Abdurashidova muhlisaning


Musiqiy madaniyati rivojida hissa qo’shgan faylasuf olimlar va milliy cholg‘ular o`rni



Download 292,8 Kb.
bet3/4
Sana21.07.2022
Hajmi292,8 Kb.
#833324
1   2   3   4
Bog'liq
Abdurashidova Muxlisa

3. Musiqiy madaniyati rivojida hissa qo’shgan faylasuf olimlar va milliy cholg‘ular o`rni. Milliy cholg‘ularimizning toifalari ko`pchiligi, turfa yakka va jo`rnavozlik ijro an’analarining o`ziga xosligi bo`yicha milliy musiqa san’atimizga dunyo uzra teng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jahonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy, buyuk allomalarimizdan Abu Ali ibn Sino, Abdulqodir Marog‘iy, Abduraxmon Jomiy, Alishe’r Navoiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Kavkabiy Buxoriy, Darvish Ali Changiy va boshqalar sharqona jahonshumul ahamiyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida keng tanilgandirlar.
Safiuddin Abulmo‘min ibn Yusuf ibn Foxiri Urmaviy 1230-yil Urmiya shahrida dunyoga kelgan. U oddiy hunarmand oilasida kamol topadi. Boshlang‘ich ta’limni va turli hunarlarni o‘z shahrida olgan. Uning qiziqishi nafis san’atga, hattotlik, musiqa, tarix, adabiyotga bo‘lganligi uni Bog‘dod shahriga olib keladi. Bog‘dodda u o‘z bilimini mustahkamlash maqsadida Mustansariya madrasasiga kiradi. Madrasada adabiyot, tarix, musiqa fanlarini chuqur o‘rganib, madrasani bitirgach, u Bog‘dod xalifaning xizmatiga ishga kiradi. Tez orada “Bog‘dod xalifaning hattoti” unvoni bilan shuhrat qozonadi. Xalifa saroyida Urmaviydan tashqari shoir va musiqachilar ijod qilib o‘z asarlari bilan Bog‘dod xalifasining kutubxonasini boyitib kelgan. Kutubxonada Urmaviy qadim yunon donishmandlari va ya’hudi Kindiy, Forobiy, Ibn Sino asarlarini mutolaa qilib, ularning falsafiy estetik qarashlari bilan yaqindan tanishib keladi.
Olimlarning ilmiy-nazariy asarlariga yuqori baho berib, ayniqsa, Forobiyning tovush, ritm, intervallarga bergan ma’lumotlari, sinoning musiqiy-estetik qarashlaridan bahramand bo‘lib, shu asosda o‘zining asarlarini yaratadi. Urmaviy nazariy bilimlar bilan birgalikda barbat (ud) musiqa asbobini mukammal darajada o‘rganadi. Shu asbob orqali musiqa ilmining nazariy va amaliy tomonlarini o‘zining musiqa risolasida aks ettiradi.
1252-yil “Kitob ul-advor” asari yaratiladi, muallif bu asarni Bog‘dod xalifasi mo‘tasimga taqdim etadi. Urmiviyning osuda yashashi Bog‘dodning siyosiy o‘zgarishlar bilan tugaydi. Bog‘dod xalifasi mo‘tasim mo‘g‘ul xalifa Halokuxon tomonidan bartaraf qilinadi. Mo‘g‘ullar tomonidan Bog‘dod xalifaligi zulmga uchrab, barcha kutubxona, uylar, bozor-u savdo joylari vayron bo‘ladi.
Mo‘g‘ul bosqinchilardan keyin Bag‘dod xalifaligi Alouddin Juvayniy qo‘liga o‘tadi. Bog‘dod shahri yanada gullab, rivojlanib, asl holatiga qaytadi. Urmaviyning musiqiy va hattotlik hunarlari uni qutqarib, yana xalifa saroyiga olib keladi. Juvayniy o‘z farzandlari Bahoviddin, Sharafiddin va Xorunlarni Urmaviy tarbiyasiga beradi. Urmaviy Sharafiddinning qobiliyatiga, ilm-u fanga bo‘lgan muhabbatiga, jonkuyarligiga yuqori baho bergan. Musiqaga doir yaratgan ikkinchi asari “Risolat ush-Sharafiya”ni o‘z shogirdi Sharafiddinga bag‘ishlaydi.
“Kitob-ul-advor”asarining qisqacha tahlilu Ushbu risola musiqa sohasida ensiklopedik asar hisoblanadi. Asar 15 qismdan iborat
1. Tovushlar tizimi, tovushlarning past va balandligi.
2. Tovush qatori, pardalar.
3. Intervallar ta’rifi.
4. Intervallarning ohangdosh (konsonans) va noohangdoshligi (dissonans).
5. Ohangdoshligining paydo bo‘lishi.
6. Torlar. musiqa asboblarning torlari to‘g‘risida (Urmaviy barbat (ud)) musiqa asbobini misol keltiradi. Boshqa olimlarining fikrlari.
7. Torlarning klassifikatsiyasi (ibn sino va Forobiy
tajribalridan keltirilgan holda).
8. Musiqa asbobida interval va musiqa davralarining yangrashi.
9. Maqomlar tahlili.
10. Tovushlarning musiqiy davridagi ahamiyati.
11. Tovushqator, tetraxord.
12. Ohangdoshligi, jo‘rsozlik, torlarning ohangdoshligi, (nazariy va amaUy tadqiqotlar).
13. Zarblar to‘g‘risida.
14. Musiqiy estetik qarashlar, tarbiyaviy-ahloqiy g‘oyalar.
15. Ustodona musiqaning ba’zi tomonlari (qavl, amal, peshrav misolida).
Urmaviy butun umr davomida Bog‘dod shahrida ijod qilgan. Uning asarlari Forobiy, Ibn Sino, Ibn Zayla kabi olim mutafakkirlar ijodining davomi hisoblanadi. Urmaviy birinchi bo‘lib “ud” musiqa asbobida ladlarning joylashishini aniqlab berdi hamda 12 maqomni bir tizimga kiritib, tovushlar joylashishi uchun notalar tizimini yaratdi. Harflar va sonlar orqali musiqa tovushlarini belgilash usulini ko‘rsatdi. Uning ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlari, estetik qarashlari sharq musiqasining rivojlanishida, yosh avlodni tarbiyalashda katta imkon yaratib berdi.
Abdurahmon Jomiy
Abdurahmon Jomiyning nomi o‘zbek va sharq musiqa madaniyatida musiqa haqidagi risolasi bilan mashhur bo‘lgan. Abdurahmon Jomiy (1441-1492) o‘z asarida Forobiy, Ibn Sino, Marog‘niylarning musiqa nazariyasiga oid asosiy qonunlarini davom ettirgan.
XV asrning ikkinchi yarmida Hirot, Samarqand shaharlari madaniyat va san’at markaziga aylandi. Movarounnahr, Xurosondan barcha ijod ahli kelgan va shu bilan birgalikda ijrochilik san’ati, xonandalik, naqqoshlik, raqqoslik sohalari rivojlangan. Ayniqsa, shoirlar bazmlar uyushtirib, she’riyatning turli jabhalarida baxs munozaralar o‘tkazardilar.
Ushbu asar 1475-yil A.Navoiy taklifiga binoan yaratildi. Risola 23 qism, muqaddima va yakunlovchi qismidan iboratdir.
Jomiy muqaddima va 1-2-3-boblarda musiqaning paydo bo‘lishi tarixi, tovush va tovushqatorlarning tuzilishi, musiqa lug‘atlarini qamrab oladi. Ushbu risolaning qismlarini tahlil qilib Abdurahmon Jomiy yozgan fikrlarni keltirish joizdir: “Musiqa ilmi ikki qismdan iborat: birinchi qism nag‘malar tovushlar (ta’lif) va ikkinchi qism ritmlar tizimi (iqo‘) 4 va 5-bobda intervallar (fosila)-tovushqator (jam’), tovushlarning o‘zaro munosabati, ohangdosh va noohangdosh intervallar, interval va tovushlarning musiqa asboblarida yangrashi” amaliy ko‘rsatmalar berilgan.
6-10-boblarda musiqaning nazariy masalalari ko‘rilgan: masalan, intervallar va ularning ohangdoshligi. intervallarga quyidagi nomlar berilgan.
«zil-1-kul» - (oktava)
«zil-1-xams» - (kvinta)
«zil-1-arba» - (kvarta)
11-12-qismida musiqada interval nistraxord, pentaxord, parda va tovush qatorlarining tuzilishi tog’risida ma’lumot berilgan.
13-14-qismida musiqa asbobi (ud) da ijro etish, uning ilmiy va amaliy mohiyati bu qismlarda Jomiy Al Forobiyning fikrlarini davom ettirib, ud musiqa asbobining to‘rttovlariga nom bergan: «bam, maslas, masio va zer».
15-qismida 12 maqom, 24 sho‘balar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bergan.
16-18-qismlarda 12 maqomning tuzilishi, parda, tovushqatorlari, ijro xususiyatlariga nazariy va amaliy yondoshgan.
19-22-qismlar (zarb) masalasiga bag‘ishlangan, ma’lumki zarb musiqa sohasida Ibn Sino, Forobiy, Muhammad Omuniy, Kushtiddin Sheroziy, Abulqodir To‘lida asarlarida fikr yuritgan. Jomiy olimlarni ko‘rsatilgan ko‘rsatmalariga amal qilib, zarblarni turli ko‘rinishlarini bergan. musiqada zarblarni aruz vazm bilan bog’lanib, uning ahamiyatini ko‘rsatib bergan.
23-qismida 12 maqom va uning qismlari, har xil maqomning insonga ta’siri. masalan, Ushshoq, Navo, Bo‘saliq insonga kuch va shijoat bag‘ishlaydi. Rost, iroq, isfaqon, Raxoviy, Zangula insonni qayg‘ulik holatiga keltiradi. Jomiyning musiqa haqida risolasi qomusiy asar hisoblanib, O‘rta Osiyo va sharq xalqlari musiqa madaniyatida alohida o‘ringa ega.
Jomiyning ijodiga murojaat etilgan holda, aytish joizdirki, uning musiqa sohasida ohb borilgan tadqiqotlar, berilgan nazariy va amaliy bilimlar yillar davomida yirik asarlarning shakllantirishda asos bo‘lib kelgan.

Download 292,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish