Oilaning mavjud bo‘lishi uchun ishlab topiladigan mablag1 ham zarur.
O ila uchun topiladigan ana shu mablag1, shubhasiz, axloqiy tabiatga
ega: oila boshlig‘i oila a ’zolarini halol yedirib-ichirishi, kiydirishi lozim.
O ilani odatda erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi»,
balki
oilaviy mulkka xo‘jayinchilik qilish, uni taqsimlash huquqiga ham ega.
Y uqorida aytganim izdek, nikoh ezgu m aqsadga yo‘naltirilgan,
zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan,
axloq
bilan chegaralangan qo‘shiluv, birlashuv; bu birlashuvdan maqsad —
h a y o td a o ‘zlarid a n y a x sh iro q , m u k a m m a lro q b o ‘lg an , o ‘z la ri
erisholmagan orzulami ro‘yobga chiqaradigan odam nusxalarini yaratish.
Bunday odamlar farzandlardir. Shu munosabat
bilan Shimmel xonim
o ‘zining awalgi boblarda tilga olingan kitobida ba’zi mutasawiflar uchun
umum iylik tabiatiga ega bo'lgan qiziq bir fikrni keltiradi: «Ba’zi soTiy-
teosofik oqimlarning tarafdorlarida m ahsulot beradigan har bir xatti-
harakatni «nikoh» deb atashga moyillik bor.
U larning fikricha, p o ‘lat
bilan chaqmoqtosh birlashsa, bu nikohdan yanada yetukroq farzand,
y a’ni olov dunyoga keladi. Erkaklik va ayollik
unsurlarining birlashuvi
hayotni yanada yuqoriroq pog‘onaga chiqaruvchi omildir»1.
Shu bois oilada bolaning aham iyati nihoyatda katta. Ota bolada o ‘z
jufti halolini, ona esa sevim li erini k o ‘radi: bolada er-x o tin n in g
m uhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola — oilani tutib turuvchi jonli
m uhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy
mulk hisobiga yeb-ichadilar,
tarbiya oladilar.
Oilada bolalar intizomli b o ‘lib o ‘smoqlari, ota-onaga bo‘ysunishlari
lozim . Lekin bu intizom erkin o ‘sib kelayotgan g o ‘dakni qullikka
o ‘rgatish emas, balki bolalarga xos erka-tantiqlik, o ‘zboshimchalik singari
salbiy xususiyatlarni yo'qotishga xizm at qilishi kerak. O ta-o n ag a
b o ‘ysunishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yish bolaning kelajakda q o ‘pol,
badxulq, nokamtarin bo‘lib yetishuviga olib keladi.
Shu bois oila ilk
axloqiy tarbiya o ‘chog‘i sifatida katta aham iyatga ega.
Oila tarqalishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri —
oilaning axloqiylik nuqtayi nazaridan tarqalishi. Bunda bolalar balog'atga
yetgach, erkin shaxs sifatida yangi oilaga asos b o ‘lishlari — o ‘g ‘il
bolalaming uylantirilishi, qizlarning turmushga uzatilishi nazarda tutiladi.
Uylantirilgan o ‘g‘illarga ham , turm ushga uzatilgan qizlarga ham yangi
oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan
Do'stlaringiz bilan baham: