Abdullayeva shahloning rivojlanish psixologiyasi fanidan



Download 163,22 Kb.
bet4/22
Sana31.12.2021
Hajmi163,22 Kb.
#233178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O'smirlik Emotsional(1)

Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillikning ilk yillaridan davlatimiz rahbariyati o‘smir yoshlarning har tomonlama etuk, sog‘lom va kamol toptirishga e‘tiborini qaratdi.Shu o‘rinda xuquq-targ‘ibot organlari o‘smir yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish emas, balki jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik chora-tadbirlar ko‘rishga e‘tibor qaratdilar. Bunday dolzarb muammoni hal qilishda respublikamiz psixologlari ham bir qator amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Biz ham o‘z tadqiqotimizda voyaga etmagan o‘smirlarning xulq-atvorini shakllantirishning psixologik jihatlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunda biz o‘smirlar tarbiyasidagi salbiy og‘ishga olib keluvchi omillar va ushbu omillarga nisbatan ularning ijobiy hamda salbiy javoblarini o‘rganamiz. Chunki inson umri o‘rganilgan sari, undagi ko‘pgina yangidan-yangi ma‘lumotlar aniqlanaveradi.Shu sabab o‘smirlardagi o‘zgaruvchanlik xususiyati psixolglar oldidagi asosiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatimiz rahbarining tashabbusi va bevosita rahnamoligida voyaga yetmaganlar va yoshlar tarbiyasi, ularning ma‘naviyatini yuksaltirish borasidagi islohotlarni tizimli, bosqichma-bosqich amalga oshirish strategiyasi belgilab olindi. Mazkur islohotlarning asosiy maqsadi voyaga yetmaganlar va yoshlarni kamol toptirish, iqtidorini to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarish uchun ijtimoiy, iqtisodiy, xuquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat. Bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar aholining taxminan 40 foizini tashkil etadi.Shuni alohida ta‘kidlash joizki, bu yoshda insonning ongi, axloqi, ma‘naviy qiyofasi shakllanadi. Shu bois mamlakatimizda bunday yoshlarga e‘tibor kuchaytirilgan.

Voyaga yetmagan o‘smirlarning psixologik jihatlarini qarab chiqadigan bo‘lsak, ularning hayotida ko‘plab noxushliklar bo‘lishiga amin bo‘lamiz. Bunday noxushliklar sababi nimada aslida?Ularning hayotidagi muammolargan sabab nima?Nima uchun bunday muammolarning oldini olinsada o‘smir hayotida ba‘zi hollarda iz qoldiradi? Bunday savollarni ko‘plab berish mumkin. Eng yomoni o‘smirning tarbiyasidagi og‘ishlar natijasida jinoiy ishlarga aralashib qolishi, hatto jinoiy ishga qo‘l urishidir.

Bunday muammolarni yechish chinakamiga katta mehnatni talab qiladi.Bu boradagi tarbiyaviy ishlarda keng qamrovli hamkorlik ishlarini amalga oshirish lozim bo‘ladi. Inson taraqqiy etgani bu muammo psixologik muammo ekanligini ilmiy tadqiq etish ishlari ortib bormoqda. Bunday tadqiqotlar respublikamizda voyaga yetmaganlar bilan ishlashning ko‘pgina jihatlarini tadqiq etish bo`yicha o`ziga xos jixatlarning yuzaga kelishiga asos bo`lib xizmat qiladi. Shularga asosan xozirgi kunda voyaga yetmagan o‘smirlar xulq-atvorini shakllantirishning psixologik jihatlarini o`rganishga oid ko`palb ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu muammoni o`rganishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay voyaga yetmagan o‘smirlar xulq-atvorida salbiy o‘zgarishlarga qaratilgan muammolar ko`plab uchramoqda.

O‘smirlik davrini o‘rganuvchi ko‘pchilik olimlar agressiya, emotsional qo‘zg‘alishni, jahl chiqqan holatlarda balog‘atga yetmagan bolalarda psixologik muammolar qanday namoyon bo‘lishiga ko‘proq e‘tibor qaratadilar.Chunki, bu yoshda ularda hayot tajribalari yetarli bo‘lmaydi, lekin boshqalar tomonidan tan olinishga va mustaqil bo‘lishga intiladilar. O‘smirlik davri insonni bolalikdan -yoshlikka o‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa davrrlardan o‘zining nisbatan keskinroq , murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi inson ontogenetic rivojlanishining eng xarakterli davrlaridan biridir. Bu davr psixologik pedagogik adabiyotlarda ―o‘tish davri, ―og‘ir davr, ―inqiroz davri, kabi iboralar bilan ataladi. Bu davr taxminanbolalarning 5-8 sinflarda o‘qish paytlariga to‘g‘ri keladi

Kurs ishida psixologik-pedagogik tuzatish dasturining vazifalari va tamoyillari keltirilgan. Dastur o'quv jarayonining barcha sub'ektlari bilan ishlashni tashkil etishning murakkab xususiyatiga ega: o'rta maktab o'quvchilari, ularning ota-onalari va o'qituvchilari. Ota-onalar va o'qituvchilar bilan ishlash ta'lim va profilaktika funktsiyalarini bajaradi, o'rta maktab o'quvchilari bilan - psixorektsiya. Dasturning psixorektsion qismida o'rta maktab o'quvchilarining yoshi, individual-tipologik va shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi. Psixologik-pedagogik ishlarning ishlab chiqilgan dasturga muvofiqligi, ota-onalariga psixologik jihatdan qaram bo'lgan o'rta maktab o'quvchilaridagi tengdoshlari bilan munosabatlar dinamikasini o'rganish natijalari bilan tasdiqlanadi. Aloqa sohasidagi yoshga bog'liq vazifalarni tahlil qilish asosida tengdoshlar bilan munosabatlar dinamikasini tadqiq qilishning asosiy yo'nalishlari ta'kidlangan.

Zamonaviy maktab, oila bilan bir qatorda, maktab bitiruvchisini o'z hayot yo'lining sub'ekti, jamiyatning mustaqil a'zosi, samarali munosabatlarni o'rnatishga tayyor shaxs sifatida shakllantirishga e'tibor qaratib, yosh avlodni kattalar hayotiga tayyorlashga chaqiriladi. boshqalar bilan. Shu bilan birga, psixologiya fanida zamonaviy o'rta maktab o'quvchilarida avtonomiyani shakllantirishdagi qiyinchiliklar, shuningdek o'spirinning ota-onasiga psixologik bog'liqligi kabi nisbatan yangi hodisaning tarqalishi qayd etilgan.

Buning sababi zamonaviy oilalarda tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari: ota-onalar ish bilan band bo'lib, natijada bolaga yetarlicha e'tibor berishmaydi yoki aksincha, bolani haddan tashqari himoya qilish, bu uning mustaqilligi, o'zini o'zi rivojlanishiga xalaqit beradi va agar katta maktab yoshidagi ota-onalarga qaramlikning mo'tadil namoyon bo'lishi tabiiy va me'yoriy bo'lsa, unda qaram tendentsiyalarning ustunligi yosh odamning keng muhit bilan aloqada bo'lgan kutish tizimini shakllantiradi va shaxsiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. zamonaviy o'rta maktab o'quvchisi va uning shaxslararo munosabatlari, shu jumladan, bu yoshda eng ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan tengdoshlari bilan munosabatlar haqidadir

O’smir yoshidagi emotsional holatlarning buzilishi axloqiy normalarni buzilishi suitsidal xulqni rivojiga hissa qo’shishi mumkin shu sababli mavzunio’rganish dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi.


Download 163,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish