4. Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas
bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs b o ‘lib yetishuvim
ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. U nda individ axloqiy
qadriyatlarni anglab yetadi, o ‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,
axloqiy tamoyillar va m e’yorlar asosida yashashga o ‘rganadi.
Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga
javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi —
nima qilmog‘-u, nim a qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash
jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko'rinishidir.
Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl m a’nosi,
aw alo, ota-onaning o ‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani.
Z ero, qush inida ko ‘rganini qiladi: o ta -o n a oilada yuksak axloq
namunasini ko‘rsatishi lozim.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy
tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ко p
yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati
nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng
muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni
axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan
ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi.
Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka
yetkazish yo‘llaridan biri. Uning Vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an anaviy
tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har
ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo lgan
axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan
o ‘yinchoqlar va o ‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli
qo‘llaniladi; bunda bola qizg‘anchiqlik, g‘irromlik qilmaslikka, halol
bo‘lishga o'yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida
televideniye, radio, qo‘g‘irchoq teatri, kino san’ati katta rol о ynaydi.
U m um an, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi — san’at. Bu vosita
aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi.
Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib
romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
shakllanishida ulkan xizm at k o ‘rsatadilar. U lar o rq ali kitobxon
tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi;
ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy
adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga m o ‘ljallangan hikoyatlar,
rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ulami, aw al aytganimizdek,
p an d n o m alar deb ataym iz: «K alila va D im na», «Q o b u sno m a» ,
«Guliston», «Zarbulmasal» singari bunday m um toz asarlar a n ’anaviy
axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan qancha
avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday b o ‘lib qolajak.
Axloqiy tarbiyaning barcha zam onlar uchun dolzarb b o ‘lgan yo‘li,
bu — namunaviylik tamoyili. Oilada, aw alo, yuqorida aytilganidek,
ota-ona bolaga axloqiy nam una bo'lishi kerak. M aktabda va oliy o ‘quv
yurtida muallimlarning ta ’lim berish usullaridan tortib, to «mayda-
chuyda» xatti-harakatlarigacha o ‘z shogirdlari to m o n id an shaxsiy
namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz-
shogirdlik m unosabatlaridagi m uom ala odobi, halollik, rostgo‘ylik
yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta ’minlovchi om illardandir.
Hoziigi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida
televideniyeni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan
asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish imkoniga ega. Bundan
tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan m untazam
ко rsatuvlar ham berib boriladi. 0 ‘zbek tilidagi «Otalar so‘zi — aqlning
ко zi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari ko'rsatuvlar bunga misol
bo‘la oladi. Shu bois televideniye hech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi
qo shiqlar, salkam pomografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan
«о ldir-o Idir»lardan iborat seriallar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak.
Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o ‘zagini tashkil etadi,
biz ко rib о tgan muom ala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy
xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o ‘taydi. Biroq u o ‘zini yetarli
namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada b o ‘lishi shart.
Shuning uchun biz ko‘pincha «ta’lim-tarbiya» degan qo'shaloq atam ani
qo‘llaymiz. T a’lim -tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb em as, b o ‘lajak
kom il inson deb q arash m u him . Shu o ‘rin d a P re z id e n t Islom
Karimovning quyidagi gaplari bag‘oyat diqqatga sazovor:
«Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy h ar bir bola
timsolida aw alo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib
chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga
ega bo lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish -
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta ’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb
qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta ’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda
olib borishni talab etadi»1.
Shunday qilib, axloqiy tarbiyaning aqliy-ma’naviy va jismoniy tarbiya
bilan qo‘shib olib borilishi maqsadga muvofiq. 0 ‘shanda jamiyatimiz
h a r jih a td a n k a m o l to p g a n fu q a r o lik ja m iy a tig a a y la n a d i.
Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoitlar
yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |