O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS
TA‟LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA
FAKULTETI
O„ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI
4 – kurs talabasi
MAHMUDOVA FARANGIZ
ABDURAHMON AKBARNING LIRIK QAHRAMON YARATISH
MAHORATI
mavzusidagi
BITIRUV
MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: f.f.n. A.Hamdamov
“Himoyaga tavsiya etilsin”
Filologiya fakulteti
dekani: ____________ dots.I.I.Xudoynazarov
“_____” ______________ 2014 yil
QARSHI – 2014
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi
. Mustaqillikka erishgan
xalqimizning iqtisodiy-
ijtimoiy va madaniy hayotida yangi davr boshlandi, ma‟naviyat masalalariga
e‟tibor har qachongidan ham kuchaydi. Zero, O„zbekiston Respublikasi prezidenti
I.Karimov ta‟kidlaganidek, ma‟naviyat “doimiy harakatdagi uzluksiz jarayon
bo„lib, taraqqiyot davom etar ekan, uning shiddatli yurishi tufayli ma‟naviy hayot
oldiga qo„yiladigan talablar ham muttasil paydo bo„laveradi”
1
.
Ana shu talablar
adabiy-badiiy jabhada ham yangicha badiiy tafakkur va tamoyillarni zarur qilib
qo„ydi. Ular hozirgi she‟riyatimizda yorqin ko„rinib, tobora kengayib bormoqda.
Bugungi she‟riyatda asosiy diqqat inson shaxsining botiniy olamiga, qalbidagi
turfa evrilishlarga va ma‟naviy kamolot yo„lidagi holatiga qaratilmoqda. Tabiiyki,
bunda
insonning voqelikka munosabati, davr farzandi sifatidagi qiyofasi, his-
tuyg„ularining tadqiqi poetik tafakkurning markaziga qo„yilmoqda. Milliy g„oya va
mustaqillik mafkurasi she‟riyatimizning asosiy mohiyatini belgilovchi omil bo„lib
qoldi. Bu esa o„z navbatida, voqelik va inson talqinida yangicha g„oyaviy-badiiy
izlanishlar va individual yondashuvlarni taqozo etmoqda. O„tgan asrning 90-
yillaridan kuchaya boshlagan bu jarayonda milliy she‟riyatimizdagi jiddiy siljish
va sifat o„zgarishlari uchun haqqoniylik darajasi yangi bosqichga ko„tarildi,
bugungi inson murakkab xilqat sifatida o„zining dardlari bilan ancha chuqur kashf
etila boshlandi.
Shu boisdan, jamiyatning kelajagi bo„lgan yosh avlodni tarbiyalash
jamiyatning eng muhim masalalaridan hisoblanadi.
Bu borada bolalar adabiyoti
o„ziga xos ahamiyat kasb etadi. Chunki, bolalarning yosh xususiyatlariga mos
keladigan, tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalar xususida yosh kitobxon
tushunchasi darajasida ma‟lumot beradigan sho„x va o„ynoqi, tarbiyaviy ahamiyat
kasb etadigan asarlarni yaratish ijodkorlar oldidagi vazifalardan biridir. Shu sababli
ham shoir-u nosirlarimiz hazilkash, sho„x, o„yinqaroq,
topqir bolakaylar haqida
1
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б.171.
4
hazil-huzulga boy yumoristik she‟r-u hikoyalar, doston-u qissalar bitadilar; nabotot
va hayvonot dunyosini bolalarning hayratomuz nigohi bilan qayta-qayta kashf
qiladilar; parranda, darrandalarni misol qilib, ibratomuz ertag-u masallar yozadilar;
Vatan – kindik qoni to„kilgan muqaddas Ona tuproqqa sadoqat,
ustozlar va ota-
onalar hurmatini sharaflash ruhidagi she‟r-u dostonlar yaratadilar; bolalarni ilm-
ma‟rifat nuridan bahramand bo„lishga chorlovchi – maktab, kitob va boshqa turli
o„quv qurollarini madh etuvchi asarlar bitadilar va hokazo. Albatta, bu
mavzularning har biri ham umrboqiyligi va bolalar adabiyotida doimo sezilarni
mavqe kasb etishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Ana shu haqiqatlarni har bir
avlod qanday qayta kashf qilyapti va bu kashfiyotlarning
badiiyat darajasi
qaytarzda ekanligini namayon etish bugungi bolalar adabiyotining dolzarb
masalalaridan biridir.