Abdullanoma (Sharafnomayi Shohiy)



Download 12 Kb.
Sana11.02.2022
Hajmi12 Kb.
#442274
Bog'liq
Abdullanoma
1самостоятельная работа, -67345-1, ortiqboyev shohruhbek TRXEu20, 2 5190949975625829135, Abdullanoma

Abdullanoma (Sharafnomayi Shohiy)

Hofiz Tanish Buxoriyning bu asari 1942-51 yillarda sharqshunos olim Sodiq Mirzayev tomonidan fors tilidan tarjima qilingan. Bu tarjima asarning O’zFA ShI inv.2207 qo’lyozmasi asosida bajarilgan. Lekin asarning Leningrad, Boku va Dushanbeda saqlanayotgan nusxalarini bir biriga solishtirish asosida Mirzayev tarjimasiga asos bo`lgan yuqoridagi nusxaning to’liq emasligi ,xususan uning Buxora ,Badaxshon va Xorazmning XVI asrning 80-90 yillaridagi siyosiy hayoti va o’sha kezlarda Shayboniylar o’rtasidagi feadal kurashlarni batafsil aks etgan oxirgi qismi aniqlandi. Hofiz Tanish Buxoriyning bu asari O’rta Osiyo xalaqlarining XVI asrdagi ijtimiy iqtisodiy hayotini o’rganishda katta o’rin tutadi va faktik materiallarga boyligi, tarixiy voqealarni atroflicha yoritishi bilan o’sha davrning boshqa tarixiy asarlaridan ajralib turadi. Abdullanoma asosan Andullaxon II ning tug’ilgan yili 1533 dan to 1588-89 yilgacha O’rta Osiyo,Qozog’iston va qisman Afg’oniston va Xurosonda bo’lgan siyosiy voqeallarni o’z ichiga olgan. Asarning qimmati shundaki,muallif ko’p voqaelarni uning guvohi bo’lgan kishilar og’zidan yozib olgan, ko’plariga esa o’zi shohiddir. U 1551-52 yili Navro’z Ahmad(Baroqxon) bilan Abdullaxon o’rtasidagi Koson yonida bo’lganjangni tasvirlar ekan, buni “o’sha voqea ustida bo’lgan va o’z ko’zi bilan ko’rgan bir guruh kishidan eshitdim” deb yozadi. Asar muallifi haqida juda kam ma’lumot mavjud. U o’z zamonasining yetuk shoirlaridan bo’lganligini ham eslatib o’tish lozim. Hofiz Tanish Buxoriy “Nahliy”, “Kiromiy” taxalluslari bilan ham mashhurdir. Uning so’zlariga qaraganda bu asarni yoza boshlaganda u 33 yoshda bazi ma’lumotlarga qaraganda 36 yoshda bo’lgan. Uning qachon vafot etganligi ham malum emas. Uning Abdullaxon vafotidan so’ng Ashtarxoniylar sulolasidan bo’lgan Imomqulixon sarpyida yashaganligi va unga atab 7200 misradan iborat she’r yozganligi ham ma’lum. O’Zfa Sharqshunoslik institutida uning ikki nusxasi mavjud. Bulardan biri inv.2207 raqamida xati nastaliq, ikkinchisi inv.3781/11 xati nastaliq saqlanmoqda. Asarning Leningrad, Boku, Dushanbe, Britaniya muzeyida, Eronda nusxalari mavjud. “sharafnomayi shaohiy” qofiyalashgan nasr bilan yozilgan. Maullif voqealarni nasr va nazm bilan bergan. Tili, stili nihoyatdsa og’ir. Muallif biror kishini o’ldi, vafot etdi demoqchi bo’lsa bu fikrni mana shunday so’zlar bilan ifoda qiladi: “ uning buyuklikva ulug’lik oftobi o’zining maxfiy pardasidan chiqdi; afsuski ko’p o’tmayuning orzu va umidlari falokat oftobining shahodat mag’ribiga botdi. Bu asarda o’zbek xonlari bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar ham mavjud. Bunda turk sultoni Sulaymon I bilan o’zbek xoni Baroqxon o’rtasida Eron shohi Tahmasb I ga qarshi ittifoq tuzilganligi va ular safaviylar Eroniga qarshi birgaligda kurash olib borishga ahd qilganliklari aytilgan. Hofiz Tanish o’z asarida XVI asrning ikkinchi yarmida Buyuk mug’ul imperiyasi (Hindiston) bilan O’rta Osiyo o’rtasidagi siyosiy munosabatlar , shuningdek, O’rta Osiyo bilan Rossiya o’rtasidagi savdo munosabatlariga oid qimmatli malumotlarni keltirib o’tgan. Jumladan Abdullaxon tomonidan Moskvaga yuborilgan elchilarning 1583 yil unung huzuriga qaytib kelganligi va ularning Moskvadan tuyalarga juda ko’p o`q dori, ov qushlari va boshqa matolar ortib keltirganiligi haqida hikoya qilinadi. Asarda shayboniylar qo’shinining tuzilishi haqida ham qimmatli ma’lumotlar uchraydi. XVI asrda ham o’zbeklarning qo’shini Chingizxon va Temur davridagi jangavor tartibni saqlab qolgan, yani Hofiz Tanishning so’zlari bilan aytganda, ota-bobalarining borasi,turasi va yasoqlariga amal qilgan holda tuzilgan. Qo’shin asosan maymana(o’ng flang) va maysara (chap flang), qalb (markaz) dan tashkil topgan. Sharafnomayi Shohiyda ishorat qilinishicha, XVI asrning 80 yillarida Abdullaxonning buyrug’I bilan hozirgi Nurota rayonidagi Oqchop qishlog’I yinida katta to’on qurilishi boshlangan. Asar keng muqaddima, kitobning yozilish sabablari va bu xususida tushuntirish va o’zigacha bo’lgan tarix bunda Nuh payg’ambardan ketma-ket nasl va nasablarining Iskandar martabali otalarigacha bo’lgan bayoni, Abdullaxonning hazrat Jo’yborga muridliklari, undan keyin ananaviy Qoraxondan to Abdullaxongacha bo’lgan tarix qisqacha yoritiladi. Undan keyin Abdullaxon II hayoti ketma ket bayon qilinadi. Asarda Movarounahrning qiyosi va u dilkushi mamlakat vilyatlari va shaharlarining tarifi bayoni berilgan bob mavjud. Bunda shunday deyiladi: “ Movarounnahr xos va avom orasida nozu nematlari va kengligi bilan mashhurdir. Uning aksari qismi beshinchi iqlimdandir. Uning uzunligi g’arbda Xorazmdan,yani Jazoiri Xolidat dan to’qson besh darjadan to Qashqar va Xo’tan viloyatigachadir. Uning eni to’rtinchi iqlim oxiri va beshinchi iqlimning boshlanishi hisoblangan Amudan to beshinchi iqlim oxiri bo’lgan Farg’ona tomonlargacha va ilgari oltinchi iqlimga qarashli bo’lgan Qashqar va Olmaliqgachadir. Bunga qaraganda Movarounnahrning sathi va masofasi taxminan eniga yuz, uzunasiga ikki yuz qirq farsaxdir.
Download 12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
respublikasi axborot
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
covid vaccination
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti