Abdulla sher axloqshunoslik


Qarang: Зот ов А.Ф ., Мелвиль Ю .К. Буржуазная философия середины XIX



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

1 Qarang: Зот ов А.Ф ., Мелвиль Ю .К. Буржуазная философия середины XIX
- начала XX века. М ., «Высшая школа», 1988. С. 46.
www.ziyouz.com kutubxonasi


borib, uni yengib, o'zgalar uchun yashashni o ‘rganadi. Shu munosabat 
bilan Kont axloq nazariyasiga lotincha «alter» (o‘zga) degan so‘zdan 
olingan altruizm tushunchasini kiritadi. Bu axloqiy tamoyil insondan 
o ‘zga odamlarga nisbatan ham dard, hamnishinlikni, ularga beg‘araz 
xizmat qilishni, ularning farovonligi va baxti uchun fidoyilikka ham 
tayyor boMishni talab etadi. (Sharqda u qadimdan «jo‘mardlik» degan 
atam a bilan mashhur.) Kont axloqiy tizimini asosan ana shu tamoyil 
tashkil qiladi. Hozirgi paytda altruizm G ‘arbda tenglikni, insoniylikni 
talab etuvchi tamoyil sifatida axloq va insonparvarlikning m e’yoriy 
asoslaridan biridir.
Kont davlatning axloqiyligini ta ’kidlaydi. Davlat uchun eng muhimi
— axloqiy vazifa: iqtisodiy boshqaruv ham axloqiy yo‘nalishning davomi 
hisoblanadi, ijtimoiy boshqaruvning ideal tizimi — axloqiy va siyosiy 
vazifalarning bo‘lib olinishi. 0 ‘rta asrlarda u cherkov — davlat tarzida 
o ‘zini ko‘rsatgan edi. Kelajakda ham shunday bo‘lishi kerak. Lekin 
kelajakdagi «cherkov»ning yuragi sifatida Kont insoniy, to ‘g ‘rirog‘i, 
fuqaroviy rasm-rusum va urf-odatlarga asoslangan o ‘zining ta ’limotini 
taklif etadi. Ya’ni, pozitiv falsafa butun insoniyat uchun umumiy din 
bo'ladi. Bunda pozitiv ruhoniylar mavqeyida olim lar va san’atkorlar 
(aql bilan hissiyotning hamkorligi) muhim rol o ‘ynashi kerak. U lar 
faoliyatining xulosasi sifatida jahon xalqlari Umumjahon federatsiyasiga 
birlashadilar. Poytaxti Parijda b o ‘lgan bu federatsiyaning moddiy kuchi 
asosan ishchilar sinfi bo'ladi. Lekin unda xususiy mulk muqaddas va 
daxlsiz hisoblanadi. Chunki faqat xususiy mulkka asoslangan hayot 
tarzigina odamlarda moddiy farovonlikni, ishlab chiqarishni oshirishga 
intilishni ta ’minlaydi. Ana shu «insoniyat dini»da ijtimoiy birdamlikda 
yashashning tamoyili sifatida Kont muhabbatni, uning asosi sifatida — 
tartibni, maqsadi sifatida — taraqqiyotni oladi. Bu yangi dinda ko‘rinib 
turibdiki, Xudoga emas, insonga sig'iniladi. Kontning izdoshlari ana 
shu «insoniyat dini»ni targ'ib etish maqsadida hatto cherkov tashkiloti 
ham tuzganlar.
Xullas, Kont o ‘z ta ’limotida ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi asosiy g‘ovni 
yengib o ‘tish ijtimoiy-siyosiy o ‘zgarish bilan emas, balki axloqiylikni 
kuchaytirish orqali taraqqiyotga erishish ro‘y beradi, degan xulosaga keladi.
Olmon mumtoz faylasuflarining hammasi uchun umumiy b o ‘lgan 
ratsional y o ‘nalishni ink or etib, noratsional t a ’lim o tn i yaratg an
faylasuflarning biri — buyuk danim arq yozuvchisi, ilohiyotchi Syoren 
Aabe Kirkegaarddir (1813—1855). U ilk bor inson shaxsi va taqdirini
www.ziyouz.com kutubxonasi


birinchi o ‘ringa olib chiqadi, insoniy subyektivlikni asosiy m uam m o 
sifatida talqin etadi. U Hegelning mantiqiy usulini nihoyatda qattiq 
tanqid ostiga oladi, hatto batamom inkor qiladi: Hegel o‘rmonni ko‘radi- 
yu, alohida daraxtlarni ko‘rolmaydi, deydi. Darhaqiqat, Hegel falsafasi, 
umuman, ratsional falsafa umumiylikni tan olgani holda, alohidalikka, 
muayyanlikka, individuallikka yetarli e ’tibor bermaydi. Hegel uchun 
individium — xususiy mulk turining o'rtacha nusxasi, u umumiylik 
qozonida bug‘ga aylanib ketadi. Xotinining aytishicha, Hegelning, hatto, 
alohida sevimli taom i ham bo‘lmagan, uning uchun hammasi umumiy 
m a’nodagi ovqat ekan, xolos. Kirkegaard Hegel falsafasini, mavjudlik 
nimaligini tushunishga noqobil ta ’limot, deb ataydi.
Kirkegaard axloqshunosligi ana shunday tanqidiy nuqtayi nazarga 
asoslangan. Uning axloqiy qarashlari asosan, «Yo — u, yo — bu» (1843), 
«Qo'rquv va titroq» (1843), «Hayot yo‘lining bosqichlari» (1845), 
« 0 ‘lim ga y etak lov chi dard» (1849) singari falsafiy k ito b larid a, 
shuningdek, kundaliklari va badiiy asarlarida o ‘z aksini topgan.
Kirkegaard nazdida odam — sintezlashish oqibatida vujudga kelgan 
ruh: «Odam ruhdir, — deb yozadi u. — Biroq ruhning o ‘zi nima? Bu — 
M en degani. U nda M en degani nima? Men, bu — m unosabat, o ‘z- 
o ‘ziga n is b a ta n m u n o s a b a t.v. O d am , bu — c h e k la n g a n lik va 
cheksizlikning, vaqtinchalik va abadiylikning, erkinlik va zaruriyatning 
sintezi (omuxtasi), qisqacha aytganda — sintez»1. Faylasuf ana shu 
omuxtalik mahsuli b o ‘lmish shaxsning xususiy axloqiy voqeligini yagona 
voqelik deb hisoblaydi va o ‘z nasroniy axloqshunosligida gunohdan 
yakka tartibda forig‘ bo‘lish masalasini qo‘yadi. Uning fikriga ko‘ra, 
har bir odam insonlar qoshidagi emas, balki Xudo oldidagi burchini 
o'tashi lozim, ya’ni odam lar aw alo Xudo oldida burchlidirlar. Har 
kim o ‘zini o ‘zi qutqaradi. Faqatgina Xudo olamdagi ezgulikning manbai; 
axloqiylik esa e ’tiqodning oqibatidir.
K irk eg aard asa rla rid a m a ’naviy hayotning q o ‘rquv, xavotir, 
umidsizlik, notinchlik singari negativ tomonlari tadqiq etiladi. Lekin 
bu xususiyatlar shunchaki emas, balki shaxsning o ‘z mas’uliyatini chuqur 
his qilishi uchun tahlilga olinadi. Bu mas’uliyat esa o ‘z ifodasini tanlovda 
to p a d i. Shu b o is b a ’zan K irkegaard axloqiy t a ’lim o tin i tanlov 
axloqshunosligi ham deb atashadi.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish