Abdulla sher axloqshunoslik


Wille - ixtiyor degani, iroda esa - WiUenskraft



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/209
Sana04.06.2022
Hajmi10,65 Mb.
#635217
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

Wille
- ixtiyor degani, iroda esa -
WiUenskraft
yoki 
WUIensstarke
(ruschasiga «сила воли»). 
F a l s a f i y
adabiyotlarimizdagi 
atam a borasidagi bunday mantiqsizlik o ‘ylab o ‘tirmasdan ruschadan 
«shartta ko‘chirib tashlash» ning oqibatidan boshqa narsa emas.
Mantiqsizlik deganimizning m a’nosi shundaki, ixtiyor — xohish, istak 
demakdir, iroda esa o ‘sha xohish, istakni bosib turuvchi, uning arnalga 
oshishiga yo‘l qo‘ymaydigan kuch, ya’ni ixtiyor g'ildirak bo Isa, iroc*a 
tormoz. М., siz chekishni tashladingiz, lekin, juda bo‘lmaganda, «bir 
tortib» qo‘yishni nihoyatda xohlaysiz, shunda iroda vositasida bu xohishdan 
voz kechsangiz, irodali odam deb atalishga loyiqsiz, aksincha esa, siz 
irodasiz insonsiz. Demak, ixtiyor - erkinlik, iroda - zaruriyat sifatida 
namoyon bo‘ladi. T o‘g‘ri, «ixtiyor» va «iroda» so‘zlari bir mazmunm 
anglatadigan holatlar ham mavjud. Lekin ular juda kam, sanoqli, iaqat
www.ziyouz.com kutubxonasi


m islsiz qud ratn ing x oh ish ig in a b ir v aqtning o ‘zid a iro d a bilan 
mustahkamlanadi, bunda iroda xohishning yuksak darajasi sifatida talqin 
topadi. Bunday talqin to ‘rt narsaga xos: gap Xudo, xalq, ota-ona, podsho 
haqida borgandagina biz «Xudoning xohish-irodasi», «xalqning xohish
— irodasi» va h.k. deyishimiz mumkin xolos. Boshqa barcha hodisalarda 
ixtiyor bilan iroda bir-biridan muxtor tarzda va bir-birining ziddi sifatida 
namoyon bo'ladi. Shunday qilib, falsafa va axloqshunoslikdagi eng 
murakkab muammolardan biri «iroda erkinligi» emas, balki «ixtiyor 
erkinligi» degan istiloh bilan atalishi maqsadga muvofiqdir.
Ixtiyor erkinligi eng aw alo, ixtiyorning uch bosqichda voqe bo‘lishi 
bilan bog‘liq. Birinchi bosqich - ichidan faqat bittasini tanlab olish va 
harakatga aylantirish m um kin bo‘Igan alohida xohish-istaklarning 
tug'ilishidan iborat. Ikkinchi bosqichda mazkur xohishlaming o ‘zaro bir- 
birini tutib turishi, teng holatga keltirishi yuz beradi va bu — tanlov 
oraqali bir qarorda to ‘xtash imkonini yaratadi. Uchinchi bosqich tanlangan 
xohishning o ‘ziga mos jismoniy harakatga o ‘tishi bilan belgilanadi.
Erkinlikka kelsak, shuni aytish kerakki, muayyan ixtiyorga berilgan 
erkinlik faqat tanlovning boshlanishida va tanlov jarayonidagina mavjud 
bo ladi. Tanlov jarayoni tugashi bilan, y a ’ni ikki narsadan birini 
tanlaganingiz zahoti ixtiyoringiz uchun berilgan erkinlikning vakolati 
tugaydi: siz ixtiyor qilib bo ‘ldingiz, bundan buyog‘iga erkin emassiz, 
endi tanlagan narsangizga mos harakatni boshlashingiz kerak. Demak, 
ix tiy o r erkinligi ta n la n a y o tg a n ikki n arsa o ra lig ‘idagi flkrlash 
mobaynidagina voqe bo'ladigan hodisadir.
Tanlovning o‘zi esa ikki xil xohish o'rtasidagi kurashdan iborat. Bu 
kurashda faqat bitta xohish — qaysinisi kuchli bo‘lsa, o ‘sha g‘alaba qozonadi: 
ham unisining, ham bunisining baravar tanlanishi m um kin emas. 
Ruhshunoslik nuqtayi nazaridan tanlov hissiyotga asoslangan, qanday sabab 
orqali vujudga kelishi ahamiyatsiz bo'lgan ruhiy omil. Axloqshunoslikdagi 
tanlov esa qadriyat bilan bog‘liq, aqlga asoslangan tushuncha. Birinchisi — 
bor narsa, ikkinchisi — bo‘lishi kerak deb hisoblangan narsa; birinchisi — 
mavjud omilni, ikkinchisi — idealni, me’yomi anglatadi. Shunday qilib, 
insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aqlga bo‘ysundirilgan 
ravishda, ideal va m e’yorlarga mos tarzda cheklanadi. Aks holda, muayyan 
bir yo bir necha inson yoki guruhning betiyiq erkin ixtiyori nafaqat boshqa 
insonlar va guruhlar, balki nabotot, hayvonot olami, butun dunyo uchun 
fojiaga aylanishi mumkin.
Yuqorida aytib o ‘tilganidek, ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda
www.ziyouz.com kutubxonasi


axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas uliyat 
hissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas’uliyatni, о zgalar va о z vijdoni 
oldida javobgarlikni sezmagan kishi xohlagan ishga qo‘l urishi mumkin
— uni o‘z qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u faqat manfaat ustuvorligini 
tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero, inson yo 
ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi: axloqiy 
tanlov - har bir xatti-harakat, har bir qilmishning ibtido nuqtasi.
Umuman, inson hamda jamiyat axloqiy hayotida ixtiyor erkinligi va 
tanlovning ahamiyati beqiyos. Masalan, tarixdagi bir ta sirchan voqeani 
olib ko'raylik: bozorda m utasaw if alloma, ozarboyjon, eski о zbek 
(turkiy), fors tillarida o ‘lmas asarlar yaratgan buyuk shoir Imoiddin 
Nasimiyning g'azalini yod o ‘qiyotgan bir yosh yigitni kufrda ayblab, 
hibsga oladilar. Yigit oldida ikki yo‘ldan birini tanlash turardi: yo piri 
Nasimiyni sotish va tavba qilib, banddan ozod bo‘lish yoki g‘azalni 
o ‘zimniki, deb o‘limga tikborish. Pokdomon, or-nomusli yigit ikkinchi 
y o in i tanlaydi. R ais1 uning terisini shilishga buyuradi. O lom on- 
tomoshabinlar yig‘iladi. Shu payt Nasimiy kelib qoladi. Voqeadan xabar 
topgan Nasimiy oldida ham endi tanlov turardi — tanlamaslikning iloji 
yo‘q edi: yo o ‘zini oshkor qilib, yosh yigitni jallod qo‘lidan qutqarishi 
va uning o‘rnini egallashi, yoki olom on orasidan sekin sirg alib chiqib 
ketib, muridining o ‘limga mahkum etilishi evaziga o ‘z jonini asrab 
qolishi kerak. Buyuk m utasaw if shoir birinchi yo‘lni tanlaydi: o ‘zini 
jallod q o ‘liga tu tq azib , begunoh yigitni ozod etadi. Q ozi endi 
Nasimiyning terisini shilishga buyuradi. Jallod ishga kirishadi, atrofga 
qon sachraydi. Shunda qozi odamlarga, nari turinglar, bu kofirning 
tomchi qoni biror yeringizga tegsa, o ‘sha yemi kesib tashlash kerak 
bo‘ladi, deydi. Qozi gapini tugatar-tugatmas, Tangri irodasi bilan bir 
to m ch i qon sachrab uning jim jilog‘iga tegadi. O lom on qozidan 
barmog'ini kesib tashlashini talab qiladi. Endi qozi oldida tanlov turardi: 
yo barmog‘ini kesishga berib, gapining ustidan chiqishi yoki gapidan 
qaytib, sharmisor bo‘lishi kerak. Qozi axloqan порок, qo'rqoq va xudbin 
odam sifatida gapidan qaytadi. Nasimiy esa qiynoqqa m ardonavor 
chidab, churq etmaydi, aksincha, qozining ahvolini ko‘rib, istehzoli 
kuladi va so‘nggi g‘azalini yoddan aytadi. Nasimiyning bu jasorati
www.ziyouz.com kutubxonasi


asrlardan-asrlaiga o ‘tdi, ne-ne shoirlarning she’rlarida madh etildi, o ‘zi 
esa insoniy poklik va yuksak axloqiylikning o ‘lmas timsoli b o ‘lib qoldi. 
Bir namuna sifatida buyuk turkm an shoiri M axtum qulining «Aytishuv» 
she’ridan quyidagi sakkiz satrni keltirish mumkin:
M a h t u m q u l i — 

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish