Abdullayeva shahloning rivojlanish psixologiyasi fanidan


Jadval holatidagi tahlili



Download 163,22 Kb.
bet15/22
Sana31.12.2021
Hajmi163,22 Kb.
#233178
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
O'smirlik Emotsional(1)

Jadval holatidagi tahlili

TO’PLANGAN BALLAR

O’QUVCHILAR SONI

STRESS HOLATI

48 balldan yuqori

3ta

Yuqori

40-48 ball

18ta

O’rtacha

40 balldan kam

4ta

Past

Diagramma holatida tahlili



TEST XULOSASI

Olingan natijalar o’rganilib emotsional sohasida muammo bo’lgan stress darajasi yuqori bo’lgan o’quvchilar belgilab olindi va maktab psixologi bilan kelishilgan holda ularga korreksiya ishlari tasis etilishi belgilandi



ll. 2 O’smirlik davrida agressiyaning bartaraf etish bo’yicha olib borilgan ishlar tahlili.

«O’smir bo’lish»ning o’ziga xosligi bolalar xuquqlarining kengayishi va rasmiy ta’lim jarayoni bilan bog’liq. O’smirlar ko’pincha kattalar singari harakat qilishga intiladilar, birok qonun ularga bolalar sifatida qaraydi. Ular ishlashni istashlari mumkin, birok maktabda o’qishga majbur. Ijtimoiylashuvning buzilishidagi asosiy sabablar ichida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin.

a) kattalarning o’smirga shaxs emas, balki tasir obyekti sifatidagi munosabati. Bazi kattalarning xulqi o’smirda uning o’zida mavjud bo’lmagan sifatlarni shakillantiradi. Bu esa unda kattalarning maslahatlarini noto’g’ri qabul qilishni uyg’otadi. O’smir kattalar harakatida, talablarida o’zlari amal qilmaydigan, yoki o’zlariga mos bo’lmagan axloqni ko’rib, sezsalar ulardan qocha boshlaydilar. Ular o’zlarini aldamaydigan, teng ko’radigan odamni izlashni boshlaydilar.

b) juda ko’p bolalar uchun oila hayotiy misollarda tajovuzkor axloq va psixik jarohatni keltirib chiqaruvchi vaziyatlarning asosiy manbai hisoblanadi. O’smir o’zi yashayotgan oilani boshqa oilalar bilan tengdoshlarining gaplari, atrofidagilarning fikri bo’yicha solishtiradi, har doim ham to’g’ri bo’lmagan xulosalar chiqaradi. Garchi o’zi oiladagi vaziyatni yaxshilash uchun biror narsa qilishga qodir bo’lmasada, kurashadi. O’smir atrofidagi sinfdoshlari, tengdoshlari birmuncha huzur-halovatli sharoitlarda yashayotganlarini ko’radi, bu narsa ham o’smirning rivojlanishida ma’lum bir ta’sirni ko’rsatmay qolmaydi.

Demak, hali to’liq shakllanib ulgurmagan o’smir tushunchasida qarama- qarshiliklar paydo bo’ladi. Bu vaqtda o’qituvchilarning o’smirni oilaviy sharoiti, mijozi, rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olmay qilgan muomalalari ham o’smir axloqida keskin burilishlar yasashga olib kelishi mumkin. Shaxsning shakllanishida o’smirlik yoshi, ya’ni uning ijtimoiy, biologik va psixologik rivojlanishida murakkab davr hisoblanadi. Hayot yo’lining mana shu muhim qismida o’smir shaxsining axloqiy sifatlari shakllanib boradi. Xuddi shu davrda o’smirlar aqliy kamoloti bilan birgalikda, ularning xarakter xususiyatlari ham shakllanadi. O’smir xarakter xususiyatlari shakllanishiga asosiy ta’sir etuvchi omillar qatoriga asosan biologik, ijtimoiy va psixologik ta’sir vositalarini kiritamiz. Darhaqiqat, o’smir shaxsining shakllanishida yuqorida keltirilgan ta’sir vositalarining o’rni muhimdir. Xuddi shu davrda o’smir organizmida biologik, fiziologik qayta qurilish davri kechishi natijasida ularda agressiv xulq motivlari namoyon bo’ladi.

O’smirlik davrida barcha organizmlarning bir-biriga nomutanosib tarzda rivojlanishi va jinsiy rivojlanish jarayonida gormonal maqomning o’zgarishi yuz beradi. Bir tomondan bu o’smir organizmidagi barcha o’zgarishlar gipotalamus va endokrin bezlarning rag’batlantiruvchi va nazorat qiluvchi ta’siri ostida kechadi. Ayrim gormonlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida o’smir xatti- harakatida agressivlik holatlari kelib chiqadi. O’smir xatti-harakatlarida agressiv xulq ko’rinishlari kelib chiqishining asosiy sabablariga ijtimoiy muhit ta’sirini ham kiritishimiz haqiqatdan holi emas. Chunki, o’smir xarakter xususiyatlarining shakllanishi u yashab turgan muhit ta’siri ostida yuzaga keladi.

Agressiv xatti-harakat paydo bo’lishida ko’pgina omillar ishtirok etadi, jumladan, yosh, shaxsiy xususiyatlar, tashqi jismoniy va ijtimoiy sharoitlar. Masalan, agressivlikni shovqin, issiq, torlik, ekologik muammolar, meteo sharoitlar va h.k. kabi sharoitlar kuchlantirishi mumkin. Ammo ko’pgina shu masalani o’rganuvchi tadqiqotchilar fikricha, shaxsning agressiv xatti-harakatlari shakllanishida hal qiluvchi rolni bevosita ijtimoiy muhit o’ynaydi. Ijtimoiy muhitning asosi bo’lgan oila, o’smir xulqi shakllanishiga katta ta’sir o’tkazadi. An’anaviy tarzda tarbiya asosiy instituti oila hisoblanadi. O’smir oilada olgan tarbiyaning keyin bir umrga saqlanib qoladi. Oilaning tarbiya instituti sifatida muhimligi shundaki, o’smir unda hayotining ko’p qismini o’tkazadi va shaxsga ta’sir etuvchi muddati bo’yicha birorta ham tarbiya institutlari oilaga teng kela olmaydi. Bola tarbiyasida oilaning roli haqida

E.Fromm: "Oila — o’ziga xos jamiyatning "psixologik vositachisi", shuning uchun oilada adaptasiya jarayonida bola keyinchalik jamiyatda adaptasiya va turli ijtimoiy muammolarni yechish asosi bo’lib qoladigan xarakterni shakllantiradi", degan edi. Darhaqiqat, bola oilada qaysidir xarakter xislatlarini o’zida mujassamlashtirishi bilan ijtimoiy muxitga xam uni nomoyon qiladi.

Agressiyaning oilada nomoyon bo’lish shakillari turlicha. Bu bevosita ijtimoiy yoki jinsiy zo’ravonlik, sovuqqonlik, salbiy baxolar, shaxsni ruhan ezish, bolani emotsional qabul qilmaslik bo’lishi mumkin. Oila azolari agressiv xatti-xarakatni o’zlari namoyish etishlari mumkin7. Bolaning agressiv xatti-xarakatlari paydo bo’lishiga turli oilaviy omillar tasir etishi mumkin. Masalan, oilaviy bilishning past darajasi, to’qnashuv, bola va ota-ona o’rtasidagi yetarli bo’lmagan yaqinlik, bolalar o’rtasidagi salbiy munosabatlar, oila tarbiyasining noadekvat usuli. Masalan o’ta qattiq jazo qo’llaydigan, o’ta qattiq nazorat qiluvchi ota-onalar yoki aksincha, bolalar mashg’ulotlarini nazorat qilmaydigan ota-onalar farzandida uchraydigan agressiya bilan ko’proq duch kelishadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, bolalarning agressiv xatti-xarakatiga tasir etuvchi xususiyatlardan biri – bu frustratsiyani ko’tara olmaslik qobiliyatidir. Malumki frustratsiya extiyojlarini qondirishda yoki maqsadga erishish yo’lida paydo bo’lgan to’siqlar tufayli kelib chiqqan xolatdir.

Xudi shu paytda o’smir o’quvchi shaxsida xam ota-ona va yaqinlari uni tushinmasligi va aksincha unga nisbatan qattiqqo’lligi natijasida agressiv xatti-xarakatlar nomoyon bo’lishini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, o’smir yoshidagi o’quvchi ota-onalarining qo’llab quvvatlamasligini va ularning qiziqishlariga beparvoligini sezsa, quyidagi vaziyatlar vujudga kelishi mumkin:

1. jinoyatchilik faoliyatiga kirib ketishi;

2. boshqa o’quvchilarga qarshi chiqishi;

3. o’z ota-onasiga nisbatan o’zlarini agressiv xolda tutishlari mumkin.

Tadqiqotchilar izlanishlarining ko’rsatilishicha, o’smirlar xulq atvoridagi o’zgarishlar etiologiyasi ulardagi asab tizimidagi (xususiyat va uni ifodalash darajasiga ko’ra) noto’kislik jinsiy yetilishdagi asinxron (bir-biriga bog’liq jarayonlar rivojlanishining o’zaro nomunosibligi) xolat, serebral-endo-krin tizimidagi disgarmoniya biologik shartlangan o’smirlik davri krizislari uchu nasos yaratishni ko’rsatadi.

O’smirlar va yoshlarning jamoat hayotiga kirib borishi har doim qiyin. Bu jarayonlar ayniqsa yosh inqirozi davrlarida, yangi yosh davridagi ruxiy va biologik o’zgarishlarga moslashuv amalga oshmagan paytlarda qiyin kechadi. Maktab yoshi o’quvchilarining fikrlashi obrazli bo’ladi. Shu bois ularga kinoya, kesatish samara bermaydi. O’qitish ko’rgazmali qurollar, vositalar yordamida tashkil etilishi kerak. Materialni tushuntirishda uning obrazli, ifodaviy bo’lishiga erishish lozim. Ularning kayfiyatiga o’qishdagi yutuqlari, olgan baholari, shuningdek, amalga oshirgan ijobiy ishlari ta’sir qiladi. Shu bois atrofdagilar tomonidan unga berilayotgan e’tibor bola uchun alohida qimmatga ega.

A.Bandura bolalar va o’spirinlardagi agressiyaning laboratoriya va dalatadqiqotlarini o’tkazgan. Masalan, bir qator eksperimental tadqiqotlarda 6 va 11yoshlibolalar guruhiga modellar uchun turli oqibatlarga olib keluvchi rag'batlantirish yoki jazolash, zo’ravon xulq-atvor namunalarini ifodalovchi filmlar namoyish etilgan.

Katta yoshdagi odam ishirilgan rezinka qo’g'irchoqni mushtlari bilan urib, uning sha'niga qo’pol luqma tashlagan, so’ngra uni taqdirlashgan, shirinlik bilan mehmon qilishgan yoki urishishgan koyiganlar, filmdan so’ng bolalarga filmda ishtirok etgan o’yinchoqlami mustaqil o’ynash imkoniyati berilgan. Natija shuni ko’rsatdiki, agressiv obrazli taqdirlangan odam modeli ishtirok etgan filmni ko’rgan bolalarda agressiv xulq-atvor darajasi yuqori bo’lgan.


Download 163,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish