik shoirlari Firdavsiy, Umar Hayyom, Bedil ijodi haqida ham tadqiqotlar olib boradi. Uning bu ilmiy ishlari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.



Download 51,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish