1 Фихте U. Н есколько лекций о назначении учёного. М инск, «Попурри»,
1998. С. 5 7 -5 8 .
www.ziyouz.com kutubxonasi
hissiy bilim nuqtayi nazaridan haqiqiy, asl deb hisoblagan holda olamni
idrok etish. U eng yuzaki idrok etish, dastlabki daraja. Ikkinchi darajadagi
dunyoqarash nisbatan yuksak, undagi inson «hissiy bilim» nuqtayi
nazaridan kechib, olamni m a’lum qonun va tartib sifatida anglaydi.
Ana shu nuqtayi nazardan insonning m a ’naviy hayoti boshlanadi.
Bunday nuqtayi nazar uchun qonun — birlamchi erkinlik va inson zoti
— ikkilamchi. Chunki, erkinlik qonuni erkinlik va erkin mavjudotlarni
e’tirof etadi. Insonning ichki dunyosida namoyon b o ‘lgan axloqiy qonun
bu tizim da inson mustaqilligining yagona asosi hisoblanadi. U chinchi
bosqichda his etiluvchi dunyo bor-yo‘g‘i inson erkin harakatining doirasi
bo‘lib xizmat qiladi. Zero, u erkin harakat shu harakat uchun obyekt
zarurligini e ’tiro f etgani sababligina mavjud. D unyoqarashning bu
uchinchi xili haqiqiy va oliy axloqiylik nuqtayi nazaridir. Bu nuqtayi
nazarning qonuni borini tartibga soluvchi emas, balki qandaydir yangilik
yaratuvchi qonundir. Yaratuvchilik qonuni tartibga solish qonuniga
qaraganda yuksak darajaga ega. Yaratuvchilik qonuniga am al qiladigan
inson, q at’iy am r nuqtayi nazaridan farqli o'laroq, o ‘z mayllari bilan
doimiy kurash olib bormaydi; bunday mayllar endi hissiyotning ziyosiz
intilishlari, hudbin shaxsning hayvoniy mayllari b o ‘lib qolmaydi; ular
endi ruh bilan uyg'unlashadi, ruhga qarshilik qilm aydi, balki u bilan
birlashib ketadi. Oliy axloq egasi bo‘lgan kishi burch hukm iga quvonch
bilan bo‘ysunadigan, o ‘z burchini bajarishni oliy lazzat deb biladigan,
mayllari qat’iy am r talablariga javob beradigan insondir. Fixtening fikriga
ko‘ra, olamiy axloqiy tartib Xudo tom onidan ta ’sis etilgan. Axloqiy
tarbiyaning aham iyati esa beqiyos — u yarim hayvoniy tabiat egasi
boMmish insonni, erkin mavjudotga aylantirish vositasidir.
Fixte axloq bilan huquqning farqini ham o ‘z falsafiy tizimiga mos
talqin qiladi. H uquq his etilguvchi dunyo doirasi bilan cheklanm og'i
va inson M enning botiniga tatbiq etilmasligi lozim , ya’ni insonning
fikrlash tarzi, aqliy holatiga aralashmasligi kerak. Z ero, bular axloqqa
taalluqli huquqiy m unosabatlar doirasidan tash q arid ad ir. H uquqiy
qonun, axloqiy qonundan farqli o ‘laroq, insondan ezgu ixtiyorni talab
etmaydi, u tashqi qilmishlarga taalluqlidir.
Shunday qilib, Fixtening o ‘ziga xos falsafiy tizim ida ijtimoiylik,
ilmning muhimligi b o ‘rtib ko‘zga tashlanadi. U « In jib n in g quyidagi
satriga asoslanadi: «Ibtidoda So‘z boMgan va So‘z X udoniki edi» —
hayoti diniy anglash shakllari bilan belgilanadigan inson, ilohiy Xudoga
taqlid qilishi, aw alo bilimli va yuksak axloq egasi b o ‘lishi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Olmon mum toz faylasuflari orasida
Do'stlaringiz bilan baham: |