ABDURAHMON AKBAR Oʻzbek bolalar adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan Abdurahmon Akbar 1962 yil 22 aprelda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi Niyozboshi qishlogʻida ziyoli oilada tugʻildi. Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida (1979–1987) tahsil oldi. Armiya xizmatini quruvchi askarlarning “Stroitel” (“Binokor”) gazetasida (1981–1983) adabiy xodim sifatida oʻtadi. Xizmatdan qaytgach, Yangiyoʻl tumanidagi 25-maktabda ona tili va adabiyoti fanidan (1985–1986) dars berdi. 1986 yildan umrining oxirigacha “Choʻlpon” nomidagi bolalar nashriyoti matbaa ijodiy uyida xizmat qildi. - Oʻzbek bolalar adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan Abdurahmon Akbar 1962 yil 22 aprelda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi Niyozboshi qishlogʻida ziyoli oilada tugʻildi. Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida (1979–1987) tahsil oldi. Armiya xizmatini quruvchi askarlarning “Stroitel” (“Binokor”) gazetasida (1981–1983) adabiy xodim sifatida oʻtadi. Xizmatdan qaytgach, Yangiyoʻl tumanidagi 25-maktabda ona tili va adabiyoti fanidan (1985–1986) dars berdi. 1986 yildan umrining oxirigacha “Choʻlpon” nomidagi bolalar nashriyoti matbaa ijodiy uyida xizmat qildi.
Abdurahmon Akbarning ilk kitobi 1987 yilda, “Kichkintoy va paxtaoy” nomi bilan bosilib chiqdi (M. Qodirov bilan birgalikda). Shundan soʻng “Soʻzlovchi yomgʻir” (1990), “Ehtiyotkor toshbaqa” (1991), “Yozning tugʻilgan kuni” (1992), “Oʻyinqaroq bulutcha” (1996), “Oʻrdakcham” (2005), “Jonli savatcha” (2005), “Uyquchining tushlari” (2006), “Gonzik olib kelgan dori” (2006), “Eng katta mehr” (2006), “Niyozbosh istiqbol sari” (2007), “Bolalar bogʻchasi uchun sevimli ertaklar” (2009), “Mening doʻstim kompyuter” (2010) nomli 15 dan ortiq sheʼriy, adabiy-badiiy va tarjima kitoblari chop etildi. 1991 yili “Ehtiyotkor toshbaqa” nomli kitobi Usmon Nosir nomidagi mukofotga sazovor boʻldi. - Abdurahmon Akbarning ilk kitobi 1987 yilda, “Kichkintoy va paxtaoy” nomi bilan bosilib chiqdi (M. Qodirov bilan birgalikda). Shundan soʻng “Soʻzlovchi yomgʻir” (1990), “Ehtiyotkor toshbaqa” (1991), “Yozning tugʻilgan kuni” (1992), “Oʻyinqaroq bulutcha” (1996), “Oʻrdakcham” (2005), “Jonli savatcha” (2005), “Uyquchining tushlari” (2006), “Gonzik olib kelgan dori” (2006), “Eng katta mehr” (2006), “Niyozbosh istiqbol sari” (2007), “Bolalar bogʻchasi uchun sevimli ertaklar” (2009), “Mening doʻstim kompyuter” (2010) nomli 15 dan ortiq sheʼriy, adabiy-badiiy va tarjima kitoblari chop etildi. 1991 yili “Ehtiyotkor toshbaqa” nomli kitobi Usmon Nosir nomidagi mukofotga sazovor boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |