Buxoro hukmdorlari
1500 — 1510
|
Muhammad Shayboniy
|
1511 — 1512
|
Suyunchxoʻjaxon
|
1512 — 1530
|
Koʻchkunchixon
|
1530 — 1533
|
Abu Said
|
1533 — 1540
|
Ubaydulla I
|
1540 — 1540
|
Abdulla I
|
1540 — 1551
|
Abdullatif
|
1540 — 1550
|
Abdulaziz
|
1552 — 1556
|
Navroʻz Ahmad
|
1552 — 1556
|
Burhon sulton
|
1556 — 1561
|
Pirmuhammad
|
1561 — 1583
|
Iskandarxon
|
1583 — 1598
|
Abdullaxon II
|
1598 — 1599
|
Abdulmoʻmin
|
1599 — 1601
|
Pirmuhammad II
|
1601 — 1605
|
Boqimuhammad
|
1605 — 1608
|
Valimuhammad
|
1608 — 1650
|
Imomquli
|
1640 — 1647
|
Nadr Muhammadxon
|
1645 — 1680
|
Abdulaziz
|
1680 — 1702
|
Subhonquli
|
1702 — 1711
|
Ubaydullaxon II
|
1711 — 1747
|
Abulfayz
|
1756 — 1758
|
Muhammad Rahim
|
1758 — 1785
|
Doniyolbiy otaliq
|
1785 — 1800
|
Amir Shohmurod
|
1800 — 1826
|
Amir Haydar
|
1826 — 1826
|
Amir Husayn
|
1826 — 1827
|
Amir Umar
|
1827 — 1860
|
Amir Nasrulloh
|
1860 — 1885
|
Amir Muzaffar
|
1885 — 1910
|
Amir Abdulahad
|
1910 — 1920
|
Amir Olimxon
|
|
|
|
| Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha boʻlgan yerlardan iborat edi. Abdullaxon II hayotining soʻnggi yillarida oʻgʻli Abdulmoʻmin (qarang Abdulmoʻminxon) bilan chiqishmay qolgan. Abdulmoʻmin 1582-yil kuzidan Balxni otasi nomidan boshqarayotgan edi. Iskandarxon davrida Abdullaxon II haqiqiy, amaldagi hukmdor boʻlgani kabi, Abdulmoʻmin ham keksaygan otasiga nisbatan shunday mavqeni egallamoqchi boʻlgan. Faqat ulamolarning aralashuvi tufayligina ota-bola oʻrtasida ochiq urush harakatlari boshlanmagan va Abdulmoʻmin otasiga boʻyin egishga majbur boʻlgan. Ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashganidan xabar topgan qozoq xonlaridan Tavakkalxon Toshkent viloyati va Toshkent–Samarqand oraligʻidagi yerlarga bostirib kirib, unga qarshi yuborilgan qoʻshinni yenggan. Unga qarshi safarga otlangan Abdullaxon II Samarqandga yetganda vafot etgan[2]. By Shokhrukhmirzo
Tashqi siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdullaxon II faol tashqi siyosat olib borgan. Bu davrda shayboniylar Eron, Hindiston, Turkiya,Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib borganlar. Masalan, Abdullaxon II elchilari 1583-yil Moskvadan oʻq-dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595-yillarda ham qaytarilgan. Abdullaxon IIning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash, ayniqsa pul islohoti oʻtkazish yoʻlidagi faoliyati natijalari keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. U koʻplab turli inshootlar qurdirgan. Hozirgacha xalq orasida u yoki bu inshoot qurilishi Amir Temur yoki Abdullaxon II ga nisbat beriladi.
Abdullaxon II davrida madaniy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdullaxon II davrida Buxoro yaqinidagi Sumiton (Joʻybor) mavzesida Joʻybor xojalaridan Abu Bakr Saʼd (970/971 yil vafot etgan) mozori atrofiga Madrasa, masjid, xonaqoh va chorbogʻ (1558–66), Buxoroda madrasa (qarang Abdullaxon madrasasi), hammom, Govkashon, Fatxulla qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, yangi Chorsu (1569–70), tim (qarang Abdullaxon timi), Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga koʻprik (1582) va boshqa qurildi. Bunday inshootlar va karvonsaroylar Samarqand, Toshkent, Balx va boshqa shaharlarda ham qurilgan (masalan, Abdullaxon IIning nufuzli amiri Qulbobo Koʻkaldosh sharafiga Toshkentda qurilgan Koʻkaldosh madrasasi va boshqalar). Karvon yoʻllarida sardobalar, rabotlar, kanallar, suv omborlari (qarang Abdullaxon bandi), koʻpriklar (masalan. Surxondaryoda xalq orasida Iskandar koʻprigi nomi bilan mashhur boʻlgan Gʻishtkoʻprik va boshqalar), chorbogʻlar bunyod etilgan[3].
Abdullaxon II davrida shaharsozlik, ilm-fan va adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdullaxon II davrida mamlakatda shaharsozlik, adabiyot, ilm-fan taraqqiy etgan. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylangan Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullanoma („Sharafnomayi shohiy“) (1584–89), Amin Ahmad Roziyning „Haft iqlim“ (1583), Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan „Tazkiroti shuaro“ (taxminan. 1593–95) va boshqa ilmiy asarlar yaratildi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil qilingan. Unda mashhur xattotlar Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniylar va boshqa kitob koʻchirish bilan mashgʻul boʻlishgan. Hasanxoja Nisoriyning „Muzakkiri ahbob“ asari Abdullaxon II ga bagʻishlangan. Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, Muhammad Darvish oxund, qozi Poyonda Zominiy, mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqa yashab ijod etgan. Abdullaxon IIning oʻzi ham isteʼdodli shoir boʻlib, „Xon“ taxallusi bilan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozgan. Mamlakatda (Buxoro, Samarqand, Toshkent, Balx va boshqa shaharlarda) hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Hunarmandlar turli ipak matolar, uy-roʻzgʻor, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻlar va boshqa tayyorlardilar. Movarounnahr ustalari tayyorlagan buyumlar ichki va tashqi bozorda juda xaridorgir boʻlgan[4].
XVI asr tarixchisi, oʻzbeklarning Qatagʻon qabilasidan boʻlgan Muhammad Yar ibn Arab Qatagon "Musaxir al-bilad" ("Mamlakatlarni zabt etish") asarini yozgan. Asarda Shayboniylar, jumladan, Abdullohxon II davri haqida hikoya qilinadi.[5]
Harbiy sanʼat rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Harbiy sanʼat taraqqiy etgan. Qoʻshin tarkibini nayza, qilich, manjaniq, naftandoz va shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilgan. 16-asr ikkinchi yarmidan qoʻshin Turkiya va Rossiyadan keltirilgan pilta miltiq va zambaraklar bilan qurollana boshlagan (yana qarang Buxoro xonligi)
Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abdullaxon II 1598-yil 8-fevralda Samarqandda vafot etgan. Uning vafoti toʻgʻrisida manbalarda maʼlumotlar turlicha. Baʼzi manbalarda Abdullaxon II oʻz ajali bilan vafot etgan deyilsa[6], baʼzi mualliflar xonning vafotiga oʻgʻli Abdulmoʻminxon sababchi boʻlgan deb hisoblaydi[7]. Joʻybor shayxlari xonadoniga mansub Muhammad Tolib oʻzining „Matlab ut-tolibin“ asarida Abdullaxon II oʻz oʻgʻli Abdulmoʻminxon buyrugʻi bilan Boqimuhammadbiy tomonidan zaharlanib oʻldirilgan, deya qayd etadi. Lekin bu maʼlumot taxminiy ekanligini ham eslatib oʻtadi[6].
1588/89-yili Abdullaxon II Abdulmoʻminxonni qoʻshin bilan Xurosonga yuboradi. Shahzoda zimmasiga yuklatilgan vazifani yaxshi uddalaydi. Biroq uning boshiga oliy hukmdorlikni qoʻlga kiritishdek ahmoqona xayol paydo boʻladi. U Amir Muhammad Boqi Doʻrmonni otasining ovqatiga zahar solib qoʻyishga koʻndiradi. Bu ish amalga oshiriladi. Abdullaxon 10 kun jisman va ruhan qattiq azob-uqubatni boshidan kechiradi, Samarqanddagi Chaqar mahallasida, Goʻri Amir yaqinida vafot etadi. Uning jasadi oʻgʻli yetib kelguncha 20 kun atrofida shu yerda saqlanadi. Shundan soʻng xonning janozasi oʻqilib, Buxoroda Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohonga dafn qilinadi[7].
A. Jumanazarga koʻra, Abdullaxonning oʻlimi voqeasiga yana aniqlik kiritilishi talab etiladi. Sababi, Mutiribiy bu borada Abdulmoʻminxon taxtga koʻz tikkan boʻlsa-da, otasini oʻldirishga ulgurmagani haqida maʼlumot bergan[7].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
↑ Bartold V. V., Sochineniya, 11(2) t., M., 1964
↑ Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993;
↑ Hofiz Tanish Buxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999;
↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
↑ Muhammadyor ibn Arab Qatagʻon. "Musahhir al-Bilad". T., 2009
↑ Jump up to:6,0 6,1 Zamonov 2021, s. 76.
↑ Jump up to:7,0 7,1 7,2 Jumanazar 2017, s. 159.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jumanazar A. K.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017. — s. 592. ISBN 978-9943-4728-2-2.
Zamonov A.. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021. — s. 264. ISBN 978-9943-6372-0-7.
Do'stlaringiz bilan baham: |