«Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari:
natijalar baholanmasligi o‗quvchilarni turli fikr - g‗oyalarning
shakllanishiga olib keladi;
o‗quvchilarning barchasi ishtirok etadi;
fikr - g‗oyalar vizuallashtirilib boriladi;
o‗quvchilarning boshlang‗ich bilimlarini tekshirib ko‗rish imkoniyati mavjud;
o‗quvchilarda mavzuga qiziqish uyg‗otish mumkin.
«Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari:
o‗qituvchi tomonidan savolni to‗g‗ri qo‗ya olmaslik;
o‗qituvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
«Aqliy hujum» metodining bosqichlari:
O‗quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‗yicha o‗z javoblarini
(fikr, mulohaza) bildirishlarini so‗raladi;
O‗quvchilar savol bo‗yicha o‗z fikr - mulohazalarini bildirishadi;
O‗quvchilarning fikr - g‗oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog‗ozlarga yoki doskaga) to‗planadi;
Fikr - g‗oyalar ma‘lum belgilar bo‗yicha guruhlanadi;
Yuqorida qo‗yilgan savolga aniq va to‗g‗ri javob tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |