Me’moriy detallar tasviri (kapitel, rozetka, va boshkalar).
Rasm chizishni o‘rganishda murakkab bo‘lgan gipsli predmetlar shakliga, kapitel, rozetkalarni chizish uchun alohida o‘rin ajratiladi. Gipsli model nushalar bizni oldingi davrlarda yashagan buyuk musavvir - me‘morlarning ishlari bilan tanishishga asos bo‘ladi. Rasm chizishni o‘rgatishda barcha jaxonning badiiy maktablarida bu modellardan hozirgi kungacha ham foydalaniladi.
Gipsdan yasalgan bu modellarni chizish qo‘zg‘almas bir joyga o‘rnatilib chizilganligi sababli chizuvchiga ajoyib qulaylik yaratadi. Chizuvchi naturani old tomondan, yondan yoki to‘rtdan uch ko‘rinishda hamda ufq chizig‘iga nisbatan turli holatda chizish imkoniyatiga ega. Bu o‘rganuvchiga perspektiv qisqarishlarni mukammalroq egallashlariga yordam beradi.
Naqshlar bir qancha turlarga bo‘linadi. Rasm chizishni o‘rganishda ko‘proq o‘simliksimon gipsli naqshlar chizilishi jahon badiiy ta‘limida muntazam qo‘llanilib kelinmoqda. Ular gullar, mevalar, barglar va x.z.lardan iborat bo‘lib stilizastiya qilingan shakllardir.
Gips taxtaga tushirilgan ushbu gullar tasviri ham qog‘ozga kompozitsion joylashtirishdan boshlanadi.
11 - rasm. Naqshli rozetka qalamtasviri (bosqichlari)
Rasmda eng muhimi gips naqsh tasvirining qog‘ozga nisbatan to‘g‘ri joylashtirilishidir. Bunda natura yuqoriga yoki pastga tushib ketmasligi, o‘ngga yoki chapga surilib qolmasligi hamda qog‘ozga nisbatan katta yoki kichik bo‘lib qolmasligi kerak. Shundan so‘ng gips taxtaga tushirilgan naqshning eng katta o‘lchamlari belgilab olinadi. Keyingi bosqich katta o‘lchamlar ichidagi barcha detallar aniqlanadi. Chizayotgan vaqtda perspektiv qisqarishga e‘tibor berish kerak. Shaklning hajmli, chiziqli va konstruktiv tuz.ilishini aniqlab, taxlil qilish zarur. (11 - rasm).
Gipsli naqshning chiziqli - konstruktiv tuzilishini chizib bo‘lgandan so‘ng shaxsiy va tushuvchi soyalar, tus munosabatlari aniqlanadi.
Rasmda yorug‘ - soya munosabatlarini topish, soya, yarim soya, reflekslarni bajarish hamda tasvirning yaxlitligiga erishish bilan tugatiladi.
Navbatdagi rozetkani chizish bosqichlarini ko‘rib o‘tsak:
Ish chizayotgan naturani umumiy ko‘rinishini qog‘oz yuzasiga joylashtirishdan boshlanadi. So‘ng yengil chiziqlar bilan predmetning umumiy shakli va asosiy o‘q chiziqlari topiladi. Rozetkani umumiy shakli bizga aylanani eslatadi, o‘rtasida shar shakli, to‘rt tomonidan chiqib turgan shoxsimon elementlar bo‘lib ularni bir-biriga tutashtirsak to‘rtburchak hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng naturadagi o‘lchamlarni aniqlashga o‘tamiz. Naturaga diqqat bilan qaralsa uning ichida to‘rtta katta barg borligini ko‘ramiz, bu barglar bir - biriga qarama - qarshi tomonda simmetrik ravishda joylashgan.
12 - rasm. Gipsdan yasalgan naqshli rozetkani chizish ketma - ketligi Naturadagi asosiy elementlar o‘rni aniqlangandan so‘ng uning detallari aniqlanadi. Bu o‘rinda asosiy element bo‘lib to‘rtta barg hisoblanadiki ular chizilganda barchasi bir - biriga o‘xshashligini unutmaslik kerak va tasvirda ham shunga erishish zarur. Shakl to‘liq, o‘ziga o‘xshash chiqqandan so‘ngina bir bor natura bilan solishtiriladi hamda har bir elementning soya, yarim soya va soyalar belgilanadiki bu chizuvchiga kelgusidagi ish jarayonida poydevor vazifasini o‘taydi. Rozetkadagi belgilangan soya - yorug‘liklarning aniq ishlanishi uning hajmini yoki bir butun yaxlit tasvirini idrok qilish imkonini beradi (12 - rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |