Abdullayev Mehriddin



Download 307,22 Kb.
bet52/148
Sana04.09.2021
Hajmi307,22 Kb.
#164673
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   148
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA 1 QISM 22.01.2021

Mushak kuchi. Mushak kuchi mushakning zo‘riqish darajasi, shuningdek, tashqi qarshilik yoki og‘irlikka qarshi harakatlar kattaligi bilan tavsiflanadi. Mushak kuchinig morfologik asosi mushak tolasi- dagi qisqartiruvchi oqsil miqdori, mushak tolalarining yo‘g‘onligi hisoblanadi. Kuch sifatining maksimal namoyon bo‘lishida natijaga ruhiy hozirlik ko‘rish, iroda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Mushak kuchining namoyon bo‘lishi, shuningdek, mushak tolala- rining tezkor yoki sust turiga ham bog‘liq. Agar mushaklarda tezkor tolalar ko‘proq bo‘lsa, inson yuqori sur’atli tezlik-kuch harakatlarida maksimal quvvatni rivojlantirishga, portlash xususiyatiga ega bo‘lgan faoliyatni bajarishga qodir bo‘ladi. Sust motor birliklarining ko‘proq bo‘lishi uzoq muddat mobaynida mushak zo‘riqishini saqlab turish imkonini beradi. Bunday kishilarda kuch chidamliligi portlash tipi- dagi kishilarnikiga qaraganda ancha baland bo‘ladi.

Muntazam mashg‘ulotlarda maksimal mushak kuchi mushaklar- ning mutlaq (anatomik) ko‘ndalang o‘lchami o‘sishiga, shuningdek, faoliyatga jalb qilingan asab – mushak (motor) birliklarining safarbar etiladigan fiziologik zaxiralari hisobiga ortib boradi. Turli og‘irliklar (maksimal, katta, o‘rta, kichik) bilan ishlashning dinamik rejimida rivojlantiriladigan zo‘riqish maksimaldan kamroq bo‘ladi. Demak, dinamik kuchning mutloq qiymatlari uni o‘lchash mumkin bo‘lgan

sharoitlarda har doim maksimaldan bir-muncha kichikroq bo‘ladi.

Asab – mushak birliklari maksimal miqdorining ishchi holatini ta’minlash uchun chegaraviy yoki chegara oldi darajasidagi og‘ir- liklar zarur. Ular kuchni nisbatan kam quvvat sarflab rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Chegaraviy bo‘lmagan og‘irliklardan foyda- lanish mushak kuchini oshirishda u qadar samarali emas, biroq ular mushak massasini o‘stirish uchun qulay imkoniyat tug‘diradi. Yosh sportchi irodasining maksimal darajada namoyon etilishi talab qilin- adigan musobaqa vaziyatlari maksimal kuchning rivojlanishida katta natija beradi, ammo bu o‘ta keskir quroldan uning tayyorligini qat’iy individuallashtirib baholashda foydalanish kerak. Kichik og‘irliklar (maksimal vaznning 10% dan kam) kuchni rivojlantirishda maqsadga muvofiq emas. Ular mushak kuchini orttirish uchun zarur sharoit yaratmaydi, bu holatda me’yoridan ortiq tiklanish ta’siri (effekti) juda kichik.

Kuchni rivojlantirish uchun qulay morfologik hamda funksional sharoit 9-10 yoshlarda yuzaga keladi. O‘g‘il bolalarda dinamik kuch mashqlariga yuqori sezgirlik 2 davrdan iborat bo‘ladi: 9 yoshdan 10-12 yoshgacha va 14 dan 17 yoshgacha. Qiz bolalarda 11 yoshga kelib kuch chidamliligi 15-16 yoshli qizlarning ko‘rsatkichlariga etib oladi. 7-10 yoshli o‘quvchilarda turg‘un kuchlanishlar toliqishning tez rivojlanishi bilan kechadi.

Maktablarda 5–8-sinflarning jismoniy tarbiya darslarida kichik og‘irliklar (1-2 kg) bilan dinamik kuch mashqlari, arqonga chi- qish, yuk tashish, cho‘yan to‘p irg‘itish kabilardan muvaffaqiyat bi-lan foydalanilmoqda. 15-16 yoshda kuch chidamliligining ortishi munosabati bilan 2-3 kg li og‘irliklar bilan o‘tkaziladigan mashq- lar soni ko‘payadi, arqonga vaqtga qarab chiqish, kurash element- lari qo‘llaniladi. Bu yoshdagi qizlarda kuch mashqlari nisbiy mushak kuchining kamayishi tufayli chegaralanadi. O‘smirlar bilan o‘tiladi- gan mashg‘ulotlarda turg‘un vaziyatlarni, dastlabki holatlarni, osilib, tayanib turishlarni talab etuvchi mashqlardan foydalanish lozim.

Bolalarni maksimal kuchning namoyish etilishi bilan bog‘liq sport turlariga erta jalb etish o‘zini oqlamaydi.




Download 307,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish