Tabaqalashtirib o‘qitishning ijtimoiy zaruriyat ekanligi
Qobiliyatni namoyon qilish va rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish kerak. Ushbu sharoitlardan eng muhimi umumiy ta‘lim hisoblanadi.
Biroq umumiy, barcha bolalar uchun bir xil ta‘lim o‗quvchilarning layoqat va qobiliyatlarini namoyon qilgani bilan ularni yetarli darajada jadal rivojlantirishni kafolatlamaydi. Bu birinchi galda o‗quvchilarning har xilligini, ularning layoqat va qobiliyatlari turlichaligi bilan tushuntiriladi. O‗quvchilarda namoyon bo‗lgan qobiliyatlarni hisobga olgan holda bolalarning qobiliyatlari rivojlanishini ta‘minlovchi ma‘lum tadbirlar tizimi zarur. Ana shunday tadbirlardan biri o‗quvchilar katta qiziqish namoyon qilgan o‗quv predmetlarini yuqori sinflarda chuqur o‗rganish bo‗lishi mumkin. Bunda barcha boshqa o‗quv predmetlari DTS darajalarida o‗rganilishi kerak.
Shunday qilib, barcha bolalarning layoqatlarini namoyon qilish va rivojlantirish uchun optimal rejim yaratish bo‗yicha jamiyatimizning ehtiyoji umumiy o‗rta ta‘limning yuqori sinflarida ta‘limni tabaqalashtirish zaruratini vujudga keltiradi.
Demak, ijtimoiy nuqtai nazardan, ta‘limni tabaqalashtirishning vazifalaridan biri har bir o‗quvchining maqsadi va qobiliyatlarini namoyon qilish va maksimal rivojlantirishdan iborat. Bunda esa muhimi umumiy o‗rta ta‘lim maktabida ta‘limning umumiy darajasi barcha uchun bir xil bo‗lishi shart.
Ta‘limni tabaqalashtirishning zarurati bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‗tayotgan jamiyatning har bir fuqarosining qiziqishini qondirish vazifasidan ham kelib chiqadi. Shaxs qay darajada jamiyatga bergan mehnatining miqdori va sifati uchun javobgar bo‗lsa, jamiyat ham insonning, jamiyat manfaatlariga zid bo‗lmagan qiziqishlarini qondirishga mas‘uldir.
Shaxsni har tomonlama barkamol rivojlanishi fidoyi, ijodkor, mehnatsevar, ijtimoiy faol, ma‘naviy - axloqiy va jismoniy rivojlangan insonni shakllantirishga ko‗maklashadi.
Ushbu tamomila yangi vazifani mamlakatimizda bosqichma - bosqich shakllanayotgan huquqiy, demokratik fuqarolik jamiyatigina o‗z oldiga qo‗yishi va muvaffaqiyatli hal qilishi mumkin.
Nihoyat, shuni ham ko‗rsatish kerakki, o‗rta maktab ta‘limining yuqori bosqichida ta‘limni tabaqalashtirish iqtidorli bolalarni namoyon qilishga ko‗maklashadi va ularning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar yaratadi. Maktab bir qator sabablarga ko‗ra ushbu muhim ishga uzoq vaqt zarur darajada e‘tibor bermadi.
Maktabda ta‘lim jarayonini o‗rtacha o‗quvchiga mo‗ljallash iqtidorli bolalarni namoyon qilish va rivojlantirishga xalaqit beradi. Ta‘limni katta sinflarda tabaqalashtirishda iqtidorli bolalarni namoyon qilish va rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar vujudga keladi.
Bundan tashqari raqobatga asoslangan jamiyatimizda uning fuqarolari intellektual hayoti sohasida baravarlashtirish tendensiyasi mutlaqo begonadir.
Ilmiy - texnika taraqqiyoti rivojlangani sari jamiyatimizda yangi texnika va zamonaviy texnologiyalarni egallashda takomiliga erishgan hozirgi zamon fanlarini yaxshi biladigan mutaxassislarga bo‗lgan talab tobora o‗sib boraveradi.
Afsuski, hanuzgacha umumiy o‗rta ta‘lim maktabida va hatto oliy maktabda an‘anaviy ta‘lim bilan cheklanamiz. Umumiy o‗rta va oliy maktab hayotiga tez sur‘atlar bilan kirib kelayotgan yangi ilg‗or g‗oyalar va fan yutuqlarini idrok qilish uchun fundament qo‗yilishi kerak. Ta‘limning ilg‗or tizimi ilmiy texnika taraqqiyotining va mamlakatimiz rivojlanishining garovidir.
Ilmiy - texnika taraqqiyoti zamonaviy texnika va ilg‗or texnologiyalarni boshqarishga, uni ijodiy qo‗llashga tobora ko‗proq odamlarni tayyorlashni talab qiladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‗rinadiki, maktab oldiga o‗quvchilarni dastlab akademik litsey, kasb - hunar kollejlarida tayyorlash bo‗yicha vazifa qo‗yilmoqda.
Jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, kasb - hunar kollejlariga shunday o‗quvchilarni yo‗llash kerakki, ularda maktabni bitirish arafasida fan texnika yoki san‘at sohalariga turg‗un qiziqish namoyon bo‗lsin.
O‗quvchilarning fan - texnika yoki san‘at sohalarida ijodiy faoliyatlarga qiziqishlari va layoqatlarini namoyon etishlari hamda rivojlantirishlari uchun mantiqiy o‗ylangan va maqsadga qaratilgan ish zarur. Bu ishni ma‘lum tartibda saralab olingan materialda amalga oshirish juda muhim.
Demak, o‗quvchilarni dastlab akademik litseylarda, keyinchalik oliy o‗quv yurtida o‗qishini davom ettirishga tayyorlash maqsadida ta‘limni tabaqalashtirish uning oxirgi bosqichlarida maqsadga muvofiqdir.
Bu oliy o‘quv yurtlari uchun sifatliroq abiturientlarni tayyorlashga imkon beradi.
Fransiyaning ilg‗or pedagoglari ham ta‘limni tabaqalashtirish o‗rta maktabni bitiruvchilarida yuqori darajada tayyorgarlikni ta‘minlashini ta‘kidlamoqdalar.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktabining vazifasi o‗quvchilarni oliy o‘quv yurtlari uchun o‗qishga kirishiga tayyorlash bilan tugamaydi. Gap shundaki, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarning ma‘lum qismini qabul qiladi.
Hozir ko‗pchilik maktab bitiruvchilari ishlab chiqarish va maishiy xizmatda mehnat qilishga tayyor emaslar. Ular uchun, ayniqsa, ota - onalari uchun oliy o‘quv yurtlariga o‗qishga kira olmaslik fojia, ishlab chiqarishda mehnat qilish - hasratli zarurat.
O‗quvchilarni ishlab chiqarishda mehnat qilishga tayyorlash maktabning asosiy vazifalaridan biri bo‗lib qoldi. Maktab nafaqat jamiyat uchun har qanday mehnatni oliy talabligi va foydaliligini o‗quvchilarga tushuntirishi, balki ularning kuchi, bilimi va qobiliyatlarini hozirgi zamon ishlab chiqarishiga ijodiy tatbiq etishni ham yoritib borishi kerak.
Ta‘limni tabaqalashtirish sharoitida o‗quvchilarni kasbga yo‗naltirish ishlarini yaxshi yo‗lga qo‗yish mumkin. Bunda o‗quvchilarni kasbga yo‗naltirish kasbgacha tayyorgarlik, o‗quvchilarda namoyon bo‗lgan va yetarli darajada rivojlangan qiziqishlari bo‗lgan o‗quv predmetlari bazasida tashkil etilishi juda muhimdir.
Shunday qilib, jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida umumiy o‗rta ta‘lim maktabida ta‘limni tabaqalashtirish zarurligi quyidagilar bilan dalillanadi:
Jamiyat o‗zining har bir a‘zosining potensial imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga intilishi;
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish va shaxsning qiziqishlarini maksimal darajada qondirish haqida jamiyatning g‗amxo‗rligi;
Ijtimoiy ishlab chiqarishning ichki va injenerlarning maxsus tayyorgarligi darajasini yanada yaxshilashga bo‗lgan talablar;
O‗rta maktab ishini yanada takomillashtirish zarurligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |