Wille
- ixtiyor degani, iroda esa -
WiUenskraft
yoki
WUIensstarke
(ruschasiga «сила воли»).
F a l s a f i y
adabiyotlarimizdagi
atam a borasidagi bunday mantiqsizlik o ‘ylab o ‘tirmasdan ruschadan
«shartta ko‘chirib tashlash» ning oqibatidan boshqa narsa emas.
Mantiqsizlik deganimizning m a’nosi shundaki, ixtiyor — xohish, istak
demakdir, iroda esa o ‘sha xohish, istakni bosib turuvchi, uning arnalga
oshishiga yo‘l qo‘ymaydigan kuch, ya’ni ixtiyor g'ildirak bo Isa, iroc*a
tormoz. М., siz chekishni tashladingiz, lekin, juda bo‘lmaganda, «bir
tortib» qo‘yishni nihoyatda xohlaysiz, shunda iroda vositasida bu xohishdan
voz kechsangiz, irodali odam deb atalishga loyiqsiz, aksincha esa, siz
irodasiz insonsiz. Demak, ixtiyor - erkinlik, iroda - zaruriyat sifatida
namoyon bo‘ladi. T o‘g‘ri, «ixtiyor» va «iroda» so‘zlari bir mazmunm
anglatadigan holatlar ham mavjud. Lekin ular juda kam, sanoqli, iaqat
www.ziyouz.com kutubxonasi
m islsiz qud ratn ing x oh ish ig in a b ir v aqtning o ‘zid a iro d a bilan
mustahkamlanadi, bunda iroda xohishning yuksak darajasi sifatida talqin
topadi. Bunday talqin to ‘rt narsaga xos: gap Xudo, xalq, ota-ona, podsho
haqida borgandagina biz «Xudoning xohish-irodasi», «xalqning xohish
— irodasi» va h.k. deyishimiz mumkin xolos. Boshqa barcha hodisalarda
ixtiyor bilan iroda bir-biridan muxtor tarzda va bir-birining ziddi sifatida
namoyon bo'ladi. Shunday qilib, falsafa va axloqshunoslikdagi eng
murakkab muammolardan biri «iroda erkinligi» emas, balki «ixtiyor
erkinligi» degan istiloh bilan atalishi maqsadga muvofiqdir.
Ixtiyor erkinligi eng aw alo, ixtiyorning uch bosqichda voqe bo‘lishi
bilan bog‘liq. Birinchi bosqich - ichidan faqat bittasini tanlab olish va
harakatga aylantirish m um kin bo‘Igan alohida xohish-istaklarning
tug'ilishidan iborat. Ikkinchi bosqichda mazkur xohishlaming o ‘zaro bir-
birini tutib turishi, teng holatga keltirishi yuz beradi va bu — tanlov
oraqali bir qarorda to ‘xtash imkonini yaratadi. Uchinchi bosqich tanlangan
xohishning o ‘ziga mos jismoniy harakatga o ‘tishi bilan belgilanadi.
Erkinlikka kelsak, shuni aytish kerakki, muayyan ixtiyorga berilgan
erkinlik faqat tanlovning boshlanishida va tanlov jarayonidagina mavjud
bo ladi. Tanlov jarayoni tugashi bilan, y a ’ni ikki narsadan birini
tanlaganingiz zahoti ixtiyoringiz uchun berilgan erkinlikning vakolati
tugaydi: siz ixtiyor qilib bo ‘ldingiz, bundan buyog‘iga erkin emassiz,
endi tanlagan narsangizga mos harakatni boshlashingiz kerak. Demak,
ix tiy o r erkinligi ta n la n a y o tg a n ikki n arsa o ra lig ‘idagi flkrlash
mobaynidagina voqe bo'ladigan hodisadir.
Tanlovning o‘zi esa ikki xil xohish o'rtasidagi kurashdan iborat. Bu
kurashda faqat bitta xohish — qaysinisi kuchli bo‘lsa, o ‘sha g‘alaba qozonadi:
ham unisining, ham bunisining baravar tanlanishi m um kin emas.
Ruhshunoslik nuqtayi nazaridan tanlov hissiyotga asoslangan, qanday sabab
orqali vujudga kelishi ahamiyatsiz bo'lgan ruhiy omil. Axloqshunoslikdagi
tanlov esa qadriyat bilan bog‘liq, aqlga asoslangan tushuncha. Birinchisi —
bor narsa, ikkinchisi — bo‘lishi kerak deb hisoblangan narsa; birinchisi —
mavjud omilni, ikkinchisi — idealni, me’yomi anglatadi. Shunday qilib,
insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aqlga bo‘ysundirilgan
ravishda, ideal va m e’yorlarga mos tarzda cheklanadi. Aks holda, muayyan
bir yo bir necha inson yoki guruhning betiyiq erkin ixtiyori nafaqat boshqa
insonlar va guruhlar, balki nabotot, hayvonot olami, butun dunyo uchun
fojiaga aylanishi mumkin.
Yuqorida aytib o ‘tilganidek, ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda
www.ziyouz.com kutubxonasi
axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas uliyat
hissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas’uliyatni, о zgalar va о z vijdoni
oldida javobgarlikni sezmagan kishi xohlagan ishga qo‘l urishi mumkin
— uni o‘z qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u faqat manfaat ustuvorligini
tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero, inson yo
ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi: axloqiy
tanlov - har bir xatti-harakat, har bir qilmishning ibtido nuqtasi.
Umuman, inson hamda jamiyat axloqiy hayotida ixtiyor erkinligi va
tanlovning ahamiyati beqiyos. Masalan, tarixdagi bir ta sirchan voqeani
olib ko'raylik: bozorda m utasaw if alloma, ozarboyjon, eski о zbek
(turkiy), fors tillarida o ‘lmas asarlar yaratgan buyuk shoir Imoiddin
Nasimiyning g'azalini yod o ‘qiyotgan bir yosh yigitni kufrda ayblab,
hibsga oladilar. Yigit oldida ikki yo‘ldan birini tanlash turardi: yo piri
Nasimiyni sotish va tavba qilib, banddan ozod bo‘lish yoki g‘azalni
o ‘zimniki, deb o‘limga tikborish. Pokdomon, or-nomusli yigit ikkinchi
y o in i tanlaydi. R ais1 uning terisini shilishga buyuradi. O lom on-
tomoshabinlar yig‘iladi. Shu payt Nasimiy kelib qoladi. Voqeadan xabar
topgan Nasimiy oldida ham endi tanlov turardi — tanlamaslikning iloji
yo‘q edi: yo o ‘zini oshkor qilib, yosh yigitni jallod qo‘lidan qutqarishi
va uning o‘rnini egallashi, yoki olom on orasidan sekin sirg alib chiqib
ketib, muridining o ‘limga mahkum etilishi evaziga o ‘z jonini asrab
qolishi kerak. Buyuk m utasaw if shoir birinchi yo‘lni tanlaydi: o ‘zini
jallod q o ‘liga tu tq azib , begunoh yigitni ozod etadi. Q ozi endi
Nasimiyning terisini shilishga buyuradi. Jallod ishga kirishadi, atrofga
qon sachraydi. Shunda qozi odamlarga, nari turinglar, bu kofirning
tomchi qoni biror yeringizga tegsa, o ‘sha yemi kesib tashlash kerak
bo‘ladi, deydi. Qozi gapini tugatar-tugatmas, Tangri irodasi bilan bir
to m ch i qon sachrab uning jim jilog‘iga tegadi. O lom on qozidan
barmog'ini kesib tashlashini talab qiladi. Endi qozi oldida tanlov turardi:
yo barmog‘ini kesishga berib, gapining ustidan chiqishi yoki gapidan
qaytib, sharmisor bo‘lishi kerak. Qozi axloqan порок, qo'rqoq va xudbin
odam sifatida gapidan qaytadi. Nasimiy esa qiynoqqa m ardonavor
chidab, churq etmaydi, aksincha, qozining ahvolini ko‘rib, istehzoli
kuladi va so‘nggi g‘azalini yoddan aytadi. Nasimiyning bu jasorati
www.ziyouz.com kutubxonasi
asrlardan-asrlaiga o ‘tdi, ne-ne shoirlarning she’rlarida madh etildi, o ‘zi
esa insoniy poklik va yuksak axloqiylikning o ‘lmas timsoli b o ‘lib qoldi.
Bir namuna sifatida buyuk turkm an shoiri M axtum qulining «Aytishuv»
she’ridan quyidagi sakkiz satrni keltirish mumkin:
M a h t u m q u l i —
Do'stlaringiz bilan baham: |