Ariqlarda suvlar qaymoq bog‘lagan.
A. so‘zlashuv uslubi B. badiiy uslub C. rasmiy uslub D. publitsistik uslub
11. Qaysi qatorda undalmali gap qatnashgan?
A. Arpangni xom o‘rdimmi, uka?
B. Bog‘imizda olma, o‘rik, ahjir va uzum bor.
C. Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, bo‘g‘otlarda chumchuqlar chirqillashadi.
D. Bechora ko‘zi ochiq ketdi.
12. Sochilgan sochingday sochilsa siring,
Anor yuzlaringni kimga tutasan. (Cho‘lpon)
Berilgan she’riy parchada qo‘llangan badiiy tasvir vositasini toping.
A. mubolag‘a B. jonlantirish C. sifatlash D. o‘xshatish
13. Qaysi uslubda jonlantirish, mubolag‘a, sifatlash, o‘xshatish kabi badiiy-tasviriy vositalar ishlatiladi?
A. so‘zlashuv uslubi B. badiiy uslub C. rasmiy uslub D. publitsistik uslub
14. Vulgarizm nima?
A. odobsiz so‘z B. xorijiy so‘z
C. ma’nodosh so‘z D. rasmiy so’z
15. Ey farzand, bilki, ota-ona mo‘tabardir. (Kaykovus)
Ushbu gapdagi undalmani toping.
A. Farzand B. Ey C. Ey farzand D. bilki
16. Qaysi qatorda inversiya hodisasi yuz bergan?
A. Daryo uzoqdan jimirlab ko‘rinardi.
B. Shovulladi tun bo‘yi shamol.
C. Ona o‘g‘lini intizor kutdi.
D. Chaqimchining tilidan ilon zahar oladi.
17. Navoiy aytganidek: “…ingni buyuk qilsang, o‘zingga buyuklik keltirasan”. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A. mehnat B. ishq C. so’z D. Sabr
18. Yozuv o’zining taraqqiyot bosqichida qanday shakllarda namoyon bo’lgan?
1. piktografik 2. stenografik 3.kriptografik 4. fonografik 5. ideografik 6. orfografik 7. orfoepik 8.logografik
A. 1,4,5,8 B. 1,3,5,8 C. 2,3,6,7 D. 1,2,4,8
19. Tilning lug`at tarkibi nechta manba asosida boyiydi?
A. 2 B. 3 C. 4 D.5
20. Kalkalab o`zlashtirish orqali o’zlashgan so’zlar qatorini toping.
A. sinch, devor, yana, rubob
B. daraxt, mutolaa, muomala, traktor, sport
C. Traktorist – traktorchi, tabelshik – tabelchi
D. sen, u, biz, siz, ular, asta, sekin
21. Ko`pchilik turkum xalqlar tilida qo`llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo`lgan so`zlar qanday so`zlar deyiladi?
A. O`zlashgan qatlam B. O`zbekcha so`zlar
C. umumturkiy so`zlar D. O`z qatlam
22. Xitoy tilidan o’zlashgan so’zlar qatorini toping.
A. iqlim, marvarid, marmar, ark
B. choy, lag’mon, shiypon
C. Kitob, maktab, xalq, maorif
D. samolyot, stol, stul, tok
23. Shevada qo’llanadigan “bodrak” so’zining ma’nosi nima?
A. yong`oq B. narvon C. varrak D. mushuk
24. Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan dabdabali so`z va iboralar nima deyiladi?
A. jargon B. atama C. neologizm D. dialektizm
25. Termin so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
A. qadimgi B. chek,chegara C. maxsus so’z D. yangi
26. Terminlar necha xil usul bilan yasaladi?
A. 2 B. 3 C. 4 D. 5
27. Oliy Majlis yig‘inlarida, turli anjumanlarda qo‘llaniladigan nutq uslubi qaysi uslub sanaladi?
A. so‘zlashuv uslubi C. badiiy uslub
B. rasmiy uslub D. publitsistik uslub
28. O‘zbek tilida nutq uslublarining nechta ko‘rinishi bor?
A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta
29. Voqea-hodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor yoritib beruvchi publitsistik uslub janrini toping.
Taqriz B. annotatsiya C. reportaj D. intervyu
30. Publitsistik uslubning qaysi janrida fakt, voqea va hodisalar haqida bevosita, o‘sha voqea, hodisa bo‘lib o‘tayotgan paytda, shu voqea va hodisalar yuz berayotgan joydan to‘g‘ridan - to‘g‘ri xabar beriladi?
A. Intervyu B. annotatsiya C. reportaj D. taqriz
2-VARIANT
1. Yotoqxonada yashovchi talabalar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan taqdirda yotoqxonadan chiqariladi.
Ushbu gap qaysi uslub namunasi?
so‘zlashuv uslubi
badiiy uslub
rasmiy uslub
publitsistik uslub
2. Uydan ketganimga o‘n yil bo‘libdi,
Do'stlaringiz bilan baham: |