Abdulla sher axloqshunoslik


qaytadan  (ta’kid bizniki —  A .Sh.)



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

qaytadan 
(ta’kid bizniki — 
A .Sh.) 
qaror topayotgan axloqiy 
holatdir»1, degan so‘zlari o ‘sha davr xususiyatlarini aniq ko‘ra bilish 
natijasida chiqarilgan obyektiv xulosa edi. Chunki, qonun himoyasidagi 
kishilarning ko'pchiligi qonunbuzarlarga qarshi kurashish niqobi ostida 
o ‘z shaxsiy m anfaatlari u c h u n q o n u n n i b u z ard ilar, ay n iq sa bu 
iqtisodiyotda bank, hokimiyat va soliq tizimida yaqqol ko‘zga tashlanardi. 
M asalan ing bu b ir to m o n i edi. Ik k in c h i to m o n i esa, x u su siy
tadbirkorlikning yo ‘lga q o ‘yilishi natijasida q o ‘sh tirn o q ich id ag i 
«tadbirkorlik»ning, soliqqa tortilm agan yashirin korxonalarning ko‘plab 
paydo bo‘lishiga olib keldi. Bulaming hammasi iqtisodiyotda axloqiylikni 
tiklash, uni axloqiylashtirish m uam m osini o ‘rtaga tashladi. Z ero , 
axloqdan tashqaridagi iqtisodiyot mamlakatni ravnaqqa emas, tanazzulga 
olib kelishi tabiiy holdir. Shu bois bu borada juda ko‘p ishlar qilindi.
Iqtisodiyotni axloqiylashtirishdagi eng muhim ishlardan biri keyingi 
qator yillaming Respublika Prezidenti tashabbusi bilan muayyan ijtimoiy- 
axloqiy yo‘nalishga bag‘ishlanishidir. C hunonchi muayyan yillam ing 
«Ayollar yili», «O ila yili», « M e h r-m u ru w a t yili», « H o m iy lar va 
shifokorlar yili», «Ijtimoiy him oya yili» kabi nomlanishi quruq gap 
b o ‘lib qolgani yo‘q. U lar iqtisodiyotda «asta-sekin qaytadan q aro r 
topayotgan axloqiy holat»ning yorqin misollari b o ‘ldi, davlat bilan 
jamoatchilikning qo ‘lni-qo‘lga berib ishlashini ta ’minladi; aholining 
badavlat qismiga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, shaxslami iqtisodiy 
q o ‘llab-quwatlashga o ‘rgatdi. N atijada badavlat kishilarning m ulkka
www.ziyouz.com kutubxonasi


egalik huquqini poymol qilmagan holda, ularni m ehr-m uruwat, saxiylik, 
jo‘mardlik kabi axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida boshqalarga 
yordam ko‘rsatishlari jamiyatdagi odatiy holga aylana boshladi. Iqtisodiy 
himoyaning bunday shaklini iqtisodiyotni axloqiy murvatlar yordamida 
boshqarishning ajoyib namunasi deb atash mumkin.
Demak, axloq qonun bilan birgalikda, ba’zan esa qonunning kuchi 
va qamrovi yetmaydigan holatlarda iqtisodiyot rivojlanishini ta minlay- 
digan m a’naviy hodisadir. Faqat axloq bilan mustahkam aloqada bo lgan 
iqtisodiyotgina haqiqiy taraqqiyot yo‘liga kira oladi.
Axloq va siyosat. Axloqning siyosat bilan aloqasi ham nihoyatda 
qadirhiy, ilk davlat yuzaga kelgandan buyon mavjud. Masalan, aytib 
o ‘tganim izdek, m iloddan avvalgi XVIII asrda Bobilon podshosi 
Xammurapi tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar majmui huquqiy hujjat 
bo‘lsa-da, uning asosida axloqiy fazilat — adolatni barqaror etish yotadi. 
Zero, Xammurapi bu qonunlarni mamlakatda haqiqat qilish, adolat 
o ‘rnatish, yetim-yesirlar va beva-bechoralarga him m at, rahm-shafqat 
ko‘rsatish maqsadida joriy etganini ta ’kidlaydi.
A xloqshunoslik tarixida axloq bilan siyosatning m unosabatlari 
borasida ikki xil qarash mavjudligini ko‘rish mumkin. Ularning biriga 
ko‘ra, siyosat axloqiy b o ‘lmog‘i lozim, ikkinchisiga binoan esa, siyosat
axloq bilan sig‘ishmaydi.
Birinchi qarash mohiyatan axloqni siyosatdan yuqori qo yadi. siyosat 
axloqqa bo‘ysundirilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, maqsadlar va 
vositalar birligiga erishmoq lozim, ya’ni buyuk, pokiza ideallar faqat 
axloqiy pok vositalar orqali amalga oshirilmog‘i kerak. Lekin, bunda 
axloq siyosat vazifasini bajarmasligi lozim. Aks holda muayyan davlat 
institutlarining, xususan, huquq-tartibot va harbiy idoralar singari 
tashkilotlarning ishini ortiqcha darajada cheklab, ularni juda zaiflashtirib
q o ‘yish mumkin.
Ikkinchi qarash esa mohiyatan siyosatning axloq bilan hisoblashmas- 
lig in i ta q o z o e ta d i. Bu q a ra s h ta ra fd o rla ri ax lo q n i siyosatga 
b o ‘y su n d irish n i, u n d a n , k erak p ay tid a, ta m o m ila yuz о girish 
lozimligini ta ’kidlaydilar. U lar nazdida, axloq buyuk ideallarga erishuv 
yo‘lidagi bir g‘ov, jam iyatni umuminsoniy qadriyatlar bilan o ‘ralashtirib 
q o ‘y a d i, k o ‘ngli b o ‘s h lik k a , su stk ash lik k a , p iro v a rd n a tija d a
boshboshdoqlikka olib keladi. Shu bois buyuk maqsadlarga tezroq 
erishish uchun har qanday vositadan foydalanish mumkin. Zero, oxir- 
oqibat erishilgan maqsad yo‘l qo‘yilgan razilliklar, qattolliklar, aldovlar
www.ziyouz.com kutubxonasi


va firiblarni yuvib ketadi. Bu usul orqali faqat vaqtinchalik g ‘alabaga 
erishish mumkin. O qibatda esa bu g‘alaba nafaqat yo‘qqa chiqadi, 
balki mag‘lubiyatga aylanadi. Misol tariqasida yana sho‘rolar tuzum iga 
m urojaat qilish mumkin. Z o 'rlik , aldov va qatag‘onlar bilan xalqni 
baxtli qilishga urinish, «xalq baxti» uchun m illionlab odam larning 
yostig‘ini quritish evaziga erishilgan g ‘alaba o x ir-o q ib atd a buyuk 
m ag‘lubiyat sifatida nihoya topdi.
Yuqorida keltirganimizdek, ulug‘ maqsadlarni iflos vositalar bilan 
am alga oshirish o ‘sha m aqsadlam ing ham toza em asligini am alda 
isbotlaydi. Endilikda sobiq Sho‘rolar Ittifoqi tarkibiga kirgan xalqlar 
axloqsiz siyosat tufayli jahondan ajralib qolgani, yolg‘on, poraxo‘rlik, 
ko‘zbo‘yamachilik bu mintaqalar uchun odatga aylanib ketgani ham maga 
m a’lum. Bu illatlardan tozalash, qutulish uchun yana necha o ‘n yillar 
kerak ekani ko‘zga ko'rinib turgan reallikdir. Demak, siyosatda axloqdan 
ko‘z yumish uni axloqiylashtirishda yuzaga keladigan ba’zi nuqsonlardan 
yuz bor, ming bor ko‘p va fojeiydir. Shu sababli o ‘z siyosatini tubdan 
axloqiylashtirish — h ar b ir zam onaviy davlatning hozirgi kundagi 
birlamchi vazifasi.
Axloq va san’at. Axloq bilan san’atning o ‘zaro aloqalari haqida gap 
ketganda, eng aw alo, ularning et bilan tirnoq tarzidagi yaqinlikka ega 
ekanini ta ’kidlamoq lozim. C hunki har bir haqiqiy san’at asarida asosiy 
ziddiyat sifatida ezgulik bilan yovuzlikning kurashi in ’ikos etad i, 
insonparvarlik, haqiqatgo'ylik, to ‘g ‘rilik, adolat, m uhabbat, sadoqat 
singari fazilatlar tarannum etiladi, taqdir, o ‘lim va o ‘lmaslik, hayotning 
mazmuni, baxtga erishish singari muammolar o'rtaga tashlanadi. Axloqiy 
ideal muammosi esa har b ir badiiy asarning shohtom iri hisoblanadi. 
M asalan, Alisher Navoiyning Farhodi, Shirini, Shekspim ing R om eosi, 
Julettasi, Oybekning Navoiysi m azkur mualliflar asarlaridagi axloqiy 
ideallardir. Ularsiz Navoiy, Shekspir va Oybek asarlarini ta sa w u r qilish 
mumkin emas.
Shunisi ham borki, b a’zi san’at asarlarida axloqiy idealga duch 
kelmaydi kishi, hatto biror-bir ijobiy qahram onni ham uchratm aydi — 
asar boshdan-oyoq salbiy badiiy qiyofalar turish-turmushini aks ettirishga 
bag‘ishlanadi. Bunday badiiy qiyofalarni m uallif o ‘z zam onasi erishgan 
axloqiy daraja nuqtayi n azarid an turib yaratadi. M isol tariq asid a 
Bayronning «Верро» dostonini, Gogolning « 0 ‘lik jonlar», Zavqiyning 
«Hajvi ahli rasta», Abdulla Qodiriyning «Kalvak m axzum ning xotira 
d afta rid an » a sa rla rin i k e ltirish m u m k in . Bu a s a rla rd a a x lo q iy
www.ziyouz.com kutubxonasi


muammolar, yuksak axloqiylik masalasi awalgi misollardagidek bevosita 
emas, balki bilvosita — satirik usul orqali o ‘rtaga tashlanadi.
Bundan tashqari, so‘z san’atida, ta’bir joiz bo‘lsa, o ‘ziga xos «axloqiy 
janrlar» mavjud. Ularni xalq og‘zaki ijodida ham, yozma adabiyotda 
ham uchratish mumkin: maqol, matal, hikmatlar, hikoyatlar, rivoyat, 
masal, pandnom a va h.k. shular jumlasidandir. Um um an olganda, 
axloqsiz badiiy asarning bo'lishi mumkin emas, barcha san at asarlari 
uchun axloqiylik umumiy zamin ahamiyatiga ega.
Ayni paytda san’at axloqshunoslik targ‘ibotchisi, axloqiy tarbiyaning 
eng qulay vositasi sifatida ham namoyon bo'ladi. Chunonchi, badiiy 
adabiyot, kino san’ati, tasviriy san’at va teatr san’atining, ayniqsa, bu 
borada ahamiyati beqiyos. Bu san’at turlari yoshlarda axloqiy idealning 
shakllanishiga xizmat qiladi. Chunonchi, «urush-urush» o ‘yinlarida 
bolalarning mard, jasoratli, m atonatli, vatanparvar va halol amerikalik 
hindular sardoriga, Alpomishga, G o‘ro‘g‘liga va boshqa xalq qahram on- 
lariga taqlidi fikrimizning dalilidir.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish