Jismoniy madaniyat harakati – ijtimoiy yo‘nalish bo‘lib, buning oqimida kishilarni birgalikda, jismoniy madaniyat boyliklarini ish- latish va ko‘paytirishga qaratilgan faoliyatdir.
Jismoniy kamolot – bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlik va garmonik jismoniy rivojlangan, mehnat va boshqa sohalardagi talab- larga javob bera oladgan individual talantining yuqori darajada rivoj- langanligini ko‘rsatadi, shaxsni har tomonlama rivojlanish va uzoq yillar sog‘ligini mustahkamlash qonuni bilan murosada bo‘ladi.
Jismoniy mashq texnikasi – harakat vazifasini oson, kam energiya
sarflab, samarali hal qilish uchun tanlangan harakat faoliyati.
Texnikaning asosi deganda, harakat orqali qo‘yilgan vazifani bajarish uchun kerak bo‘ladigan harakat faoliyati tizimining o‘zak qismi tushuniladi. Qo‘llangan usullar tananing qismlarini o‘zaro kelishgan holda, harakat faoliyatining ketma-ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlarining keraklicha namoyon qilinishini taqozo etadi. Usul samarali bo‘lsa, amaliyotda unumli qo‘llanilishi mumkin va uzoq vaqt o‘zining hayotiy-amaliyligini saqlab qoladi.
Texnikaning zvenosi deyilganda, bajarilayotgan harakatning asosiy mexanizmi sakrashlarda depsinish, uloqtirishlarda final kuch sarflashni bajarish uchun yordam beradigan harakat faoliyati tarkibidagi bo‘laklar tushuniladi. Pedagogik jarayonda mashqning asosiy zvenosi mexanizmini o‘zlashtirish o‘qitishning negizi deb qaraladi. Texnikaning o‘zlashtirilishi mashq texnikasining asosini o‘rganish demakdir.
Texnikaning detali – bu harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga, zvenolariga ziyon etkazmaydigan qo‘shimcha harakatlar yoki shu harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda bo‘laklardir. Uni harakat tarkibida bajarsa ham bajarmasa ham bo‘ladi. Masalan, uzun- likka sakrashda kimdir tanaga tezlik berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik bilan boshlaydi.
Jismoniy madaniyat “funksiyasi” deganda, uning o‘ziga tegishli obyektiv xususiyatlari bilan insonga va inson munosabatlariga, muomalasiga ta’sir ko‘rsatishi, shaxs va jamiyatni ma’lum talabini qondirilishi va rivojlantirilishi tushuniladi.
Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalari deganda, madani- yatning boshqa turlariga taalluqli bo‘lmagan, alohida xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalar tushuniladi.
Umumiy funksiyalari. Madaniyatga taalluqli bo‘lgan hamma umumiy funksiyalar, u yoki bu holda jismoniy madaniyat sohasida ham ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |