Fitrat asarlarini tahlil qilish natijasida uning XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida G’arb dunyosini Sharq xalqlariga nisbatan mustamlakachilik siyosatini atroflicha ilmiy va nazariy jihatdan chuqur tahlil va aniq xulosalar qilganligini ko’ramiz. - Fitrat asarlarini tahlil qilish natijasida uning XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida G’arb dunyosini Sharq xalqlariga nisbatan mustamlakachilik siyosatini atroflicha ilmiy va nazariy jihatdan chuqur tahlil va aniq xulosalar qilganligini ko’ramiz.
- Fitratning «Sharq siyosati» nomli risolasi birinchi jahon urushidan keyin davom etayotgan va urushda qatnashgan Ovrupa mamlakatlarining Sharqni o'zaro bo'lib olish siyosatiga qarshi milliy ruhda yozilganligi bilan alohida ahamiyatlidir. Uning shu nomdagi risolasi dastlab «Ishtirokiyun» gazetasida 1919 yil 23, 25, 26 oktyabr sonlarida so’ngra esa Toshkentda alohida risola xolida chop etilgan. 1991 yilda Buxorodagi «Navqiron Buxoro» ilmiy markazi tomonidan qayta nashr etilgan.
A. Fitrat o’zining «Sharq siyosati» nomli asarida «Anglizlar Hindistonni yutdilar, Misrni bosdilar. Adanga kelib Arabistonga qo'l uzatdilar. Rus imperialistlari Qafqasiyoni taladilar, Turkistonga kirib, Xitoy, Afg’onga, Eronga ko’z tikdilar. Fransuzlar Tunis va Jazoirni g'asb etib Falastinga yukundilar» --degan haqiqatni keltirib o'tadi. Ushbu fikrlari bilan u Sharq mamlakatlari imperialist davlatlar tomonidan birin ketin bosib olinayotganligi, bu jarayon shu zaylda davom etaversa Sharq davlatlari asta sekinlik bilan G’arbga butunlay tobe bo'lib qolishi mumkinligini iztirob va alam bilan e’tirof etadi. - A. Fitrat o’zining «Sharq siyosati» nomli asarida «Anglizlar Hindistonni yutdilar, Misrni bosdilar. Adanga kelib Arabistonga qo'l uzatdilar. Rus imperialistlari Qafqasiyoni taladilar, Turkistonga kirib, Xitoy, Afg’onga, Eronga ko’z tikdilar. Fransuzlar Tunis va Jazoirni g'asb etib Falastinga yukundilar» --degan haqiqatni keltirib o'tadi. Ushbu fikrlari bilan u Sharq mamlakatlari imperialist davlatlar tomonidan birin ketin bosib olinayotganligi, bu jarayon shu zaylda davom etaversa Sharq davlatlari asta sekinlik bilan G’arbga butunlay tobe bo'lib qolishi mumkinligini iztirob va alam bilan e’tirof etadi.
- Ushbu asarida yana shunday so’zlarni ham o'qishimiz mumkin: «Bundan olti yil burun Tunis va Jazoyirg’a sayoxat uchun borg'ani misrli bir yozg'uchi sayoxatnomasinda shul so’zlarni yozadir. «Faransiya buzuqlig'i Jazoirning kentlarinda unga ta’sir qilmag'an bo'lsa ham shahar kishilariga xo'b yomon ta’sir etgan. Milliy axloqlarindan asar yo'q, milliy tillari yo’qola yozg'an, jazoir xalqining bir bo’lagi o'z tillarini sira bilmaylar. Faransuzcha gapirurlar, bir bo’lagi bilsa ham tugal bilmaylar. Gapursalar so’zlarining yarmi arabcha yarmi franso'zcha bo'lib chiqadir.» Fitrat ushbu so'zlari bilan jazoir xalqining boshiga tushgan kulfat yaqin kelajakda Turkiston xalqlari boshiga ham tushishi aniq ekanligini, tezroq bu holning oldi olinmasa yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushunib yetadi. Va buni xalqqa tushuntirishga harakat qiladi. Uning bu fikrlari qanchalik to'g'ri ekanligini mustamlaka zulmi ostida o'tgan tariximiz isbotlab turibdi.
Abdurauf Fitrat
Do'stlaringiz bilan baham: |