Qobiliyatsizlik bo‘yicha tabaqalashtirilgan ta’lim
Ta‘limni tabaqalashtirishning mazkur turi tarafdorlari, odatda, qobiliyatsizlik bo‗yicha tabaqalash atamasini ishlatmaydilar. Biroq, bu uning mohiyatini o‗zgartirmaydi. Tabaqalashtirishning ushbu turining mohiyati shundan iboratki, u yoki bu predmet bo‗yicha o‗zlashtira olmaydigan o‗quvchilar mazkur predmetlar past darajada va kichik hajmda o‗zlashtiradigan sinflarga guruhlanadilar.
Tabaqalashtirishning mazkur turida o‗quvchilar bir xil ma‘lumot ololmaydilar va uning oqibati sifatida ma‘lumot olishni davom ettirishi uchun bir xil imkoniyatga ega bo‗lmaydilar,
Qobiliyatsizlik bo‗yicha tabaqalashtirish Fransiya maktablarida yorqin namoyon bo‗ladi. Mazkur maktablarda lotin tilini o‗rganishga qobiliyati past o‗quvchilar lotin tili o‗tilmaydigan, biroq matematikani chuqur o‗rgatadigan zamonaviy bo‗limga qabul qilinadilar. Pedagogik jurnal «Edication national»ning maktabga yo‗llash harakatlarini bayon qiluvchi hazil - mutoyibali jihatini o‗qiymiz. Bola yaxshi o‘qiydimi, demak, u klassik bo‗limga boradi. U lotin tilini o‗zlashtira olmaydimi, mayli, matematikani o‗rganaversin (go‗yoki bolada lotin tilini o‗zlashtirishga qobiliyat bo‗lmasa, matematikaga qobiliyati bo‗ladi). Agar zamonaviy bo‗lim dasturini uddalay olmasa, texnik o‗quv yurtiga borsin.
Fransiya Milliy demografik instituti xodimlari besh yillik elementar sikl ta‘limini tugatgandan keyin o‗quvchilarni o‗qishni davom ettirishga yo‗naltirish masalasi bo‗yicha tadqiqot o‗tkazadi. Oila jamiyatning ijtimoiy pilla- poyalarida qancha yuqorida tursa, u zamonaviy bo‗limdan ko‗ra, ko‗prok klassik bo‗limni afzal ko‗rishi haqida tadqiqotchilar xulosalarni ikki ma‘noda tushunishga o‗rin qoldirmaydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‗rinib turibdiki, o‗quvchilar o‗rta maktabni tugatganlarida bir xil ma‘lumotga ega bo‗lmaydilar. Mazkur maktabni tugatgan o‗quvchilar o‗qishni davom ettirish uchun ham, biror hunar egallashi uchun ham bir xil huquq va teng imkoniyatlarga ega bo‗lmaydilar. Bu mazmun mohiyati jihatdan tabaqalashtirish emas, balki erta mutaxassislashtirishdir. Bunda maktab partasida o‗qigan davrdayoq o‗quvchini u yoki bu faoliyat bo‗yicha yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini oldindan belgilab qo‗yadi.
Mazkur tabaqalashtirishning asossiz ekanligi shundaki, unda o‗quvchining fan bo‗yicha o‗zlashtirmaganligi uning qobiliyati yo‗qligi bilan tenglashtiriladi.
Biroq o‗zlashtirmaslikni keltirib chiqargan sabab ko‗p hollarda uning qobiliyatliligi emas. Aksariyat hollarda o‗quvchini «zehni past» darajaga kiritish adolatsizlik bilan ish ko‗rish ekanligini o‗qituvchi bilishi zarur. Odatda tug‗ma «qobiliyatsizlik» degan fikr to‗g‗ri emas. Balki o‗qituvchi ushbu o‗quvchining individual xususiyatiga, qiziqishi, motivlariga e‘tiborsizligi oqibatida shunday xolatni keltirib chiqaradi, degan fikr to‗g‗riroqdir. Shubhasiz, bunday holatlarni to‗g‗rilash oson kechmaydi, biroq ta‘lim - tarbiya yaxshi yo‗lga qo‗yilgan maktablarda qarovsiz bolalar bo‗lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |