III bob bo'yicha xulosalar.
Hakim at-Termiziyning ilmiy merosi nechog’lik inson ma’naviyatini shakllantirishda muhim manba ekanligini anglamoq uchun Abdurahmon as-Sulamiyning “Tabaqot us-sufiya” tazkirasida Hakim at-Termiziyning purma’no hikmatni keltirib o’tadi. Ushbu hikmatga ko’ra, “ Bolalarning tuzatuvchi, tarbiyasi- maktablarda, qaroqchilarning tuzatuvchi, tarbiyasi- qamoqxonalarda, ayollarniki- uylarda, yoshlarniki- ilmda, keksalarniki esa masjidlardadir”140,- degan so’zlari keng mushohadaga yo’l ochadi.
Bahovuddin Naqshband o'z tariqatida amalda bo’lgan qattiq talablarni yumshatdi, solik yo'lini kundalik turmushga mosladi. Uning fikricha, bandaning Allohga intilishi ko’ngil bilan amalga oshishi kerak. Inson bu yo'lda tarkidunyochilik qilmay, balki bu dunyo ishlaridan hormay-tolmay Allohga yetishish mumkinligi haqidagi g’oyasi ushbu tariqatni keng yoyilishini ta’minladi.
Abdulqodir Giloniyning fikricha inson axloqiy yetuklikka faqatgina qabi orqali erishish mumkinligini tasavvufiy asosda isbotlashga harakat qildi.
Abdulxoliq G’ijduvoniy ta’limotining asosini qismat-taqdiri azal-asl sarnavishtga ishonish, har bir mo’minning, jumladan, solikning ilm o’rganish(zohiriy va botiniy bilimlarni), biron bir kasb-hunarni egallab, halol rizq topib yashashga da’vat tashkil etadi.141
Muhammad Porsoning tasavvufiy asarlarida inson borlig’i barqarorligi(tamkin) shaxs ma’naviy (ruh, nafs, qalb tarbiyasi), xulq-atvor go’zalligiga(husn-u xulq g’oyasi) bog’liqligi va inson mohiyati haqidadagi qarashlari falsafiy ta’milotning antropologik xusussiyatlari bilan o’zaro ta’sirda ekanligi isbotlab berilgan.
Jomiy “korxonayi ilohiy” tushunchasi bilan borliq olamini tushunib inson bu olamda yashar ekan “forig‘ o‘lturmoq” – g‘aflatda bo‘lmoq “yaxshi ermasdur” deb, “Dil ba yorlik”ni “Dast ba korlik” bilan birga uyg‘un, mutanosib, mustahkam aloqada bo‘lishi lozimligi va bu yo‘ldagi insonlar birovni og‘irini yengil qilish g‘amida yurishi kerakligini ta’kidlagan.
Alisher Navoiy asarlarida foydalanilgan turli rivoyatlar, naqllar-zohiriy bir libos edi. Aslida insonning ruhiy-ma’naviy kamolotga
yetish jarayonini kuylash-shoiming asosiy maqsadi edi. Navoiy
tarannum etgan ishq-muhabbat tasavvufiy mazmunga ega bo'lib,
insonning ongi va faoliyatida bo‘ladigan sifatiy o‘zgarishlami
Olloh nuri chig‘irig‘ida ko'rish, ushbu jarayonni qalb ko‘zi
bilan mushohada qilishning ifodasidir. Farhod, Shirin, Layli,
Majnunlar murakkab yo‘lni bosib o‘tib, haqiqatga yetib kelgan
orif kishilar timsolidir.142
Bedil ijodida ijtimoiy nohaqliklarga kurash, inson qiyin vaziyatlarda o’zini qanday tutmoqlik kerakligi, kishilarni sabotli bo’lish, yomonlikka ichki iroda bilan qarshi turish, ayniqsa, bu hayotda ijtimoiy illatlarni bartaraf etish o’zining asosiy maqsadi ekanligi aytib o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |